N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi


-MODUL. HUSNIXATGA O‘RGATISH METODIKASI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

 
3-MODUL. HUSNIXATGA O‘RGATISH METODIKASI 
 
3-MAVZU: HUSNIXATGA O‘RGATISHNING MAQSAD VA 
VAZIFALARI, AHAMIYATI
 
Tayanch so‘zlar:
Yozuv tarixi, analiz mashqlari, sintеz mashqlari, fikr 
almashish, yozma nutq, idrok qilish, yordamchi chiziqlar, ko‘chirib yozuv, 
diktovka bilan yozuv, ijodiy yozuv, o‘zini-o‘zi tеkshirish, xattotlik san’ati, yozuv 
qurollari, ruchkadan foydalanish, qo‘lda ko‘chirish. 
Husnixatga o‘rgatishning maqsad va vazifalari, ahamiyati. 
Inson o‘z 
fikrini boshqa kishilarga og‘zaki va yozma shaklda yetkazishi mumkin. 
Nutqning bu shaklining o‘xshash va farqlash tomonlari mavjud bo‘lib ular o‘z 
o‘rnida afzalliklarga ega. Og‘zaki nutq tovush chiqarib aytiladi va eshitilish 
uchun mo‘ljallanadi. U kishilarning nutq jarayoni vaqtidagi aloqa vositasi bo‘lib 
xizmat qiladi. Yozma nutq esa tosh, yog‘och, teri, metall, qog‘oz kabilarga 
ko‘rish asosida idrok qilinadigan doimiy belgilar orqali yozib qo‘yiladi. Yozuv 
kishilarning o‘zaro fikr almashishi va bilimlarni egallashning qudratli vositasi 
hisoblanadi. Yozma nutq avlodlarni bir-biriga bog‘laydi, uzoq saqlanadi. Yozuv 
tufayli kishi fikri, insoniyat qo‘lga kiritgan bilimlar avloddan-avlodga yetib 
boradi, abadiy yashaydi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni husnixatga o‘rgatish extiyoji 
yuqoridagi talablar asosida yuzaga keladi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni 
husnixat bilan yozishga o‘rgatish metodikasi ularda aniq , chiroyli va tez yozish 
imkonini hosil qilishi lozim. Bu kabi vazifalarni amalga oshirish uchun dastur 
mazmunini va uning talablarini o‘qitish usullarini yozuviga o‘rgatishning 
gigeyenik shartlarini, o‘quvchilarning yozuvidagi individual kamchiliklarini 
tahlil qilish sabablarini aniqlash va tuzatish usullarini ishlab chiqish zarur. 
Demak yozuv kishi hayotida pedagogik va ijtimoiy ahamiyatga ega. 
Yuqoridagi talab asosida yozishga o‘rganishi boshlang‘ich sinflardan 
boshlanadi. 1-4-sinf o‘quvchilarini chiroyli yozishga o‘rgatish uchun 


66 
o‘qtuvchining o‘zi husnixat bilan yozishi, shu bilan birga o‘quvchilarni chiroyli 
yozishga o‘rgata olishi kerak. 
Husnixat va uni o‘rgatish fani amaliy fan bo‘lib u chiroyli yozishga 
o‘rgatish bilan bir qatorda o‘qitish tarbiyalash, vazifalarini bajaradi.
Pedagogika oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan Husnixat va uni o‘tilish 
metodikasi fanining maqsadi: 
1.
Talabalarga husnixat metodikasidan nazariy ma’lumot berish. 
2.
Talabalarni-bo‘lg‘usi o‘qituvchilarni husnixat talablari asosida 
yozishga o‘rgatish. 
3.
Boshlang‘ich ta’limida o‘quvchilarni husnixatga o‘rgatishning metod 
va usullari bilan qurollantirish. 
Boshqa fanlar kabi husnixat va uni o‘qitish metodikasining o‘z predmeti 
bor. Bu fanning predmeti ta’lim berish jarayonida chiroyli yozuvni egallash, 
grafik jihatdan to‘g‘ri chiroyli yozishga o‘rgatish hisoblanadi. 
Husnixat va uni o‘rgatish metodikasi fani o‘z oldiga quyidagi vazifalarni 
qo‘yadi: 
-
talabalarga chiroyli yozuv haqida nazariy bilim berish; 
-
o‘z dastxatlari ustida ishlash yuzasidan malakalar hosil qilish; 
-
boshlang‘ich sinflarda husnixat darslarini rejalashtirish, va tashkil etishga 
o‘rgatish; 
-
boshlang‘ich sinflar uchun husnixat materiallarini tanlay olish tamoyillari 
bilan tanishtirish. 
Birinchidan husnixat bilan yozish o‘quvchilardan mehnat madaniyatini 
tarbiyalaydi. Topshiriqlarni toza, aniq va madaniyat bilan bajarish ko‘nikmasini 
hosil qiladi. 
Ikkinchidan dastxatga pala-partish va be’etibor munosabatda bo‘lish 
o‘quvchilarning imloviy savodsizligini keltirib chiqaradi. Natijada o‘quvchilar 
qiladigan ishlariga o‘ylab o‘tirmay bajaraveradilar, o‘z xato kamchiliklarini ham 
o‘ylab ko‘rmaydigan bo‘lib qoladilar.


67 
Uchinchidan husnixat bilan to‘g‘ri yozish ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib 
turli rasmiy hujjatlarni yuritishda kishilar unga ehtiyoj sezadi. Husnixat bilan 
yozilmagan, to‘ldirilmagan hujjatlarni o‘qishga kitobxonning ko‘p vaqt 
sarflashiga to‘g‘ri keladi. Vaholanki, maktabda har kuni o‘qituvchi 30 nafar 
o‘quvchilar daftarini tekshiradi. Agar o‘qib bo‘lmaydigan qilib yozgan bo‘lsa 
o‘qituvchining ham unga ko‘p vaqti sarf bo‘ladi. Aniq va ravon qilib yozgan 
dastxati o‘qituvchining ishini yengillashtiradi, keyingi ta’limiy maqsadlarini 
amalga oshirishlari uchun imkoniyat yaratadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin