N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi


Parta tanlashning yana bir muhim jihati shundaki, uning differensiyasini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B


Parta tanlashning yana bir muhim jihati shundaki, uning differensiyasini 
to‘g’ri saqlashdir. Parta qopqog’ining cheti bilan o‘tirg’ichning orasidagi masofa 
differensiya
deyiladi. Agar parta o‘tirg’ichi past bo‘lsa, o‘quvchi parta 
qopqog’iga osilib turadi, agar yuqori bo‘lsa, bukchayib o‘tirishga majbur 
bo‘ladi. Shuning uchun o‘tirg’ichning balandligi o‘quvchilarning oyoqlari 
uzunligiga teng bo‘lib, o‘tirganda tovonlari polga yoki partaning zinasiga tegib 
turishi lozim. 
 
Oyoqlarni qo‘yish uchun maxsus joy bo‘lmaganligi
 
bois oyoq muskullari 
ham zirqirrab og’rishni boshlaydi. keltirganimiz holat kichik bir misol. endi 
tasavvur qiling, butun sinf o‘quvchilari (sinfda bironta ham talabga javob 
beradigan parta yo‘q-da) shunday jismoniy va ruhiy zo‘riqish ostida savod 
o‘rganadilar. Shunday vaz’iyatda eng tajribali o‘qituvchining zahmatlari ham 
barabas ketishi tabiiy hol.
 
Ayni zamonda rivojlangan mamlakatlarda quyidagi konstruktor 
partalardan ham keng foydalanilmoqda: 


100 
 
Erisman partalariga o‘zgarishlar kiritilib, yuqoridagi davlat standarti 
bo‘yicha temir oyoqli ikki va bir o‘rinli partalar tavsiya etilmoqda.
Bunday partalarning gigiyenik afzalligi shundaki, balandligini bolalarning 
bo‘yiga qarab o‘zgartirib turish mumkin, bundan tashqari, suyanchig’i ikkita 
taxtadan iborat bo‘lib, suyanganda yaxshi tayanch vazifasini o‘taydi. Hozirgi 
vaqtda o‘quvchilar uchun 15 sm oralab belgilangan bo‘y balandligi qabul 
qilingan, o‘quvchilar mebelning davlat standartlari shu ko‘rsatkichga muvofiq 
ishlab chiqariladi. 
1-3- sinf o‘quv xonalari uchun A, B, V turdagi partalar ishlab chiqariladi. 
“A” turdagi partalar bo‘yi 130 sm gacha bo‘lgan bolalar uchun, “B” turdagi 
partalar bo‘yi 130-145 sm, “V” turdagi partalar bo‘yi 145-160 sm.li bolalar 
uchun mo‘ljallangan. Parta o‘rindig’ining chuqurligi son uzunligining 2/ 3-3/ 4
qismiga teng bo‘lishi lozim.
O‘rindiqning pol sathidan balandligi boldir suyagi va to‘piqning 
uzunligiga hamda poyabzalning 1-2 sm poshnasi balandligining yug’indisiga 
teng bo‘lishi kerak. 
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin