139
o‘rgatish davrida bolalarda grafik malakalarni shakllantirish bilan birga imloga
oid malakalarning shakllanishiga zamin yaratiladi.
Malumki, savod o‘rgatish davrida o‘quvchi gapni bosh harf bilan yozish,
so‘zning satrga sig’may qolgan qismini keyingi qatorga ko‘chirish, kishilar ismi,
sharifi, hayvonlarga qo‘yilgan nomlarda bosh harf ishlatilishini amaliy tarzda
o‘rganadi.
Chiroyli yozuv darslarida so‘zlar, gaplar,
matnlar yozish, ularning
imlosini tekshirishi orfografik ziyraklikni asta-sekin shakllantira boradi, imlo
qoidalarini puxta egallashlariga zamin yaratadi.
Insonning yozma nutqi harflar orqali shakllanadi.
Husnixat darslarida
savodli yozuv grafik malakalar bilan shakllantirilishi asosiy vazifa hisoblanadi.
Har bir harfning aniq yozilishi yozuvning aniq va ravon bolishini ta’minlaydi.
Buhing uchun harflarning shaklini to‘g’ri yozish, ularni to‘g’ri ulashning
ahamiyati kattadir. Harflami bosmasdan bir tekisda yozish,
elementlarni
ajratmasdan boglash, so‘zlarni qatorda to‘gri joylashtirish, yozuv vaqtining
belgilab
olinishi, tahlil ishlarining (bo‘gln-tovush, tovush-harf, imloviy tahlil),
ya’ni fonetik-grafik tahlilning amalga oshirilishi muhim sanaladi.
Yillar davomida o‘quvchilarni chiroyli va bexato yozishga o‘rgatish
uchun qoyidagi metodlardan foydalanib kelinmoqda:
Namunaga qarab ko‘chirish va yozish.
Bu juda qadimiy usul bo‘lib,
eski maktablarda juda keng foydalanilgan. XX asrning boshlarida ham bu metod
rus maktablarida keng qo‘llanilgan. Bu metodda o‘qituvchi o‘quvchilarga harf
va uning unsurlarini och rangda yozib bergan, o‘quvchilar
esa uning ustidan
mexanik ravishda bo‘yaganlar. O‘quvchilarni bu usul bilan yozuvga o‘rgatish
o‘qituvchidan juda ko‘p vaqt talab etgan. Keyinchalik o‘qituvchining ishini
osonlashtirish maqsadida harf va uning unsurlari och rang bilan ko‘rsatilgan
alohida daftarlar ham chiqarilgan. O‘quvchilar bu daftarlardan foydalanib, harf
va uning unsurlarini yozishga o‘rganganlar. Bunday
metod bilan husnixatga
o‘rgatish o‘quvchilarni faqat ko‘chirishga odatlantirib, harflarning shaklini
mustaqil yozishga imkon bermagan. Shuning uchun bu metod keyinchalik kam
140
qo‘llanilgan. Faqat ayrim hollardagina yozuv malakasi bo‘sh bo‘lgan
o‘quvchilarga o‘qituvchi harf va uning unsurlarini qalam bilan yozib bergan.
O‘quvchilar esa uning uctidan siyoh
bilan yurgizib chiqqanlar, lekin bu
metoddan muntazam ravishda foydalanishga ruxsat etilmagan.
Keyinchalik bu metod takomillashib turli guruhlarga bo‘lindi.
Chiroyli yozuvga o‘rgatishning eng asosiy usullaridan biri
Dostları ilə paylaş: