96
Respublikamiz
maktablarida, ayni damda, ikki o‘rinli partalardan
foydalanilmoqda. Ta’kidlash joizki, professor F.F.Erisman tomonidan yaratilgan
ikki o‘rinli yog’och partalar gigiyenik tomondan juda qulay edi.
Lekin
ming afsuski, ayni damda bunday partalar batamom iste’moldan
chiqdi. Mabodo qolgan bo‘lsa ham ular qishloq maktablarida mavjud.
Talabga muvofiq parta ustining qiyaligi 15ºga teng bo‘lishi lozim, chunki
bunday qiyalikda yozish va o‘qish juda qulay bo‘lib, ko‘z tez charchamaydi (1-
rasm).
1-rasm
97
Yana bir muhim talablardan biri partaning qopqog’i ochilib ham yopilib
turadigan bo‘lishi lozimligidir. Agar partada
ochilib yopiladigan qopqoq
bo‘lmasa o‘quvchining o‘rnidan turishi va o‘rniga o‘tirishi noqulay boladi.
Natijada bu o‘ng’aysizlik bola ruhiyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Hozir
iste’moldagi partalarda shunday qopqog’ining yo‘qligi afsuslanarli holdir. Parta
o‘tirg’ichining mustahkam turishi to‘g’ri o‘tirishni ta’minlaydigan eng muhim
omildir. Agar o‘tirg’ichning taxtasi orqa tomonga bir oz moyil bo‘lsa yana ham
yaxshiroq bo‘ladi. O‘quvchilarning yanada qulayroq o‘rnashib o‘tirishlari
uchun orqa suyanchiqning balandligi o‘quvchining belidan yuqori bo‘lishi kerar.
Dostları ilə paylaş: