N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

3.1. Husnixatga o‘rgatish tarixidan
Yozuvning paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlari.
Bugun biz 
hayotimizni kitobsiz tasavvur qilolmaymiz. Inson o‘zining uzoq yillik tarixi 
davomida kitobdan yaxshiroq do‘st va mehribon ustozni uchratmadi. U insonga 
kamolot yo‘lini ko‘rsatdi va hamma vaqt og’irini yengil qilib keldi. Lekin shuni 
ham unutmaslik lozimki, agar yozuv bo‘lmaganda inson kitobday bebaho 
do‘stga sohib bo‘lmagan bo‘lur edi. Kitob yaratish tarixi ham ancha qadimga 
borib taqaladi. Biz bu borada mukammal ma’lumot bermaymiz, faqatgina
o‘tmishda yaratilgan bazi bir kitoblar bilan yuzaki tanishib chiqamiz: 


71 
Sopol taxtachadagi kitob (Vavilon
)
 
Qadimgi Misrda kitob
1.1.1.1.1.1
 
Papirusli kitob
Qadimgi o‘rama kitob 
Yozuv qachon paydo bo‘lgan? U qanday davrlarni boshidan kechirib, 
hozirgi mavqega erishgan? Bu savollarga javob topish uchun insoniyat tarixiga 
nazar tashlash, uning aqliy yuksalish bosqichlvarini birma-bir ko‘zdan kechirish 
lozim.
Albatta, inson, avval, gapirishni o‘rgandi, so‘ngra unga tajribalarini 
kelgusi avlodlarga yetkazish istagi shakllandi va u qo‘liga qalam (avval bu 
vazifani oddiy tosh bajargan) oldi. 


72 
Xo‘sh, yozuv o‘zi nima? Yozuv muayyan bir tilda qabul etilgan va 
kishilar o‘rtasidagi muloqotga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar 
tizimi. U kishilarning o‘zaro aloqa qilishida, fikr almashishida muhim vositadir. 
Yozuvning paydo bo‘lishi, aloqaning maxsus vositasi sifatida xizmat qilishi 
katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Yozuv tufayli kishilik tajribasi avloddan-avlodga
etkazilmoqda. Shuning uchun ham yozuvni kishilik jamiyati madaniy 
taraqiyotining tom ma’nodagi ibtidosi, bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy 
takomili jarayonidagi omillarning eng asosiylaridan biri, deb hech 
ikkilanmasdan aytish mumkin. Faqat yozuv borligi uchungina biz tilning tarixiy 
taraqqiyotini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lamiz, oldingi avlodlarimiz tilini 
o‘rganib, uni tilimizning hozirgi bosqichi bilan qiyoslash imkoniyatiga ega 
bo‘lamiz. 
Tabiiyki, yozuv tildan ancha keyinroq paydo bo‘lgan. Olimlarimizning 
ta’kidlashlaricha tovush tili 400-500 ming yillar ilgari yuzaga kelgan. 
Yozuvning paydo bo‘lganiga esa 4-5 ming yillar bo‘lgan. Inson ovozi (nutqi) 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin