N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi


Partaning o‘quvchiga qaragan qirrasining pol sathidan balandligi o‘quvchi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B


Partaning o‘quvchiga qaragan qirrasining pol sathidan balandligi o‘quvchi 
o‘tirganda pol sathidan to‘g’ri burchak hosil qilgan tirsakning balandligiga teng 
bo‘lishi kerak. 
Parta ustki qismining o‘tirg’ichiga nisbatan 15° pastda og’ishi gigiyenik 
talablarga javob beradi.
Partalarning ustki sathi tabiiy taxta rangida yoki yashil, sariq va havo 
rangga bo‘yalgani ma’qul, bunda yorug’likni qaytarish koeffitsenti 35-55% 
atrofida bo‘ladi. 


101 
Bolalarni antropometrik belgilarni hisobga olib partalarga o‘tqizish 
ularning to‘g’ri rivojlanishiga ta’sir qilib qolmay, ish qobiliyatini ham oshiradi.
3.3. Yozuv qurollari va ulardan foydalanish 
O‘qituvchi sunfda o‘quvchilarning ish joyini to‘gri tashkil etgandan so‘ng 
ularga yozuv qurollari va daftardan qanday foydalanishni o‘rgatishi lozim. 
Birinchi navbatda o‘qituvchi o‘z shogirdlari uchun sifatli yozuv qurollari 
tanlaydi, chunki yozuvning chiroyli bo‘lishi ko‘p jihatdan yozuv qurollariga 
bog’liqdir. Hozirgi zamonda yozuv qurollarining turi nihoyatda ko‘p va ularning
hammasi talabga javob beradi. Ko‘pgina yozuv qurollari ta’lim standartlari 
talablariga javob berolmaydi. Shuning uchun o‘qituvchining o‘zi talabalarni 
sifatli yozuv qurollari bilan ta’minlashi lozim. 
Daftar. 
Daftar asosiy yozuv quroli sifatida katta ahamiyatga egadir. U 
birinchi navbatda sifatli oq qog’ozdan, silliq va chiziqlari aniq ko‘rinib 
turadigan bo‘lishi kerak. 
Talabga muvofiq 1-sinf o‘quvchilari uchun qiya chiziqlari orasidagi 
masofa 25 mm ga, kichik harflar yoziladigan satr chizig’i oralig’i 5 mm ga 
teng bolgan ikki chiziqli daftar tavsiya etiladi. daftarning qiya chiziqlari 65ºga 
teng bo‘lishi lozim (1-rasm): 
(1-rasm) 
Qiya chiziqlari siyrak bo‘lgan ikki chiziqli daftarga yozdirib mashq
qildirish orqali 1-sinf o‘quvchilarini mayda harflar bilan tez yozishga tayyorlab 
boriladi. Bunday daftarda mashq qilish o‘quvchilarga harflarning eni va ular 
orasidagi masofani ko‘z bilan chamalashga hamda harflarning qiyaligiga rioya 
qilishga imkon beradi. 


102 
Boshlang’ich sinf o‘quvchilari uchun tavsiya etilgan bir chiziqli 
daftarning parallel chiziqlari orasidagi masofa 8 mm ga teng bo‘lib, undan kam 
oraliqdagi daftarga (bir chiziqli daftarlar turli-tuman bo‘lib, ular orasidagi 
masofalar ham har xildir) yozdirish mumkin emas. 2-sinfda bir chiziqli daftarga
kichik harflarning bo‘yi 3 mm, bosh harflarning bo‘yi 6 mm ga teng bo‘lishi 
lozim. Daftar hoshiyasi 30 mmga teng bo‘lishi kerak (2-rasm). 
____________________________________________________________
________ 
↕ 8 mm 30 mm 
(2-rasm) 
O‘quvchilar tomonidan noto‘g’ri yozilgan harf va uning unsurlari faqat 
hoshiyada yozib ko‘rsatiladi. 
O‘quvchilarda yozuv malakasini to‘g’ri shakllantirish uchun daftarni 
to‘g’ri tutishda alohida e’tibor berish lozim, chunki daftar butun o‘qish 
davomida o‘quvchining zarur yozuv qurollaridan biri hisoblanadi. 
O‘quvchilarning, xususan 1-sinf o‘quvchilarining daftar tutishlariga 
yaxshi ahamiyat bermaslik, uning zarur qoidalarini tushuntirmaslik yozuv 
sifatining pasayishiga olib keladi. 
 
O‘quvchilarning daftarlariga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri 
daftarning tashqi ko‘rinishini bir xilda bo‘lishiga erishishdir. daftarning 
muqovasiga husnixat qoidalariga moslab bir xilda yozish kerak. 
1-sinf o‘quvchilarining daftarlari ustiga o‘qituvchining o‘zi yozib berishi 
kerak. 2-sinfdan boshlab o‘quvchilarning o‘zlari daftarning muqovasiga 
o‘qituvchi tomonidan ko‘rsatilgan namunaga qarab mustaqil yoza olishlari 
mumkin. 
Har bir o‘quvchida yozuv uchun ikkita daftar bo‘lishi lozim. Biriga 
sinfda yozadi va o‘qituvchiga tekshirish uchun topshiradi, ikkinchisini esa 
o‘qituvchidan qaytarib oladi. Nazorat ishlari uchun esa alohida daftar tuttiriladi.


103 
O‘qituvchilarning daftarlari o‘qituvchi tomonidan muntazam ravishda 
tekshirib boriladi. Daftarni toza tutgan va chiroyli yozgan o‘quvchilarni 
rag’batlantirib borish kerak. O‘quvchilarni rag’batlantirishda faqat “4” va “5” 
baholar bilan chegaralanmay, ularning daftarlari ustiga alohida ajrab turishi 
uchun 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin