93
xattotlar bu yozuvni ham binolarning bezaklarida ishlatganlar. Muhaqqaq
yozuvi kufiyning bir oz o‘zgartirilgan shaklidir. Rayhoniy uslubi muhaqqaq
yozuvida o‘xshagan, lekin harf shakllari rayhon barglariga o‘xshagani uchun
shu nomga loyiq topilgan. Nasx yozuvi kufiy va muhaqqaq xatlaridan ko‘ra
Qur’on ko‘chirishda ma’qulroq topilgan. Tavqe
yozuvi esa asosan buyruq va
farmonlar yozishda qo‘llangan. Riqo yozuvi tavqega ancha yaqin, lekin undan
nozikroq. Asosan munshaot (maktub yozish)da ishlatilgani va qog’ozlarga nafis
qilib yozilgani uchun riqo deb atalgan. Mazkur
yozuvlardan tashqari tumor,
g’ubor, shajariy, tug’ro va boshqa xat turlari ham bo‘lgan. Tug’ro imzo
qo‘yishda ishlatilgan.
XV asr boshlaridan kitob ko‘chirishda (fors-tojik va eski o‘zbek tillarida)
nasta’liq xati rasm bo‘ldi. Hazrat Alisher Navoiy ta’biricha, xattotlar sultoni
bo‘lgan Sultonali Mashhaqiy nasta’liq xatini ajoyib san’at darajasiga ko‘targan
ekan.
Dostları ilə paylaş: