N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

Alfavit (Aifbo). 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek harf-tovush (fonografik) 
yozuvi alfavitni vujudga keltirdi. Alfavit yunon alifbosining alfa va beta (vita) 
harflari nomidan olingan bo‘lib, alifbo (arab alifbosining boshlang’ich ikki harfi 
– 
alif 
va 
bo 
nomidan olingan) ham deyiladi.
Alifbo
– biror tilning yozuviga qabul qilingan va ma’lum an’anaviy tartib 
berilgan yozuv belgilari (masalan, arab alifbosi, lotin alifbosi) yoki bo‘g’in 
belgilar (masalan, hind alifbosi – devanagari) majmui. Alifbo miloddan avvalgi 
2000-yillar oxirlarida qadimiy Ugarit va finikiy yozuvi tovush tizimidan kelib 
chiqqan. Undan ilgari Misr iyerogliflari sanoq tizimi mavjud bo‘lgan, deb 
taxmin qilinadi. Turkiy xalqlarning run va turkiy (uyg’ur) yozuvlari bo‘lgan. 
Ammo, bu o‘ziga xos turkiy yozuvlar alifbosi haqida ma’lumot uchramaydi.
Ularga oid harflar jadvali tovush belgilari haqidagi boshqa manbalardagi 


81 
ma’lumotlar hamda shu yozuv yodgorliklari asosida tuzilgan. Hozirgi harfiy va 
ba’zan bo‘g’in alifbolari finikiy alifbosidan, oromiy (arab, yahudiy), yunon 
(lotin va hokazolar) va boshqa alifbolardan kelib chiqqan. Arab alifbosi – barcha 
arab mamlakatlari, shuningdek Eron, Afg’oniston, Pokiston, Sharqiy Turkiston – 
Shinjon, shuningdek 13-20 asrlar boshlarida turkiy xalqlar yozuv tizimida; lotin 
alifbosiga Amerika, Avstraliya qit’asidagi barcha xalqlar, Evropaning ko‘pchilik 
xalqlari, Osiyo va Afrikadagi ba’zi xalqlar (Indoneziya, Turkiya va boshqalar) 
yozuv tizimida; kirill alifbosiga – Evropa, Osiyodagi ba’zi xalqlar yozuv 
tizimida; hind bo‘g’in alifbosiga – Hindistondagi ko‘pgina elatlar yozuv 
tizimida amal qilingan.
Yuksak takomillashtirilgan alifbodagi bir harf muayyan bir tovushni 
ifodalashi, bir tovush muayyan bir harf bilan ifodalanishi lozim. Ammo dunyoda 
bunday alifbo yo‘q. Ana shunday ma’nodagi alifboga fin alifbosi birmunsha 
yaqinlashadi, lekin baribir to‘liq emas. Hozirgi ingliz, franso‘z va boshqa tillar 
alifbolari bunday mukammallikdan yiroq. Mana shu holat dunyo tillarining 
barchasida xima-xil va juda ko‘plab grafik va imlo qoidalarining ishlab 
chiqilishiga sabab bo‘lgan.
Yozuv bilan til o‘rtasida, alifbo va tilning tovush tizimi o‘rtasida bunday 
farqli holatlarni yuzaga keltirgan sabablar xilma-xil. Avvalo, dunyodagi hozirda 
mavjud alifbolarning deyarli hammasi ham mustaqil va tegishli til 
xususiyatlarini to‘liq hisobga olgan holda yaratilgan emas. Ko‘pchilik xalqlar 
o‘z yozuvlarini boshqa til yozuvini o‘z tillariga imkoniyat darajasida 
moslashtirish yo‘li bilan yaratganlar. Bu hol yozuv va til munosabatlarida o‘z 
izini qoldirgan.
Ayni paytda yozuv va tilning taraqqiyoti bir xil, bir-biri bilan to‘la mos
keladigan jarayon emas. Tilning taraqqiyoti tarixiy va uzluksiz jarayon, odamlar 
tilga ataylab, ongli ravishda biron-bir o‘zgartirish kirita olmaydilar. Tildagi u 
yoki bu o‘zgarish tadrijiy ravishda, asta-sekin yuz beradi. Yozuv haqida esa
bunday deb bo‘lmaydi. Odamlar til xususiyatlariga yanada moslashtirish uchun 
yozuvga turlio‘zgartishlar kiritadilar, islohotlar qiladilar, bir yozuv tizimini 


82 
boshqasi bilan almashtiradilar va hokazolar. Masalan, o‘zbek xalqi asrlar 
davomida arab alifbosidan foydalanib kelgan, 1923-26-yillarda bu yozuvni 
o‘zbek tili tovush qurilishini to‘laroq ifodalashga moslashtirish maqsadida bir 
qator harfiy o‘zgartirishlar kiritilgan. O‘zbekistonda 1929-yildan lotin yozuvi 
asosidagi o‘zbek alifbosiga o‘tilgan. 1940-yildan esa
kirill 
yozuvi 
joriy 
etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1993-yil 2-sentabrda “Lotin 
yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g’risida”gi qonunni qabul 
qildi. Bu qonunga va uni amalga kiritish tartibi haqidagi O‘R Oliy Kengashi 
qaroriga O‘R Oliy Majlisi 1995-yil 6-mayda o‘zgarishlar kiritadigan qonun 
qabul qildi. Bu hujjatga ko‘ra lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi 
26 ta harf va 3 ta harflar qo‘shilmasidan iborat.


83 
Dunyodagi alifbolarning hammasida ham harflar soni tegishli tildagi 
tovushlar (fonemalar) sonidan sezilarli darajada kam. tabiiyki, bu hol yozuvni 
o‘zlashtirishni osonlashtiradi. shuning uchun ham alifbolardagi asosiy tamoyil 
undagi harflar sonini ko‘paytirish emas. 
Alifbo yozuvning asosini tashkil etadi. Tinish belgilari va boshqa yozma 
belgilar ham yozuvning unsurlari hisoblanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin