N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

“bit(i)moq” 
fe’li (
“bitik” – yozuv, kitob) 
bilan ifodalangan. Bu fe’lning o‘zagi 
xitoycha 
“bi” (mo‘yqalam) 
so‘zi bilan aloqador bo‘lib, dastlabki ma’nosi 
“o‘ymoq, o‘yib bezamoq”, 
undan keyin 
“yozmoq”
demakdir. Slavyan 
tillardagi 
“pisati” (rus. “pisat” – “yozmoq”) 
fe’lining ma’nosi ham dastlab 
mo‘yqalamda rasm chizish bilan bog’liq bo‘lgan (rus. 
“jivopis”
– rangtasvir 
so‘zi bilan qiyoslang). Bu fe’lning o‘zagi lot. 
“pingere” (rasm solmoq) 
so‘zi 
bilan aloqadordir, 
“pisati” 
fe’lining dastlabki ma’nosi, ko‘rinadiki, 
“rasm 
solmoq”, “bezamoq”-
dan iborat bo‘lgan. Gotcha 
“melian” (yozmoq) 
fe’lining 
dastlabki ma’nosi ham mo‘yqalamda “rasm solmoq” bo‘lib, bu fe’l hozirgi 
nemis tilida 
“malen” 
shaklida va “rasm solmoq” ma’nosida qo‘llanadi. Yunon 
tilidan ko‘pgina tillarga o‘tgan 
“grafika” 
so‘zi ham etimologik jihatdan o‘yish, 
tirnash tushunchalarini ifodalaydi. Yoqorida keltirganlarimiz barcha misollar 
yozuvning rasm bilan uzviy bog’liq ekanligini yaqqol ko‘rsatadi. 
 
Qadimgi shartli alomatlar
sirasiga avlod va qabila nishonlari, avlod, 
qabila va shaxs mulki alomatlari (masalan, 
tamg’a, dog’
), ustalar muhri va 
boshqalar kirardi. Bu nishon va alomatlar uy hayvonlari, qurol-aslaha, sapoldan 
yasalgan idishlar va hatto asirlar (qullar)ga qo‘yiladi. Tilga olingan qadimgi 
shartli belgi va alomatlarni hozir ham ba’zi bir taraqqiyotdan orqaga qolgan 
xalqlar (masalan, Amerika hindulari, Uzoq Shimol, Afrika, Avstraliya xalqlari) 
ishlatishadi. Taraqqiyot bilan baravar qadam tashlayotgan xalqlar ham bu belgi 
va alomatlarga ayrim hollarda murojaat qilishadi. Masalan, pogonlar, oliy 
maktab, gerb va bayroqdagi nishonlar, xaritalardagi belgilar bunga misol bo‘la 
oladi. 


76 
Keyinchalik rasmlarning soddalashuvi, ularning o‘zlari ifoda etgan 
buyumlarning nomiga, ramziga aylanishi va asta-sekin bu ramzlarning og’zaki 
til bilan doimiy bog’lanishi yozuvning takomillashib borishini belgilab berdi. 
Yozuv belgilari ideografik, ieroglifik belgilar sifatida muayyan so‘zlarning 
ifodachilariga aylandi, bu yozuv 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin