79
I-II asrlarda Stoy Shenm Xitoy ierogliflarining katalogini tuzib, bunda
10,5 ming ieroglifni kiritadi. Xitoy tilining to‘liq lug’atlarida 40 ming
iyerogliflar qayd qilingan.
Yozuvning
ommaviylashuvi
uchun
uni,
albatta,
osonlashtirish,
soddalashtirish, qulaylashtirish zarur edi. Masalan,
“ko‘z yoshi”
so‘zini yozib
ko‘rsatish uchun “ko‘z” va “suv”ning kombinatsiyasi ko‘rsatilgan. Lekin
bunday soddalashtirish unumsiz edi.
Yozuv tarixining uchinchi bosqichga orfografiya yozuvlari kiradi. Bora-
bora logogrammalar so‘z asosi (morfemalar)ni bildiradigan bo‘ldi (masalan,
kelishik qo‘shimchalari) va natijada morfemografiya yozuvlari keng tarqaldi.
To‘rtinchi tur yozuvlar, bu sillabografiya (bo‘g’in) yozuvlaridir. Bunda
har bir alomat bir bo‘g’inni ifodalaydi. Bu yozuv turi milodgacha bo‘lgan 2-1-
ming yilliklarda paydo bo‘lgan. Bu yozuvni uch guruhga bo‘ladilar: birinchi
guruhga mayya, mexiy va koreya yozuvlari kiradi. Bularda alomatlar har xil
bo‘g’inlar - alohida unlilar, undosh va unli ovozlarni ifodalaydi. Ikkinchi
guruhga krit(?), kipr, habash va yapon yozuvlari mansubdir. Uchinchi guruhga
hind yozuvlari kiradi.
Yozuv taraqqiyotining beshinchi bosqichiga ovoz-fonemani bidiruvchi
yozuvlar kiradi. Bularni umumlashtirib
Dostları ilə paylaş: