N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi


partada o‘tirgan bolalar orqada o‘tirgan bolalarning ko‘rishiga xalaqit



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B


partada o‘tirgan bolalar orqada o‘tirgan bolalarning ko‘rishiga xalaqit
bermasin. 
O‘quvchilarning yozishlari uchun qiyinlik tug’dirayotgan ayrim harf va 
uning unsurlarini bir necha marta katta qilib ko‘rsatish mumkin.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ko‘rgazmalilik ichida eng muhimi sinf 
taxtasidir. 
3.4.Xattaxtaga qo‘yiladigan talablar 
S
inf taxtasidan to‘g’ri foydalanish metodikasi. 
Sinf taxtasi yozuvning
aniq va chiroyli bo‘lishiga asosiy rol o‘ynaydi. Shuning uchun har bir maktab
yuqori sifatli sinf taxtalari (doskalar) bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
Sinf taxtasida o‘quvchilar 
uchun yozilgan har bir yozuv aniq 
va 
chiroyli 
bo‘lishi 
lozim.
O‘quvchilar sinf taxtasiga yozishni 
yaxshi ko‘radilar, shuning uchun 
ular vaqt-vaqti bilan doskaga 
chiqarib turiladi. Ular sinf taxtasiga 
yozayotganda harf va uning unsurlarini to‘g’ri yozishga harakat qiladilar, 
chunki sinfdagi o‘rtoqlari ularning yozuvini kuzatib turadilar. Lekin ayrim 
maktab o‘quvchilari sinf taxtasining to‘g’ri kelgan yeridan yoza beradilar, 


116 
yozuvlari ham bir tekis chiqmaydi. Bunday kamchiliklarning bo‘lmasligi uchun 
har bir o‘qituvchi yomon yozadigan o‘quvchilarning qo‘llaridan ushlab daftarga 
o‘xshab sinf taxtasida ham yozish qoidalarini o‘rgatib borishi lozim.
Sinf taxtasiga yozilgan har bir harf o‘quvchilarga aniq ko‘rinib turishi
lozim. 
Sinf taxtasining yuzi tekis bo‘lib, juda silliq ham bo‘lmasligi lozim, aks 
holda, bo‘r sirg’anib ketaveradi. Sinf taxtasini ikki turga bo‘lish mumkin: biri-
doim devorga osig’lik turadigan, ikkinchisi vertikal o‘q atrofida aylanadigan sinf 
taxtasi. Bunday sinf taxtasining qulay tomoni shundaki, uni tushayotgan 
yoruqqa qarab burish mumkin bo‘ladi. Bulardan tashqari, maktabda bir necha 
ko‘chma sinf taxtasi ham bo‘lishi kerak (2- rasm). 
2- rasm 
Vertikal o‘q atrofida aylanadigan doskaning uzunligi 1,65 m, balandligi 
esa 1,13 m ga tengdir. Bunday sinf taxtasidan ikki smenali maktablarda 
foydalanish mumkin. Kataklarga ajratilgan sinf taxtasi yuqori sinf
o‘quvchilari uchun qulay emas, shuning uchun sinf taxtasining orqasidan (tekis 
tomonidan) foydalaniladi. Boshlang’ich sinflarda vertikal o‘q atrofida
aylanadigan sinf taxtasidan foydaniladi (uning bir tomoniga daftarning
kataklari chizilgan, ikkinchi tomoni esa rasm darslari uchun mo‘ljallangan
bo‘ladi).


117 
Devorga o‘rnatilgan sinf taxtasining qulay tomoni shundaki, u kam
joy oladi. 
Sinf taxtasi linoliumdan yoki taxtadan yasalishi mumkin. Linoliumdan
yasalgan sinf taxtasi sifatli hisoblanadi, chunki taxtadan yasalgan sinf 
taxtalari har yili bo‘yab turiladi. Natijada bo‘yoqlar qatlami hosil bo‘lib, 
sinf taxtasiga yozish vaqtida bo‘r sirg’anib ketaveradi. 
Sinf taxtasi qoida bo‘yicha eniga 1200 mm, uzunligi 3000 mm bo‘lishi 
lozim (3- rasm). 
3- rasm 
Sinf taxtasi chetiga raqamlar tortilgan, pastki qismida esa bo‘r va latta
qo‘yadigan joy bo‘lishi lozim. 
Sinf taxtasidagi yozuv o‘quvchilarga yaxshi ko‘rinib turishi uchun
unda har xil egri-bugri yo‘llar, tirnalgan chiziqlar bo‘lmasligi va u har bir
sinf o‘quvchilarining yoshiga moslab osib qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Boshlang’ich sinf o‘quvchilari uchun poldan 85 sm, 5- 10- sinf o‘quvchilari 
uchun esa 95 sm yuqoriga o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. O‘quvchilarga 
yozuvlarni yanada yaqqolroq ko‘rsatish uchun sinf taxtasini balandroq 
qo‘yish ham mumkin. Ammo bunda sinf taxtasining uzunligi bilan teng
bo‘lgan taxta qo‘yilishi lozim (4- rasm). 


118 
4- rasm 
Sinf taxtasining ostiga bo‘r maydalarining to‘kilmasligi uchun pastki
ramkaning ustiga eni 5-6 sm li taxtacha o‘rnatilishi, chap tomoniga esa bo‘r 
turishi uchun quticha mahkamlanishi maqsadga muvofiqdir. 
Sinf taxtasi devorning o‘rtasiga o‘rnatilgan bo‘lib, yorug’ chap 
tomondan tushib turishi kerak. 
Boshlang’ich sinf o‘quvchilari o‘qiydigan darsxonalardagi sinf taxtalari
yozuv darslari uchun moslashtirilib, kataklarga ajratilgan bo‘lishi, 
yozayotganda qimirlamasligi lozim. Agar sinf doskasi qora rangda bo‘lsa, 
havo rang bo‘yoq bilan, agar doska jigar rang linoliumdan qilingan bo‘lsa, 
qora bo‘yoq bilan kataklar chiziladi. Sinf taxtasiga kataklar chizish vaqtida, 
albatta moyli bo‘yoqdan foydalanish kerak. 
Sinf taxtasidagi chiziqlar o‘quvchilarning daftarlaridagi chiziqlardan o‘n
marta kata bo‘lishi kerak. Sinf taxtasi kaiaklarga ajratilmagan bo‘lsa, 
o‘qituvchi husnixat mashqlarining boshlanishidan oldin doskani chizib
tayyorlab qo‘yishi kerak. Buning uchun o‘qituvchi chizg’ich va
uchburchakdan foydalanib, kataklarni quyidagi tartibda chizishi mumkin (5- 
rasm). 


119 
5- rasm 
Doskadagi chiziqlar yo‘g’on-ingchka bo‘lmay bir tekisda bo‘lishi zarur.
Devorga o‘rnatilgan doskadan samarali foydalanish maqsadida uni uch
qismga bo‘lib, bir qismiga o‘sha sinfning o‘ziga mos chiziqli daftarning
kataklari chiziladi, o‘rtada esa rasm darsi uchun joy qoldiriladi, o‘rtadagi bo‘sh 
joyning yoniga matematika darsi uchun kataklar chiziladi (6- rasm). 
6- rasm 
Sinf taxtasidan bunday samarali foydalanish dars sifatini oshiradi.
Husnixat mashg’ulotlarini to‘g’ri uyushtirishdan sinf taxtasi bilan bir qatorda 
bo‘r ham kata rol o‘ynaydi. Har xil shakldagi qattiq yoki ho‘l bo‘rlardan 
foydalanish dars sifatini pasaytiradi, harf va uning unsurlarini noaniq 
ifodalashga olib keladi: tegishli yo‘g’onlikdagi yoki ingichkalikdagi
chiziqlarni chizishni qiyinlashtiradi. 
Bo‘r yumshoq bo‘lishi, ammo nam bo‘lmasligi kerak. Bo‘r 15x15 mm li 
kvadrat shaklida bo‘lib, uzunligi 50 mm dan oshmasligi yoki 30 mm dan 


120 
kam bo‘lmasligi lozim. Bunday bo‘rni ushlash qulay bo‘lib, yozishga osonlik 
tug’diradi. Qo‘lni toza tutish maqsadida bo‘rning yarmigacha qog’oz o‘raladi. 
Bo‘r uch barmoq - bosh, o‘rta va ko‘rsatkich barmoq bilan ushlanadi. 
Yozish vaqtida ko‘rsatkich barmoq bilan bosib turiladi va tegishli chiziq 
chiziladi (7- rasm). 
7- rasm 
Sinf taxtasida harf va uning unsurlarini ko‘rsatishdan oldin bo‘rning
uchini qalamtarosh bilan tekislab yozishga moslab olish zarur. 
Husnixat mashg’ulotlarida dumaloq bo‘rlardan foydalanishga ruxsat
etilmaydi, chunki u tegishli chiziqlarni bermaydi va har xil qalinlikda 
yozadi. 
Bo‘rni to‘g’ri ushlash qoidalarini o‘quvchilarga ko‘rsatish va unga amal
qilishga o‘rgatib borish lozim. Ayrim o‘quvchilar bo‘rni besh barmoq
bilan ushlab, bor kuchlari bilan bosib yozadilar. Bunday o‘quvchilarning 
qo‘lidan ushlab, mashq qildirish zarur. 
Ba’zi vaqtlarda sinf taxtasi yaltirib ko‘rinib o‘quvchilarga undagi
yozuvlar ko‘rinmay qoladi. Buning uchun sinf taxtasining pastki ikki
burchagiga uzunligi 20-25 sm bo‘lgan ikkita yog’och oyoqchalar qoqiladi.
Bu yog’och oyoqchalar mahkam qilib qoqilmasdan, o‘rtasiga bir dona mix
urilib, u aylanib turishi lozim. Chunki u kerak bo‘lmagan vaqtda sinf 
taxtasining yon tomoniga burib qo‘yiladi (8- rasm).


121 
8- rasm 
Sinf taxtasi yaltirab ko‘ringan vaqtda esa shu oyoqchalar devorga tirab 
qo‘yiladi (9- rasm). 
9- rasm 
Natijada sinf taxtasidagi yaltirash yo‘qolib, hamma o‘quvchilarga yozuv
aniq ko‘rinadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin