85
Bu qadimiy sug’d yozuvi orqali eramizning boshlaridan to X-XI asrlarga
qadar yozilgan ko‘plab hayot yodgorliklari bizgacha etib kelgan. Bu
yodgorliklar orasida ko‘plab numizmatik materiallar (tanga yozuvlari) metall,
sofol, yog’och, charm, qog’oz va boshqa buyumlarga bitilgan matnlar, shaxsiy
maktublar, diniy, ahloqiy-falsafiy matnlarning parchalari, xo‘jalik huquqiy va
diplomatik hujjatlar mavjud.
Shunday noyob yodgorliklarning katta guruhi Panjakent yaqinidagi Mug’
tog’i terasidagi qadimgi qasr xarobarilaridan topilgan sug’d hujjatlaridir.
Mazkur yodgorliklar majmuasi “Mug’ tog’i sug’d arxivi” deb nomlangan
va o‘z ichiga VII asr oxiri VIII asr boshlariga oid 80 ga yaqin noyob hujjatni
qamrab oladi. Bu hujjatlar sug’d podsholigiga tobe’ Panj hokimlari va amaldor
ayollarga tegishli hujjatlar yig’indisidan iborat. Agar istilosi kunlarida, xususan,
722-yilda Panj hokimi, bir muddat Sug’d podshosi taxtiga da’vogar sifatida ish
ko‘rgan Devashtich boshliq guruh Mug’d tog’ida joylashgan mudofaa davriga
chekingan. Shu sababli saroy hujjatlari qasrga keltirilgan. Tarix kitobi
sahifalaridan ayonki, 722 yili arablar qasrni bosib olib, vayron qildilar.
Mug’d qasri xarobalarida qolib ketgan sug’d arxivi oradan 1210 yil
o‘tgach, 1932-1933 yillarda topilgan. Bu hujjatlar shu vaqt davomida ancha
o‘rganildi, barcha matnlarning izohli nashrlari e’lon qilinmoqda va ularning til
xususiyatlari o‘rganilmoqda. Qadimgi sug’d yozuvi bo‘yicha paleografik
tadqiqotlar bajarilmoqda. Bir turkum sug’d hujjatlarining o‘zbek tiliga tarjimasi
va izohlari 1992-yil Mirsodiq Is’hoqov tomonidan etildi.
Dostları ilə paylaş: