73
Ta’kidlaganimizdek, yozuv bugungi shaklini
olgunga qadar uzoq va
murakkab tadrijiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Inson bu yo‘lda juda kop
izlandi. Eng qadim davrlarda dunyo xalqlarining deyarli barchasida keng
tarqalgan
“eslatuvchi”
belgilar ana shu uzoq va zahmatli izlanishlarning ilk
ko‘rinishlari edi. Masalan, muayyan miqdorni
ifodalash uchun turli toshlar,
chig’anoqlardan foydalanilgan, tayoqlar, daraxtlarga har xil iplar bog’lash,
tugunlar tugib qo‘yish va bu vositalar bilan muayyan axborotni esda saqlash
yoki muayyan masofaga yuborishga harakat qilingan.
Gohida bir xabarni uzoq
masofaga yetkazish uchun tutun, gulxan, baraban ovozi va shu kabilar
qo‘llangan. Ma’lumot yoki xabarni uzoq vaqt saqlash uchun ramziy ma’no
berilgan buyumlardan foydalanilgan: qo‘rg’on – marhum ko‘milgan joy belgisi;
“shaharlarni ishg’ol etish” mafhumi yonayotgan xonaqoh tarzida; “sayohat” –
qator
izlar silsilasi bilan; “qurbonlik qoni” – gul tasviri bilan; slavyan
qabilalarda non-tuz – do‘stlik belgisi; trubka – tinchlik,
sulh belgisi va
boshqalar. Tasvir rangi ham u davrlarda katta ahamiyatga ega edi. Masalan,
sariq rangda bo‘yalgan odam rasmi ayol kishini, binafsharang esa yuqori
mansabdagi hukmdorni bildirar edi. Rang ramzi (nishonasi) ham qo‘lyozma
madaniy yodgorliklarda katta rol o‘ynar edi: ko‘k rangi janubni, qora va qizil
ranglar
Dostları ilə paylaş: