N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi


 Yozuvning gigienik va metodik shartlari haqida umumiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

3.2. Yozuvning gigienik va metodik shartlari haqida umumiy 
ma’lumot 
Sinfda o‘quvchilar ish joyini to‘g’ri tashkil etish. Partaga o‘tirish
gigiyenasi. 
Boshlang’ich ta’limni isloh qilish, uni ilmiy asoslangan tahkursilar
bilan qaytadan ta’minlash borasidagi asosli fikrlar yurtboshimiz tomonidan 
o‘rtaga tashlangan edi. Shundan keyin bir qator qonun, qaror va ko‘rsatmalar 
e’lon qilindi va ularni amalga oshirish ishlari respublikamiz ta’lim muassalarida 
keng quloch yozdi. Ayni damda bu borada muayyan chora-tadbirlar 
rejalashtirilib, muayyan ishlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, hali hal etilishi lozim 
bo‘lgan dolzarb masalalar talaygina. 
Kuzatishlarimiz shundan dalolat beradiki, boshlang’ich sinf, xususan, 
birinchi sinf o‘quvchilarining savodini chiqarishda ularning yoshi va jismoniy 
tayyorgarligi ham katta rol o‘ynaydi. Masalan, yozish va o‘qish malakalarining
shakllantirishning birinchi zinalarida bola yozish va o‘qish mashqlarini bajarish 
uchun o‘zining bor kuchini – jismoniy va ruhiy imkoniyatlarini sarflaydi: yozuv 
jarayonida o‘quvchining hamma muskullari, ayniqsa qo‘l va yelka muskullari, 


94 
bel va oyoq tomirlari hamda asab torlari ancha taranglashadi. Shuning uchun 
o‘qituvchilar bu jarayonni sezgirlik bilan kuzatadilar, barmoq va qo‘l 
muskullarining harakat tezligi, partada to‘g’ri o‘tirishi, umuman o‘quvchilarning 
jismoniy va ruhiy holati hamda tayyorgarligini hisobga oladilar. 
Tabiiyki, yozish va o‘qish jarayonlari dastlabki bosqichlarda jismoniy va 
ruhiy siqilishlar ostida o‘tadi. Bola birinchi mushkilot va muvaffaqiyatsizlikni 
qiyinchilik bilan hazm qiladi. Shuning uchun jismoniy va ruhiy zo‘riqishlar ham 
kutilgan samarani bermaydi. O‘quvchi o‘z xatosini sezadi va tushunadi, lekin 
o‘quvchisining yo‘l – yo‘riqlari bilan ham uni bartaraf etolmaydi. Bunday 
hollarda o‘qituvchi o‘quvchini ruhiyati – kayfiyatini ko‘tarish uchun turli xil 
lahzalik sho‘x o‘yinlar tashkil etiladi. Bunday lahzalik jismoniy va ruhiy 
tanaffuslar bolaning ruhiy zo‘riqishini mo‘tadillashtiradi va bolaning mavzuni 
o‘zlashtirish, qabul qilish darajasini oshiradi. Aytganlarimiz o‘sha vaqt o‘z 
samarasi – mevasini beradiki, boshlang’ich sinf o‘quvchisi, xususan birinchi sinf 
o‘quvchisining ta’lim olishi uchun hama tashkiliy va metodik ishlar a’lo 
darajada tayyorlangan bo‘lishi lozim. Tashkiliy va metodik ishlarga nimalar 
kiradi? Keling, shu haqda bahslashaylik! 
Maktab o‘quvchisi o‘zining ko‘p vaqtini darsxonada quyidagi o‘quv
qurollari bilan bog’liq holda o‘tkazadi: parta, sinf taxta (doska)si, daftar, ruchka 
va boshqalar. Shunday ekan o‘quv qurollarining gigiyenik va pedagogik 
talablarga javob berishi katta ahamiyatga egadir. Ta’kidlaganimizdek maktab 
o‘quvchilari o‘zining juda ko‘p vaqtini partada o‘tirib o‘tkazadi. Shuning uchun 
bu mas’uliyatli davrda o‘quvchilarni qo‘yilgan gigiyenik talablarga amal 
qilishga o‘rgatish kerak.
Ish qobiliyati uzoq vaqtgacha pasaymay turishini hamda bolalar qaddi-
qomatining to‘g’ri rivojlanishi, o‘qish davrida ko‘zning salbiy ta’sirlanmasligini 
ta’minlash maqsadida sinflarni gigiyena talablariga javob beradigan partalar 
bilan jihozlash muhim ahamiyatga ega. Birinchi navbatda ustoz – muallim o‘z
shogirdining mo‘tadil ishlashi uchun zarur shart-sharoit yaratib berishi lozim. 
Bu ishga tayyorgarlik avgust oyidan boshlanadi. O‘qituvchi unga ajratilgan 


95 
sinfxonani va undagi partalarni bo‘lajak shogirdlari ishlashi uchun mos kelish-
kelmasligini tekshirib ko‘rishi lozim. Shogirdlarini maktabga qabul qilib 
olgandan so‘ng esa ularning bo‘yiga, ko‘rish va eshitish qobiliyatlariga qarab 
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin