87
shug’ullana boshlaganlar. Ayniqsa, arab yozuvi tarqalgandan keyin xattotlik
keng rivoj topgan.
Matbaachilik vujudga kelganga qadar kitob tayyorlash, ularning nusxasini
ko‘paytirish ishi bilan xattotlar shug’ullanganlar. Saroylarda,
ayrim amaldorlar
huzurida xattotlik jamoalari tashkil etilgan. Masalan, Mirzo Boysung’ur o‘z
saroyida 40 xattotdan iborat guruhni to‘plagan edi. Shunday xattotlardan biri
Sultonali Mashhadiy bo‘lib, u 1432-yilda tug’ilib, 1520-yilda vafot etgan. U
“giblatul kuttob”
(kitoblar qiblasi) va
“sutonul-xattotayn”
(xattotlar sultoni)
kabi faxriy laqablar bilan mashhur bo‘lgan. Unda shoirlik zavqi ham begona
bo‘lmagan.
Nasta’liq xati o‘zining go‘zalligi va nafosati uchun “
xatlar kelinchagi”
deb nom olgan va XIV asrdan buyon Xuroson, Movarounnahr, Eron, Hidiston,
Ozarbayjon
va Turkiyada tarixiy, badiiy asarlar ko‘chirishda, imoratlar
kitobalarida istifoda etilgan.
Arab imlosidagi klassik etti yozuv turi yoki etti qalamning biri bo‘lmish
nasta’liq xati XIV asr ikkinchi yarmida Tabrizlik ustod xattot Xoja Mir Ali
tomonidan ixtiro qilingan.
Nasta’liq xatining Movarounnahrda keng tarqalishida va o‘ziga xos
xattotlik uslubi va maktabining shakllanishida Sulton Ali Mashhadiy va Mir Ali
Xeraviyning ustot xattot sifatidagi xizmatlari va sermahsul ijodlari juda muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan. Sulton Ali Mashhadiy xattotlikni o‘rganishda
asosan
nazariy mashq – boshqalar xatini aynan ko‘chirish va xayoliy mashq – erkin
mashqqa katta e’tibor bergan edi.
Sultonali
Mashhaqiy
1461-
yil Nizomiyning “Maxzanul-asror”
masnaviysi, 1464- yil Hofiz Sheroziyning devoni, 1465-1466- yillar esa Alisher
Navoiyning g’azaliyot devonini kitobat qilib, shuhrat topdi.
Keyinchalik
Navoiyning taklifi bilan Mashaddan Hirotga kelib, Husayn Boyqaro
kitobxonasida xattotlarga boshchilik qilgan. Hozirga qadar u oqqa ko‘chirgan 50
ta asar bizgacha etib kelgan.
88
Sultonali Mashhadiyning faoliyati borasida Hazrat Navoiy “Majolisun-
nafois”da, Qozi Ahmad va Som Mirzolar tazkiralarida ma’lumot berib o‘tganlar.
Yaxshi va chiroyli yozishdan maqsad faqat oson o‘qish emas,
balki
o‘quvchiga estetik zavq bag’ishlash, yozuvni maleh va bade qilishdir.
Ta’kidlaganimizdek, xattotlik san’ati yaqin Sharq xalqlari o‘rtasida arab yozuvi
asosida keng tarqaldi. Arab yozuvida oltita yozuv shakli juda mashhurdir. Bular
quyidagilar:
1. Kufi –ي فوك لا – Kufa shahridan
2. Suls – ثل ث لا – «uchdan bir»
3. Nasx – خس ن لا – «nusxa ko‘chirish»
4. Ta’liq – قي ل ع ت لا – bu yozuv turini “forsiy” ham deydilar
5. Devoniy – ي ناو يد لا
6. Riqo – ةع قر لا
Xattotlik usuli yozuv turiga bog’liqdir. Xattotlik o‘z
nazariy va amaliy
qonunlariga ega ediki, xushnavislar bunga qat’iy rioya etar edilar. Xattotlik
nazariyasiga X-XI asr mashhur xattotlari Abu Ali Muhammad (Ibni Musla) va
Ali Ibni Nihol (Ibni Vavvob) asos solganlar. Ular an’anasini Yoqut Musta’simiy
nazariy jihatdan rivojlantirdi. Quyida arab xattotlik san’atidan
namunalar
keltiramiz: