N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

Tekstli jadvallar.
Bu jadval bir yoki bir necha alohida harflar, so‘zlar,
gaplardan tuziladi. Boshlang’ich sinfda tayyorlanadigan tekstli jadvalga misol 
qilib grammatika va orfografiyadan ishlangan jadvallarni ko‘rsatish mumkin. 
2. 
Raqamli jadvallar.
Bu jadval raqamlardan yoki raqamli 
materiallardan tuziladi. Raqamli jadvallarga misol qilib ko‘paytirish, og’zaki 
hisoblash, sonlar qatori jadvallarini ko‘rsatish mumkin. 
3. 
Grafik jadvallar.
Grafik jadval qator shartli belgilar: chizmalarning
sxemalari, diagramma va rasmlardan iborat bo‘ladi. Boshlang’ich sinflarda 
bunday jadvallarga misol qilib maydonlarning o‘lchamlari, jismlarning
hajmlarini o‘lchash va ayrim rasmlarni ko‘rsatish mumkin. 


113 
4. 
Illyustratsiyali jadvallar
. Bunday jadvallar alohida rasmlar, portetlar 
va fotorasmlardan iborat bo‘ladi. 
Bunga misol qilib anatomik rasmlar, o‘lchov birligi jadvallari va 
boshqalarni olish mumkin. 
5. 
Aralash jadvallar.
O‘quv jadvallarini asosiy yo‘llanmalariga qarab,
quyidagi to‘rt guruhga bo‘lish mumkin: 
a) bilish; b) tushuntirish; v) mashq 
qilish; g) ma’lumot berish. 
Bilish jadvali
. Bunday jadvallar o‘qituvchi yangi materialni 
tushuntirayotgan vaqtda qo‘llaniladi. 
Tushuntirish jadvali
. Bunday jadvallardan o‘quvchilar tomonidan 
bajarilayotgan ba’zi bir amaliy mashg’ulot yoki ularda amaliy mashg’ulot
xarakteridagi malakalarni hosil qilishda foydalaniladi. Bu jadval qisqa
tushuntirishlar, ko‘rsatmalar bilan berilgan rasm va chizmalardan iborat
bo‘ladi. Bunday jadvallarga 
«Partada to‘g’ri o‘tir», «Chiroyli va toza yoz», 
«Ruchkani to‘g’ri ushla»
kabi chizmalar misol bo‘la oladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin