N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

Jahon xalqlari yozuvlari. 
Finikiy yozuv.
Ushbu yozuvdan finikiylar
karfagentlar, qadimiy yahudiylar tomonidan Finikiya, Suriya, Falastin va 
qisman Misr, Kipr, Kiliniya (Kichin Osiyodagi viloyat), Karfagen kabi qadimiy 
davlatlar foydalanganlar. Finikiy yozuvga daxldor katibalar miloddan oldingi 2-
4 m: yilliklarda taalluqlidir. Bu yozuvning paydo bo‘lishi sarchashmasi 
haligacha aniq emas. Taxmin qilishlaricha finikiy yozuv qadimiy Qan’onining 
bo‘g’in va yo undosh yozuvi asosida vujudga kelgan. Finikiy yozuvda 22 ta 
undosh harf mavjud edi. Keyinchalik qattiq unlilar uchun maxsus alomatlar 
ishlab chiqildi. Keyinchalik qariyb hamma harfli va ovozli xatlar sistemasi, 
jumladan yozuvlarning ikki katta bo‘g’ini-yunon va oromiy yozuvlar, ham 
finikiy yozuvidan ibtido oldi. 
Oromiy yozuv
.
Ushbu yozuv undosh tovushlardan iborat bo‘lib, 22 ta 
harfi bor edi. Miloddan oldingi birinchi ming yillikning avvallarida finikiy 
yozuv zaminida vujudga keldi. Oromiy yozuvning qadimiy osori Var-Xadod 
(SHimoliy Siriya) va Zokir (Xamodan) kabilardir. Keyinchalik oromiy yozuvni 
boshqa somiy xalqlar-yahudiylar, oshuriylar, bobiliylar qabul qildilar. Miloddan 
oldingi 3-2 asrlarda ushbu yozuv bir necha soxada-yahudiy yozuvining murabba 
xili, palmir va nabatiy yozuvlariga bo‘lindi. 
Mazkur yozuv Vaynannahrda mixsimon bobil va akkad yozuvlari 
Haxomanishiylar davlati (imperiyasi) davrida ham oromiy yozuv mixsimon 
qadimiy fors yozuvi bilan baravar qo‘llangan. Jamshid taxtidan 500taga yaqin 
oromiy kotibalar yozilgan joy taxtachalar topilgan. O‘rta eroviy yozuvlarining 
aksariyati-pahlaviy, porsiy, sug’diy, monaviy, xorazmiy yozuvlari oromiy 
xatdan paydo bo‘lgan. 


84 
Sug’d yozuvi
. Bu yozuv oromiy yozuv asosida eramizdan avvalgi birinchi 
ming yillikda qadimiy Sug’d zaminida yaratilgan. U 23 alomatni o‘z ichiga olar 
edi. Sug’d yozuviga mansub birinchi yozma yodgorlik eramizdan oldingi I asrga 
taalluqlidir. 
Sug’d yozuvining alomatlarini birinchi bor frantso‘z olimi R.Goto 
transliterattsiya qilgan edi. 
Sug’d yozuvida avvallari bir-biriga ulardan harflar (ligatiralar) juda kam 
bo‘lgan. Har bir harf o‘zining alohida yozma shakliga ega bo‘lib, ularni bemalol 
bir-biridan farq qilish mumkin edi. 
VI asrning boshlariga “sutra yozuvi nomukammal finik sug’d yozuvi 
taraqqiy etdi va X asrda keng qo‘llandi. Bu yozuv bilan budda dinining yozma
yodgorliklari yozilgan. Mukammal finik sug’d yozuvi sakkizinchi asrning 
o‘rtalarida vujudga keldi. Bu yozuv bilan Mug’ tug’i, Afrosiyob va Panjakent 
kabalar yozilgan. Siniq sug’d yozuvida ulardan harflar ko‘proq ishlatilgan va 
alomatlari bir-biridan farqlash ancha qiyin bo‘lgan.
Mutaaxxir siniq sug’d yozuvi (bu yozuvni “uyg’uriy sug’d” yo 
“uyg’uriy” ham dedilar) IX-XI asrlarda taraqqiy etgan. Uyg’uriy yozuvida 
harflarni bir-biridan farq qilish uchun diakritik alomatlar (harflarning ustiyu 
ostida nuqta va alomatlar) qo‘llangan. diakritik alomatlarni ishlatish kitoblar 
ixtiyorida edi. 
Bu umumsug’d yozuvlaridan tashqari yana ikki xil sug’d yozuvi taraqqiy 
etgan edi. Bularning bittasida bixoriy va ikkinchisiga istaravshaniy nomini 
berish mumkin. 
Miloddan avvalgi II-III asrlarda shakllangan sug’d yozuvi o‘lkamiz 
madaniyati tarixida muhim rol o‘ynaladigani isbotlovchi dalillar juda ko‘p 
topilgan. Dalillarning guvohlik berishicha bu yozuv ijtimoiy va madaniy 
hayotning hamma sohalarida keng qo‘llangan. Shu murakkab jarayonda sug’d 
yozuvining tashqi shakli takomillasha borgan hamda uning ichki mazmuni-til 
tovush sistemasi tobora aniq ifodalash tomon o‘sa borgan, muayan orfografik 
normalar vujudga kela boshlagan. 


85 
Bu qadimiy sug’d yozuvi orqali eramizning boshlaridan to X-XI asrlarga 
qadar yozilgan ko‘plab hayot yodgorliklari bizgacha etib kelgan. Bu 
yodgorliklar orasida ko‘plab numizmatik materiallar (tanga yozuvlari) metall, 
sofol, yog’och, charm, qog’oz va boshqa buyumlarga bitilgan matnlar, shaxsiy 
maktublar, diniy, ahloqiy-falsafiy matnlarning parchalari, xo‘jalik huquqiy va 
diplomatik hujjatlar mavjud. 
Shunday noyob yodgorliklarning katta guruhi Panjakent yaqinidagi Mug’ 
tog’i terasidagi qadimgi qasr xarobarilaridan topilgan sug’d hujjatlaridir. 
Mazkur yodgorliklar majmuasi “Mug’ tog’i sug’d arxivi” deb nomlangan 
va o‘z ichiga VII asr oxiri VIII asr boshlariga oid 80 ga yaqin noyob hujjatni
qamrab oladi. Bu hujjatlar sug’d podsholigiga tobe’ Panj hokimlari va amaldor 
ayollarga tegishli hujjatlar yig’indisidan iborat. Agar istilosi kunlarida, xususan, 
722-yilda Panj hokimi, bir muddat Sug’d podshosi taxtiga da’vogar sifatida ish 
ko‘rgan Devashtich boshliq guruh Mug’d tog’ida joylashgan mudofaa davriga 
chekingan. Shu sababli saroy hujjatlari qasrga keltirilgan. Tarix kitobi 
sahifalaridan ayonki, 722 yili arablar qasrni bosib olib, vayron qildilar. 
Mug’d qasri xarobalarida qolib ketgan sug’d arxivi oradan 1210 yil 
o‘tgach, 1932-1933 yillarda topilgan. Bu hujjatlar shu vaqt davomida ancha 
o‘rganildi, barcha matnlarning izohli nashrlari e’lon qilinmoqda va ularning til 
xususiyatlari o‘rganilmoqda. Qadimgi sug’d yozuvi bo‘yicha paleografik 
tadqiqotlar bajarilmoqda. Bir turkum sug’d hujjatlarining o‘zbek tiliga tarjimasi 
va izohlari 1992-yil Mirsodiq Is’hoqov tomonidan etildi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin