138
O‘quvchining individual xususiyatini hisobga olganda. Ko‘rish qobiliyati
yaxshi bo‘lmagan o‘quvchilarni yorug’ tushadigan deraza tomonga, eshitish
a’zolarida nuqsonlar bo‘lgan bolani esa oldingi partalarga o‘tkazish ham nazarda
tutiladi.
Malumki, ruchkani barmoqlar orasida noto‘g’ri ushlaydigan o‘quvchilar
ham uchraydi, shu sababli bolaning ruchka ushlashiga ham alohida e’tibor
qaratiladi.
Daftarga harflarni 65° gradus qiyalikda yozish asosiy rol o‘ynaydi. Buning
uchun daftar - parta ustida to‘g’ri turishi lozim. Shuning uchun o‘qituvchi har
bir o‘quvchining daftarlarini kuzatib borishi darkor. Bu qoidaga amal qilish ham
yozuv sifatini oshiradi.
O‘quvchilarning yozuv tezliklarini kuzatish, kamchiliklarini hisobga olish,
yutuqlarini ko‘pchilikka namuna qilib ko‘rsatish ham bu tamoyilning asosiy
shartlaridan sanaladi.
6. Yozuvga o‘rgatishning o‘qishga o‘rgatish bilan bir paytda amalga
oshirish tamoyili
. Dastur talablari yozuvga o‘rgatishni o‘qishga o‘rgatish bilan
bir paytda amalga oshirishni nazarda tutadi. Savod o‘rgatishning dastlabki
bosqichida o‘qish va yozuv bog’lab olib boriladi. Bu usul K.D.Ushinskiy
tomondan qo‘llangan bolib, hozirga davr foydalanib kelinmoqda. O‘quvchi
yaxshi o‘qish sifatlari (togri, ongli, tez va ifodali o‘qish)ni egallash bilan bir
paytda yozuvga ham o‘rgatilib boriladi. Negaki yozish va o‘qish bolaning nutqiy
rivojlanishi (lug’at boyligi, gap tuzish ko‘nikmasi, nutqning mantiqiy
bog’lanishi)ni ta’minlaydi. Yomon o‘qigan bola yozuvni egallashi qiyin bo‘ladi,
chunki bo‘g’inlab o‘qish malakasidan so‘ng, bo‘g’inlab yozish malakasi
shakllanadi.
Dostları ilə paylaş: