N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

Yozuv haqida ma’lumot. 
Yozuv – biror tilda qabul qilingan maxsus 
belgilar yig‘indisi. Yozuv tushunchasi tilning tovush elementlari (so‘z, bo‘g‘in, 
tovush)ni ifodalovchi belgilarnigina emas, balki piktgrafiya, ideografiya 
shakllarini ham o‘z ichiga oladi. Bular aloqa qilish belgilari yig‘indisi sifatida 
yozuvdan ilgarigi belgilar (xotira yozuvi, hisoblash yozuvi va boshqalar)ga 
qarama-qarshi qo‘yilgan. 
Urug‘chilik tuzimi davrida dastlab surat yozuvi paydo bo‘ldi. Kishilik 
jamiyati kichik va tarqoq oila - urug‘lardan tashkil topgan darvda kishilar bir-
birlari bilan faqat og‘zaki nutq yordamida fikr almashgan. Yirik urug‘ va qabila 
jamoalarining tarkib topishi bilan og‘zaki nutqni uzoqqa yetkazish va uni zamon 
bilan mustahkamlash ehtiyoji tug‘iladi. 
Insoniyatning shu ehtiyoji zaminida yozuv paydo bolgan. Boshida yozuv 
bilan bir qatorda grafik shaklga ega bolmagan usullar ham qo‘llanilgan (mis, 
iplarni tugib qo‘yish). Bunday belgilar ibtidoiy odamlar hayotida qo‘llanilgan. 
Bu yozuvning qoldiqlari hozir ham urug‘-qabilalarining tamg‘alari, shimoliy 
indeyeslarning chig‘anoq marjonlari, biror ijtimoiy tabaqaning xususiy mulkini 
ifodalovchi belgilar va boshqa shakllarda mavjud. 
Yozuv zamon va masofa jihatidan og‘zaki nutqqa nisbatan ustunlikka ega. 
Texnikaning rivoji (telefon, telegraf, radio, televizor,internet) natijasida undagi 
ustunlik masofa jihatidan zaiflashdi, lekin zamon e’tibori bilan yozuv hali ham 
og’zaki nutqdan ustun XIX-XX asr boshlarida topilgan va deshifrovka qilingan 
juda ko‘p yodgorliklar yozuvning paydo bo‘lishi va tarixiy taraqqiyotini yoritish 


68 
imkonini berdi. Fanning bu yutug‘i yozuv tarixini tilshunoslik fanining mustaqil 
bir bo‘limi sifatida ajratishga olib keldi. 
1. Turli tipdagi Misr iyerogliflari. Bu tur yozuvi XIX-asrning 20-yillarida 
franso‘z olimi Shampalon tomonidan o‘qilgan, XIX-asrning 70-90 yillarida 
Evans o‘qigan qadimgi Kput surat yozuvlari va Semq o‘qigan Kipr surat 
yozuvlari ham Misr surat yozuvlari tipiga kiradi. 
2. Mixxat yozuvlarining turli tiplari. Bu tip yozuvlar Osiyoda qadimda 
yashagan qator xalqlarning tillarida ishlatilgan (shumer assiro - ovavilon, elom, 
xala, xet-kappodokiya, fars tillariga moslangan). Bu tur yozuvlar XIX-asr 
boshlarida deshifrovka qilina boshlanib, XX-asrning 10-yillarida tugallandi. 
3. Somiy xalqlarda qayd qilingan va tillariga moslangan harf yozuvining 
eng qadimgi shakllari. Bular finikiy va xalaan yozuvlari (asosiy yodgorliklari 
XIX-asring 60-70-yillarida va XX-asrning 20-ylllarida topilgan). Janubiy arab, 
oramey yozuvlari (qadimgi namunalari XIX-asrning 60-70 yillarida topilgan). 
Ko‘pchilik mutaxassislarning fikricha, qadimgi uyg‘ur va urxun-enesey 
yozuvlari ham aslida oramey yozuvlari zaminida yuzaga kelgan. Uni XIX 
asrning 90-yillarida tilshunos olimlari V.Tomsen va V.Radlov deshifrovka 
qilganlar. 
4. Yunon alfavitining qadimgi shakli va lotin alifbosining alohida varianti 
va boshqa turli variantdagi bu yozuv turlari bizgacha yetib kelgan. Bu yozuvlar 
XVIII asrdayoq ilm axliga ma’lum bo‘ladi va ularning grammatik jihatdan 
o‘rganilishi XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik fanining rivojiga katta 
yordam ko‘rsatdi. 
Yozuvning eng qadimgi shakli piktografiyadir. Bu yozuv asosan Amerika 
indeeslarida aloqa quroli sifatida qo‘llanilgan. Chunki ularning til xususiyatlari 
shunga mos edi. Bu yozuv qadimiy bo‘lgani uchun unda ideografik yozuv bilan 
bir qatorda piktografiyaning ham ayrim elementlari bor. Masalan, toshbaqaning 
rasmi quruqlik tushunchasini ifodalagan, ya’ni shartli belgi vazifasini o‘tagan. 
Chunki quruqlik tushunchasini yozuvda ideografiya bilan berish qiyin edi. 


69 
Hayotiy ehtiyoj bora-bora yozuvni soddalashtirdi va tasvirlangan predmet 
bilan yozuv shakli o‘rtasidagi o‘xshashlik yo‘qoldi, belgi so‘zning simvoli 
bo‘lib qoldi. Bu xitoy, misr, shumer, vavilon va xett yozuvlariga xos 
xususiyatdir. 
Papirus yozish uchun maxsus tayoqcha va bo‘yoqning kashf etilishi 
yozuvni takomillashtirdi, uning soddalashuviga imkon tug‘dirdi. Hozir yer 
yuzida quyidagi besh yozuv asosida tuzilgan yozuv sistemalari tarqalgan. 
1) Lotin yozuvi (dunyo axolisining 30% ga yaqini foydalanadi); 2) fonetik 
arab yozuvi (10% ga); 3) Slavyan-kirill yozuvi (10% ga yaqini); 4) grafik-xitoy 
yozuvi (25% ga yaqin); 5) bo‘g‘inli xind yozuvi (20% ga yaqini) qolgan boshqa 
yozuv sistemalari (yunon, yaxudiy, efiopiya, gruzin, arman yozuvlari va 
bulardan dunyo axolisining 5% ga yaqini foydalanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin