N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

qalamiy usul
- chiroyli nusxada qarab payvasta mashq qilishni 
talab etadi. 
Xushnavislikda aksariyat ikki tarzda - 
jalliy
va 
xafiy
tarzida yozardilar. 
Odatan xafiy mashqi 
kunduzi
, jalliy mashqi 
kechasi
amalga oshirilar edi. 
Chunki xafiy xati kichik yozilsa, jaliy yozuvi katta-katta yozilar edi. Ko‘pgina 
kitoblarning hoshiyalariga xafiy xatiga kitobat qilingan yozuvlarni ko‘ramiz. 
O‘rta asrlarda har bir xushnavis hech bo‘lmaganda uch xil yozuvda - suls, nasx, 
nasta’liq yozuvlarida mashq qilib bilar edi. Aksariyat oltilik va nasta’liq 
yozuvida juda yaxshi va chiroyli yoza olar edilar. Xushnavislarning qurollari 
siyoh, rangli jo‘shalar, oq va rangli qog’oz, nayqalam, qalamtarosh, mistar, 
qalamdon, siyohdon, mehrak va qalamqat
edi (1- rasm). 
Sultonali 
Mashhadiyning “Risolai xat”

Mirali Hiraviyning “Midod ul-xutut”, 
Mirimodi Qazviynining “Obod ul-mashq“, Majnun ibn Kamoliddin 
Mahmudi Rafiqiyning “Risolai xati manzum”, Shafeoniyning “Risolai xat”
kabi risolalarida siyohning tayyorlash texnologiyasi, nayqalam, qog’ozning 
sifatini bilish usullari, umuman yozish qurollari borasida qimmatli ma’lumotlar 
berilgan. 
Xushnavislikka ma’lum va joriy bo‘lgan qoidalar 
o‘n ikkilik
qoidasi deb 
nomlanar va bular: 
usul, tarkib, kursi, suud, nuzul, nisbat, davr, sath, 
quvvat, za’f, safo va nishon
edi. 
VII asrda arab yozuvining keng tarqalgan uslublaridan biri 
kufiy
xati 
ixtiro qilinguncha (ixtirochisi Ya’rab ibn Kahton) O‘rta Osiyoda turli yozuv
usullari mavjud bo‘lgan. Masalan, makkiy, madaniy, basariy va boshqalar. Bu 
xatlardan oldinroq 
ma’daliy (tik chiziqli)
yozuvi mavjud edi. Kifiy yozuvi 
ko‘pincha madaniy yodgorliklarning naqshlarida saqlanib qolgan. Xalifa
Muqtadir zamonida yashagan olim Ibn Muqla (864-934) ni xatti sitta (olti xil 
yozuv: suls, nasx, muhaqqaq, rayhoniy, tavqe, riqo) ixtirochisi deb tan
olganlar. 
Vaqt o‘tishi bilan kufiy yozuvining turli variantlari ixtiro qilingan. 
Qur’oni Karimning ilk namunalari shu yozuvda yozilgan. Zamonlar o‘tishi bilan 


93 
xattotlar bu yozuvni ham binolarning bezaklarida ishlatganlar. Muhaqqaq 
yozuvi kufiyning bir oz o‘zgartirilgan shaklidir. Rayhoniy uslubi muhaqqaq 
yozuvida o‘xshagan, lekin harf shakllari rayhon barglariga o‘xshagani uchun 
shu nomga loyiq topilgan. Nasx yozuvi kufiy va muhaqqaq xatlaridan ko‘ra 
Qur’on ko‘chirishda ma’qulroq topilgan. Tavqe yozuvi esa asosan buyruq va 
farmonlar yozishda qo‘llangan. Riqo yozuvi tavqega ancha yaqin, lekin undan 
nozikroq. Asosan munshaot (maktub yozish)da ishlatilgani va qog’ozlarga nafis
qilib yozilgani uchun riqo deb atalgan. Mazkur yozuvlardan tashqari tumor, 
g’ubor, shajariy, tug’ro va boshqa xat turlari ham bo‘lgan. Tug’ro imzo 
qo‘yishda ishlatilgan. 
XV asr boshlaridan kitob ko‘chirishda (fors-tojik va eski o‘zbek tillarida) 
nasta’liq xati rasm bo‘ldi. Hazrat Alisher Navoiy ta’biricha, xattotlar sultoni 
bo‘lgan Sultonali Mashhaqiy nasta’liq xatini ajoyib san’at darajasiga ko‘targan 
ekan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin