N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi


Xushnavislikning o‘ziga xos talab va qonuniyatlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

Xushnavislikning o‘ziga xos talab va qonuniyatlari. 
Xattotlik san’ati 
ta’kidlaganimizdek muayyan qonun va talablarga asoslangan va bu talablar 
matematik aniqlikni talab qilar edi. Oltilik sistemaga asoslangan xattotlik san’ati 


90 
me’yor sifatida doira shaklini tanlar edi. Bu doira ichida tomonlari barobar 
uchburchak, kvadrat va beshburchak chizilib, undan harflar andozasi muayan 
qilingan.
Har bir harf uchun romb shaklidagi yuqoridan pastga qarab qo‘yilgan 
nuqtalar ishlatilar edi. Yozuv turlariga qarab nuqtalar miqdori o‘zgartirilgan. 
Masalan, muhaqqaq yozuvi uchun sakkiz nuqta, suls yozuvi uchun etti va tavqe
yozuvi uchun olti nuqta muqarrar qilingan edi. 


91 
Arab harflarining yozilishini hisobga olib, doira ichidagi uchburchak
kvadrat va beshburchak shakllaridan foydalanganlar. Dol, qof, mim va vov 
harflarini yozishda uchburchakdan foydalansalar, jim harfining boshi va shunga 
o‘xshash harflarni yozishda beshburchak andoza sifatida xizmat qilgan. Ba’zan 
bu murakkab sistema o‘rniga oddiy usul-nuqtalar hisobi qo‘llangan. Masalan, 
suls yozuvida 
alif 
harfi etti nuqtaga, muhaqqaq yozuvida sakkiz nuqtaga, tavqe
yozuvida olti nuqtaga, 
be
harfi esa suls yozuvida olti nuqtaga muhaqqaqda etti, 
tavqe’da besh nuqtaga, 
jim
va 
ayn
harflarining xatdan pastgi qismi suls 
yozuviga 10,5, muhaqqaq va tavqe yozuvlarida to‘qqiz nuqta hajmida 
belgilangan va yozilgan. 
Xattotlik san’atini rivojlantirishda Ibn Muqla, Ibni Tavvob va Yoqut 
Mustaqsimiy bilan bir qatorda XV asrning mashhur xushnavisi Sultonali 
Mashhadiyning xizmatlari kattadir. Uning 
“Obod ul-mashq“
risolasiga birinchi 
bor chiroyli yozuvga o‘rgatishning ikki usuli - nazariy va qalamiy usullari bayon 
etilgan. 
Nazariy usul
- o‘tgan ustozlar yozuvini o‘rganish va mushohada etishni 


92 
taqozo etsa, 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin