N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi


“yulduzcha”, “bayroqcha”, “besburchak”, “to‘rtburchak”



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

“yulduzcha”, “bayroqcha”, “besburchak”, “to‘rtburchak” 
va
 
“uchburchak”
lar qo‘yib berish mumkin. Qaysi o‘quvchining daftarida 
yulduzcha, bayroqcha va beshburchak bo‘lsa, o‘sha o‘quvchi yaxshi yozgan 
hisoblanadi. Rag’batlantirishning bu turidan 1-2-sinflarda keng foydalanish 
mumkin. 
Ta’kidlaganimizdek, boshlang’ich sinflarda harflarning qiyaligini bir xilda, 
ya’ni 65ºda saqlash katta ahamiyatga ega. O‘quvchilarga harflarning qiyaligini 
to‘g’ri saqlashga o‘rgatishdan oldin daftarni parta ustiga qanday qo‘yishni 
tushuntirish lozim. Daftarning parta ustida noto‘g’ri turishi gigiyena 
qoidalarining buzilishiga ham sabab bo‘ladi, chunki yozuvning qiyaligi ham 
daftarning holatiga qarab belgilanadi. Agar daftar ko‘rsatilgan qiyalikda tursa
yozuv ham 65º qiyalikda yoziladi. Agar daftarning holati o‘zgarsa, yozuvning 
ham qiyaligi o‘zgaradi. Shuning uchun har bir darsda o‘qituvchi o‘quvchilar 
daftarini kuzatib borishi kerak. Daftarning pastki chap burchagi ko‘krak 
o‘rtasida to‘g’ri bo‘lishi yoki daftarning qiya chizig’i parta qopqog’ining chetiga 
tik bo‘lishi kerak (3 - rasm) 
(3-rasm) 
Daftar beti yozuv bilan to‘lib borgan sari daftar yuqoriga surib boriladi. 
Chap qo‘l bilan esa daftarning yuqori tomoni bosib turiladi. Yozuv darslarida 
daftarning parta ustida to‘g’ri turishini tashkil etish birinchi galdagi vazifadir. 
Bu muhim vazifani amalga oshirish o‘qituvchidan ko‘p mehnat talab etadi. 


104 
Buning uchun sinf partasining ustiga ikki o‘quvchining har biri uchun ingichka 
qiya nazorat chiziq chiziladi. Bu chiziqning ostki uchi o‘quvchilarning chap 
ko‘kraklari o‘rtasida to‘g’ri bo‘lib, parta qopqog’iga nisbatan 65º qiya bo‘ladi. 
Natijada hamma o‘quvchilarning oldida (partada) nazorat chiziqlar bo‘ladi. 
O‘qituvchi o‘quvchilarni daftarning chetini yoki o‘rtasini shu nazorat chiziqqa 
tekis qilib qo‘yishlariga erisha olsa bas. Satrlar to‘lib borgan sari daftarni shu 
chiziq bo‘ylab yuqoriga ko‘tarib borish lozim (4-rasm). 
(4-rasm) 
Agar daftarning chap beti to‘lsa, daftarning buklanadigan yeri nazorat
chiziqqa to‘g’rilab olinadi va o‘ng betiga yozishga o‘tiladi (5-rasm). 
(5-rasm) 


105 
Bu usuldan bir chiziqli daftarga yozishda keng foydalanish mumkin.
Bunday nazorat chiziqlar daftarni buklashdan saqlaydi. Chunki ba’zi o‘quvchilar 
o‘ziga qulaylik tug’dirish maqsadida daftarni buklab yozadilar. Daftarning 
hoshiyasiga ham e’tibor berish lozim, chunki daftarning chetida qoldirilgan joy 
yozuvning tekis chiqishiga, so‘zlarni bog’inlarga ajratishga, ayrim noto‘g’ri 
yozilgan harf va uning elementlarini to‘g’ri yozib ko‘rsatishga imkon beradi. 
Boshlang’ich sinf o‘quvchilari daftarni saqlashda bir oz qiyinchiliklarga 
uchraydilar. Shuning uchun ularga daftar o‘lchamidan katta bo‘lgan va qalin 
materialdan ishlangan maktab sumkasidan foydalanishni tavsiya etish lozim. 
O‘quvchilarni daftarga yozdirishga boshlashdan oldin ularga sana, sarlavha 
va yozuvlarni qayerdan boshlab yozishni tushuntirish lozim. 
Daftardagi sarlavha va yozuvlarning to‘g’ri joylanishi yozuvning sifatini 
oshiradi. Noto‘g’ri qo‘yilgan sarlavha xatning sifatiga salbiy ta’sir etadi
___________________________

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin