90
me’yor sifatida doira shaklini tanlar edi. Bu doira ichida tomonlari barobar
uchburchak, kvadrat
va beshburchak chizilib, undan harflar andozasi muayan
qilingan.
Har bir harf uchun romb shaklidagi yuqoridan pastga qarab qo‘yilgan
nuqtalar ishlatilar edi. Yozuv turlariga qarab nuqtalar miqdori o‘zgartirilgan.
Masalan, muhaqqaq yozuvi uchun sakkiz nuqta, suls yozuvi
uchun etti va tavqe
yozuvi uchun olti nuqta muqarrar qilingan edi.
91
Arab harflarining yozilishini hisobga olib,
doira ichidagi uchburchak,
kvadrat va beshburchak shakllaridan foydalanganlar. Dol, qof, mim va vov
harflarini yozishda uchburchakdan foydalansalar, jim harfining boshi va shunga
o‘xshash harflarni yozishda beshburchak andoza sifatida xizmat qilgan. Ba’zan
bu murakkab sistema o‘rniga oddiy usul-nuqtalar hisobi qo‘llangan. Masalan,
suls yozuvida
alif
harfi etti nuqtaga, muhaqqaq
yozuvida sakkiz nuqtaga, tavqe
yozuvida olti nuqtaga,
be
harfi esa suls yozuvida olti nuqtaga muhaqqaqda etti,
tavqe’da besh nuqtaga,
jim
va
ayn
harflarining
xatdan pastgi qismi suls
yozuviga 10,5, muhaqqaq va tavqe yozuvlarida to‘qqiz nuqta hajmida
belgilangan va yozilgan.
Xattotlik san’atini
rivojlantirishda Ibn Muqla, Ibni Tavvob va Yoqut
Mustaqsimiy bilan bir qatorda XV asrning mashhur
xushnavisi Sultonali
Mashhadiyning xizmatlari kattadir. Uning
“Obod ul-mashq“
risolasiga birinchi
bor chiroyli yozuvga o‘rgatishning ikki usuli - nazariy va qalamiy usullari bayon
etilgan.
Nazariy usul
- o‘tgan ustozlar yozuvini o‘rganish va mushohada etishni