Parta distansiyasi degan tushuncha mavjud. Distansiya deb parta ustining
pastki qirrasi bilan suyanchiq orasidagi masofaga aytiladi. Bu masofa, ya’ni
ko‘krak qafasi bilan uning qirrasi orasidagi masofa 4 sm bo‘lishi lozim. Ayni
damda ko‘pgina maktablarning boshlang’ich sinflarida usti bir tekis, o‘tirg’ichi
alohida, balandligi va tuzilishi (temir va taxta partalar, ish stollari) har xil
bo‘lgan, oyoqni qo‘yish joyi bo‘lmagan partalardan foydalanilmoqda. Bunday
gigiyenik va pedagogik talablarning qo‘pol ravishda buzilishi ta’lim sifatiga
isloh qilib bo‘lmas salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tasavvur qiling, birinchi sinf
o‘quvchisi o‘tirg’ichi past, parta o‘rnida ishlatilayotgan idora ish stolida o‘tirib
yozayapti. O‘tirg’ich pastligi bois u qulochlarini ko‘tarib partaga qulay
o‘rnashib olishga harakat qiladi, lekin tezda har ikkala qo‘li og’riy boshlaydi.
Natijada uning diqqati susayib, bezovtalana boshlaydi. Yozish jarayonida
xatolarga yo‘l qo‘ya boshlaydi va bundan tabiiyki, o‘zi ham asabiylashadi.
Shunday holatlar bo‘lmasligi uchun partaning distansiyasi to‘g’ri saqlanishi
lozim.
Talabga muvofiq partaning distansiyasi uch xil bo‘lishi mumkin
: musbat, nol, manfiy . Musbat distansiyada parta ustining cheti bilan o‘tirg’ich orasidagi
masofa teng bo‘ladi. Parta ustining chetidan tushirilgan chiziq o‘tirg’ichning
ustiga emas, balki polga tushadi (2-rasm).
98
2- rasm
Yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan partalarda o‘tirish o‘quvchular uchun
noqulay bo‘ladi. O‘quvchi bunday partalarda o‘tirsa pastga egilib o‘tirishga
majbur bo‘ladi.
Nol masofadagi distansiyada parta ustining cheti bilan o‘tirg’ichning
orasida hech qanday masofa bo‘lmaydi. Parta ustining chetidan tushirilgan
chiziq o‘tirg’ich ustining chetiga mos bo‘ladi (3-rasm). Bunday partalar ham
o‘quvchilar uchun qulay bo‘lmaydi.
3-rasm
Uchinchi, ya’ni manfiy distansiyada parta ustining cheti o‘tirg’ichning
ichiga 4sm masofada kirib turadi. Parta ustining chetidan tushirilgan chiziq
o‘tirg’ichning ustiga tushadi (4-rasm).
99
4-rasm
Distansiyasi manfiy bo‘lgan partalar boshlang’ich sinf o‘quvchilari uchun
juda qulay bo‘lib, gigiyenik talablarga to‘liq javob beradi.