70
Harflarning alfavit taritibini bilish muhim amaliy ahamiyatga ega. Chunki
turli lug‘atlar, davlat idora organlarida, arxivlarda saqlanadigan hujjatlar,
ro‘yxatlar alfavit tartibida tuziladi.
Yozuvda harflar bilan birga tinish belgilar: (.) (,) (?) (!) (:) (;) (…) («») (-)
(’) ham qo‘llanadi. Urg‘u (’) belgisi so‘z bo‘g‘inlaridan birining boshqalariga
nisbatan kuchliroq talaffuz qilish uchun unli harf ustiga qo‘yiladi. Yozuvda
harflar bilan birga tinish belgilarning ham roli katta. Tinish belgilari yordamida
fikr yozuvda aniq, ravshan va tushunarli qilib beriladi. Og‘zaki nutqning fikrini
to‘liq ifodalash uchun xizmat qiladigan ohang va pauzalari yozuvda tinish
belgilari orqali ifoda etiladi.
Tutuq belgisi (’) ham grafik vositalardan biri sifatida quyidagi vazifalarni
bajaradi: 1) so‘zda unli tovushdan keyin kelib, uning cho‘ziq aytilishini
(a’lo,
e’tibor, iste’mol);
2) so‘zda undoshdan keyin kelib, oldingi bo‘g‘in bilan keyingi
bo‘g‘inning ajratib aytilishini bildiradi; 3) so‘z ma’nolarini farqlab beradi
(ta’na
– malomat, tana – organizm
Dostları ilə paylaş: