N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi


fonografiya (fonos-ovoz, grafiya-



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

fonografiya
(fonos-ovoz, grafiya- 
yozaman)
deb nomladilar. Bu yozuvlarning har bir alomati bir ovoz yo 
fonemani bildiradi (finik, yunon, lotin, rus va arab yozuvlari shular 
jumlasidandir). Fonografiya yozuvlarini ikki qismga bo‘ladilar: 
a) konsonant yozuvlari; 
b) vokal yozuvlari. 
Kosonant yozuvlariga finik, ugarit, ibron, orom, arab va boshqa yozuvlar 
mansub bo‘lib, ularga har bir asosiy alomat (harf) faqat undosh ovozlarni 
ifodalaydi. Vokal yozuvlarida har bir asosiy alomat (harf) ham unli va ham 
undosh ovozni bildiradi. 
Ta’kidlash joizki, harf-tovush yozuvi yo‘nalishidagi ilk yozuv 
finikiy 
yozuvidir. 
Finikiy alifbosining paydo bo‘lishi insoniyat uchun yozuvni 


80 
takomillashtirish borasida olg’a qo‘yilgan qadam bo‘lgan. Shuning uchun ham 
finikiy yozuvi juda tezlik bilan boshqa xalqlar orasida ham tarqalgan. Bu 
jarayon miloddan avvalgi 9-asrdan boshlangan. Hozirgi kunda bizga ma’lum 
bo‘lgan harf-tovush tizimidagi yozuvlarning 
 
beshdan to‘rt qismidan ko‘prog’i 
finikiy yozuvidan kelib chiqqan. Harf-tovush yozuvining muhim afzalligi uning 
kam miqdordagi, ya’ni 20-30 atrofidagi belgilar bilangina ish ko‘ra olishidir. 
Harf-tovush yozuvi dunyo xalqlari orasida juda tez tarqalgan va bu jarayon, 
asosan, o‘zlashtirish, u yoki bu tilning xususiyatini hisobga olgan holda 
moslashtirish yo‘li bilan bo‘lgan.
Hozirgi vaqtda jahon aholisining taxminan to‘rtdan uch qismi harf-tovush 
yozuvidan foydalanadi. Lotin asosida aholining 30%, slavyan-krill yozuvidan 
10%, arab yozuvidan 10%, hind yozuvidan 20% aholi foydalanadi. 
O‘rta Osiyodagi xalqlar, jumladan, o‘zbek xalqi turli yozuvlardan 
foydalanib kelgan. Bu yozuvlar avesto, pahlaviy, urxun-yenisey (runik), turkiy 
(uyg’ur), sug’d, arab, kirill, lotin yozuvlaridir.
Afsuski, yozuv og’zaki til(nutq)ni aynan aks ettira olmaydi. Agar yozuv 
shunday xususiyatga ega bo‘lganda, imlo qoidalariga, talaffuz mezonlariga 
mutlaqo ehtiyoj qolmagan bo‘lardi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin