N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

“xiradmandlik”
va 
“yozuv”
tushunchalarini bildirar edi. 
“Buyumli 
yozuv”
nomi bilan yuritiladigan bunday axborot vositalarining qoldiqlarining 
ba’zilari hozir ham saqlangan. Masalan, biror fikrni esdan chiqarib qo‘ymaslik 
uchun ro‘molchaning uchini tugib qo‘yish odatini yodga olish mumkin.
Bunday holatni o‘zimizning afsonalarimizda ham uchratish mumkin. 
Masalan, ba’zi afsonalarda asosiy qahramon yovuz kuchlar ta’qibiga uchrab 
qochadi va ulardan omon qolish uchun turli xil buyumlardan foydalanadi. 
Masalan, 
qayroqtosh, oyna va taroq.
Agar asar qahramoni orqasiga oynani 
tashlasa katta dengiz paydo bo‘ladi, agar taroqni tashlasa kishi o‘tmas o‘rmon 
hosil bo‘ladi, agar toshni tashlasa baland cho‘qqili tog’ paydo bo‘ladi va yozuv 
kuchlar bu to‘siqlardan o‘tolmaydilar. 


74 
Neolit davriga kelib odamlar ba’zi hodisa va voqealarni uzoq masofaga 
yetkazish niyatini jonli va jonsiz narsalarning rasmini chizish orqali amalga 
oshirganlar. Bunday yozuv 
frazeografiya
deb nom olgan. Frazeografiya -fraza, 
gap, grafiya - yozaman, ya’ni gap yozaman ma’nosini bildiradi. Frazeogramma 
yozuvi ikki turga bo‘linadi: 
a) aks (tasvir) yozuvi; b) qadimgi shartli 
alomatlar.
Aks (tasvir) yozuvini
piktografiya (piktus- tasvir, grafiya-yozaman) 
deb ataganlar. 
Piktografiya
(rasmli yozuv)da rasm bilan yozuv o‘rtasida uzviy 
bog’liqlik mavjud bo‘lgan, chunki har ikkalasi ham ko‘rish orqali idrok qilinadi.
Piktografik yozuvni ibtidoiy tasviriy san’at ichida yuzaga kelgan deyish 
mumkin. Ma’lumki, arxeolog olimlarimiz juda ko‘p qadimiy rasmlarni kashf 
etganlar. G’or devorlari, turli xildagi toshlar, suyaklar va boshqa predmetlarga 
o‘yib ishlangan xilma-xil hayvonlarning rasmlari, umumiy mazmunga 
birlashuvchi tasviriy lavhalar – bularning bari piktografik yozuvning asoslaridir.


75 
Xulosa qilib aytish mumkin, ibtidoiy tasviriy san’at ikki yo‘nalishda – 
umuman rasmlar va muayyan axborot vositasi, ya’ni yozuv sifatida shakllana 
borgan. Buni dunyo tillarining juda ko‘pchiligidagi 
“yozmoq” 
ma’nosidagi 
so‘zlarning etimologiyasiga e’tibor qilganda ham bilish mumkin. Bunday 
so‘zlarning etimologiyasida asosiy mazmun rasm chizish jarayoni bilan bog’liq 
holda namoyon bo‘ladi. Masalan, qadimgi turkiy tillarda “yozmoq” tushunchasi 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin