O‘quvchilar:
Qo‘llaringiz stol ustida turibdi, tirsaklaringiz esa stol
chetidan
ozgina chiqib turibdi.
O‘qituvchi:
Qarang-ch, men tirsagimni gavgdamga engashtirib, ikki
tomonga surib qo‘ydimmi?
147
O‘quvchilar
: Tirsaklaringiz hech qayerga engashmagan va ikki tomonga
surilmagan.
O‘qituvchi
: Aytinglar-chi, boshimni qanday tutib turibman?
O‘quvchilar
: Boshingiz to‘g’ri turibdi.
O‘qituvchi :
oyoqlarim nimaga tiralib turibdi?
O‘quvchilar:
Ular to‘g’ri, polga tegib turibda.
O‘qituvchi :
Qarang-chi, men qanday holda o‘tiribman. Mening gavdam
va
yelkalarim qanday ko‘rinishda?
O‘quvchilar:
Gavdangiz to‘g’ri tutilgan holda.
O‘qituvchi:
Mening ko‘kragim va stolning cheti o‘rtasidagi ora liq masofa
qanday?
O‘quvchilar
: Sizning ko‘kragingiz va stolning orasidagi masofa unchalik
katta emas.
O‘qituvchi :
Hammangiz turing va yozayotganda lozim bo‘ladigan holda
o‘tiring.
-
yana bir bora turinglar. Qani, menga ayting-chi, yozayotganda qanday
o‘tirsa to‘g’ri hisoblanadi?
O‘quvchilarning yozuv jarayonida to‘g’ri o‘tirish tartibini o‘zlashtirib
olganlarini ko‘rib, o‘qituvchi daftarning to‘gri turish tartibini o‘rgatishga
kirishadi.
O‘quvchilarga daftarlar tarqatiladi va sinf taxtasida daftarni to‘g’ri
qo‘yganda egilish chizig’i to‘g’ri burchak bilan partaning oldingi chetiga
tushishini ko‘rgazmali holda ko‘rsatib o‘tadi.
Bundan keyin oqituvchi o‘quvchilarga ruchkani to‘g’ ri ushlash tartibini
ko‘rsatib beradi. Ruchkani uchta barmoq bilan : bosh, o‘rta va ko‘rsatkich
barmoqlar bilan ushlash lozim. Bu barmoqlar juda ham bukilgan va juda ham
ochilgan bo‘lmasligi kerak. Barmoqlarni qattiq siqmaslik kerak, bosh barmoq
ko‘rsatkich barmoqqa tegmasligi kerak. Qolgan ikki barmoqlarni shunday
joylashtirish kerakki, bunda ular yozish jarayonida qo‘l kaftining qator
yo‘nalishiga erkin holda yo‘naltirib boradi, bu esa tez va bog’lanishli yozuvda
148
muhim o‘rin tutadi. Nomsiz barmoqni o‘rta barmoqqa yoki kaftga tomon
engashtirish mumkin. Jimjiloq kaft uchun tayanch nuqtasi hisoblanadi, u yozish
jarayonida qog’oz yuzasiga tegib turish va unda yengil harakatlanishi kerak.
Qo‘l kafti shunday holatda joylashishi kerakki, yozayotgan odam kaftning ichki
tarafmi ko‘rmasligi lozim. Kaftning o‘ng tomoni qog’ozga tayanishi mumkin
emas, bunday holat o‘ng qo‘lning erkin harakatlanishiga xalaqit beradi.
O‘qituvchi o‘z yozuvini mukamallashtirish uchun olib boradigan
muntazam-ishlari.
O‘qituvchi o‘z yozuvini yanada chiroyli va mukammal bo‘lishi uchun
uzluksiz shug’ullanib borishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yishi shart.
Shunday fikrlar bor, agar muntazam yozib borilsa, yozuv yaxshilanib
boradi. Lekin buning aksi ham bo‘lishi mumkin: inson qannchalik ko‘p yozsa,
uning yozuvi shunchalik tushunarsiz bo‘lib boraverar ekan.
O‘qituvchi to‘g’ri husnixatda yozishni o‘rganib olishi lozim. O‘qituvchi
faqat nazariy jihatdangina emas, balki har bir harf uchun yo‘lga qo‘yilgan
amaliy proporsional bog’liqlikni ham bilishi darkor.
Shu bilan bir vaqtda lozim bo‘lgan mashqlar orqali qo‘lning kaftini va
barmoqlar harakatini yengillatish va rivojlantirish kerak bo‘ladi.
O‘qituvchi sinf taxtasida yozish usullarini o‘rgatishga alohida e’tibor
berishi lozim. Sinf taxtasida yozish jarayonida yo‘l qo‘yadigan xatolarga:
harflarni noto‘g’ri yozish bilan birgalikda uni uzoqdan qanda y ko‘rinishini
hisobga olmasdan yozish va yozuvning noto‘g’riligi shunda k o‘rinadiki, barcha
asosiy va birlashtiruvchi shtrixlar bir xil qolipda yoziladi, unda asosiy shtrixlar
qalinroq chiziqlar bilan yozilmasdan qolaveradi.
Faqatgina yaxshi yozuvga ega bo‘lgan holdagina o‘qituvchi bolalarga
yozuvning to‘g’ri yozilgan namunasini berishi va ulardan yaxshi natijalar olishi
mumkin. O‘quvchilar harflarning tuzilishini, uni chizishdagi ketma ketligini
yaxshi o‘zlashtirib olishlari uchun o‘qituvchi bularing hammasini sinf taxtasida
ko‘rgazmali tarzda ko‘rsatishi lozim.
149
Tajribalarning ko‘rsatishicha, o‘quvchi chiroyli va to‘g’ri yozuvda sinf
taxtasiga bo‘rda aniq va chiroyli yozadigan o‘qituv chining o‘quvchilari chiroyli
va to‘g’ri yozadilar.
Sinf taxtasida yozish malakalariga quyidagilar kiradi: 1-navbatda qo‘l
harakatini rivojlantirish, simmetriyani xis qilish va taxtaning qaysi qismida
yozilgan xarf, so‘z va fraza yozilganini tezda topishni, bir qarashda topa
bilishlikni o‘rgatish lozim.
Bundan so‘ng bo‘r bilan yozishni u bilan ishlash texnikasini o‘rganib
olish lozim. Bo‘r bilan yozishda ingichka va qalin shtrixlarni yozishni,
shuningdek ingichka chiziqdan bosib yozishga o‘tish va h.zo malakalarni
egallash lozim. Yozuvda sinf taxtasi va bo‘rning sifati katta ahamiyatga ega.
Bo‘r yumshoq bo‘lishi lozim. U 15x15 mm qalinlikda va 50 mm
uzunligida uncha katta bo‘lmagan shaklda tayyorlab qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Bunday shakldagi bo‘r parchasini barmoqlar bilan ushlash qulay va qo‘lni yengil
harakatlantirish bilan turli qalinlikdagi shtrixlarni aniq chizishga erishish
mumkin.
Bo‘r o‘rta va bosh barmoqlarning o‘rtasida yengil ushlanadi. Bosib
yozish faqatgina ko‘rsatkich barmoq orqali nazorat qilinadi. Ko‘rsatgich barmoq
bo‘rning ustida, uning chekka qismida turishi lozim, bo‘lmasa bosib yozish
jarayonida bo‘r sinib ketishi mumkin. Nomsiz va jimjiloq barmoqlar xiyla
kaftga tomon bukilgan bo‘lishi kerak.
O‘qituvchi sinf taxtasiga yozayotgan paytida shunday turishi kerakki,
go‘llarining harakatiniyopppib qo‘ymasligi lozim.
Sinf taxtasi tekis g’adir - budursiz va yoriqlarsiz bo‘lishi va bo‘yash
uchun maxsus tayyorlangan qora apsidal bo‘yoq bilan bo‘yalgan bo‘lishi lozim.
Oddiy moyli qora bo‘yoq yoziv taxtani bo‘yash uchun yaroqsizdir,
chunki yozuv taxtaning yaltiroq ustki qavati yorug’likni ko‘zga tushiradi, bo‘r
esa uning ustida sirpanadi va maydalanib ketadi.
150
Sinf taxtasini shunday holatda joylashtirish kerakki, oynadan
tushayotgan yorug’lik unda aks etmasligi va o‘quvchilar sinfnin g turli joyidan
unga yozilgan yozuvni bemalol o‘qiy olishlari mumkin bo‘lsin.
O‘zida ishonch hosil qilgan holda yozuv taxtasiga harflarni bosib yozish
uchun u mustahkam qilib joylashgan bo‘lishi kerak. Agar yozuv taxtasi devorga
osib qo‘yilgan bo‘lsa, nafaqat uning yuqori tomoni ilinib turishi kerak, balki
yozuv taxtaning ikki cheti ham.
Husnixat bilan yozish mashg’ulotlari uchun yozuv taxta rangli chiziqlar
bilan chizilgan bo‘lishi kerak, ular daftarning chiziqlariga mos kelishi kerak.
Agar yozuv taxtasi chizilmagan bo‘lsa, o‘qituvchi o‘zi unga chiziqlar tortishi
talab etiladi.
Harf va sonlarni yozish uchun gorizontal va yotiq chiziqlarning orasidagi
masofa o‘quvchilaming daftarlaridagi chiziqlarga nisbatan yirikroq olinishi
kerak.
Gorizontal chiziqlarni yozuv taxtasiga bo‘r bilan bo‘yalgan arqonchani
yozuv taxtasiga bosib chiqish orqali chizish mumkin.
Yozuv taxtasiga chiziqlarni tezda chizish uchun turli qalinlikdagi
chiziqlardan foydalanish mumkin. Bunda bir vaqtning o‘zida chizg’ichning
ikkala tomonidan chiziqlar tortib ketish mumkin.
Harflarning yotiqligini aniqlovchi yotiq chiziqlarni sinf to‘g’ri burchakli
uchburchagi yordamida tezda chizib chiqish mumkin. Bunday uchburchakni
o‘qituvchinig o‘zi foner yog’ochlar orqali yasab olishi mumkin.
Agarda sinf xonasi ikki smenada ikkita birinchi sinf yoki ikkita ikkinchi
sinf o‘quvchilari shug’ullanishsa, unda sinf taxtasini muntazam ravishda emal
bo‘yog’l bilannchizilgan chiziqli holda ishlatish lozim. Buning uchun eng
yaxshisi to‘q qizil rangdagi yoki jigarrangdagi bo‘yoqdan foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Har qanday chiziqni ozoda (oldiniga chiziqlarni qalam bilan chizib
olish, undan keyin bo‘yoq bilan) chizish mumkin.
Shuningdek, maktabda ustiga qora bo‘yoq bo‘yalgan foner bo‘lagidan
ham ko‘chma sinf yozuv taxtasini yasab olish mumkin. Bunday yozuv taxtalarga
151
gorizontal va yotiq chiziqlar yoki matematik mashg’ulotlar uchun gorizontal va
vertical chjiziqlar chizish uchun yozuv taxtasining qavatiga bigiz yoki mix
yordamida chizib chiqiladi. Chiziqlar orasiga tushgan bo‘r aniq oq chiziqning
hosil bo‘lishiga yordam beradi, bu esa o‘gituvchining “qo ’li” bilan bo‘r bilan
chizib chiqishda yengillik beradi va harflarni yozish jarayonini yengillashtiradi,
chunki yozuy taxtasining ustki qavatida bo‘yoqlardan qolgan g’adir - budurlar
bo‘lmaydi.
3.
O‘qituvchining darsga tayyorlanishi. O‘qituvchi har bir yozuv
darslariga va o‘quv fanlariga qanday tayyorlanishi, mashg’ulotda ishlab
chiqadigan materialni qanday tayyorlab olishi mumkin. Butun darsga yetadigan
sinf ishi uchun materialni tayyorlash o‘qituvchi uchun muhim ahamiyatga
egadir. Ba’zida ayniqsa, endi dars o‘ta boshlayotgan o‘qituvchida materialla r
yetarli bo‘lmaydi: bir xildagi mashqlar mashg’ulotning sust va zerikarli o‘tishida
mashg’ulot so‘ngida esa minimal natijalarga erishiladi.
Dars uchun material tanlab olinadi, so‘ng o‘qituvchi o‘z faoliyatini
o‘quvchilarning qobiliyatiga va kuchiga qarab rejalashtirib olishi kerak. Agarda
dars o‘tish jarayonida yozuv taxtasidan foydalanish kerak bo‘lsa, o‘gituvchi
oldindan kerakli materialni ishlab chiqishi lozim. Ko‘pchilikka ma’lumki,
hamma narsaga birdaniga erishib bo‘lmaydi: sinf yozuv taxtasida namunalarni
chiroyli qilib yozish - ko‘proq mashqlami bajarishga va katta mahorat talab
etadi. Noto‘g’ri yozilgan mashq esa o‘quvchining o‘qituvchiga bo‘lan
ishonchini yo‘qolishiga turtki bo‘ladi. Bo‘r bilan yozish texnikasining mur
akkabligidan tashqari ma’lum bo‘gan namunani yozuv taxtasiga joylashtirish
ham amaliyotni talab etadi, shuning uchun darsga tayyorgarlik ko‘rishda bu
yo‘nalishda ham mashq qilib borish lozim.
Bundan tashqari o‘qituvchi tanlab olayotgan materialining sifati ustida
ham bosh gotirishi kerak. Agarda darsga tayyorlangan material mazmunli
bo‘lsa, o‘quvchilar zo‘r qiziqish bilan ishlaydilar va mash g’ulotlar ular uchun
qiziqarli tarzda o‘tadi.
152
O‘qituvchining asosiy diqqati sinfdagi barcha o‘quv chilarni birgalikda,
ahil va hamkorlikda ishlashga va ularni jalb etishga qaratilishi lozim. Shu
maqsadda o‘qituvchi oldindan qaysi o‘quvchilarning bilimini dars jaroyonida
sinab ko‘rishi kerakligini belgilab oladi. Sinfdagilar hamkorlikda, ahil bo‘lib
bajaradigan ish qachonki o‘qituvchining ta’lim berish shakli va ish ga bo‘lgan
munosabati
yuqori
darajada
bo‘lsagina
ijobiy
natijalar
berishishi
mumkin.o‘quvchilar o‘gituvchining ularga nisbatan qilayitotgan kayfiyatiga
bevosita sherik bo‘ladilar. O‘qituvchining kayfiyati bo‘shashib, parishon,
ortiqcha hayojanlanish yoki haddan tashqari harakatchan bo‘lsa bu holat
o‘quvchilarga o‘tib ula rning ish faoliyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Qachonki
o‘qituvchi izchil , ani q o‘ylab olgan va jonli ravishda dars o‘tsa o‘quvchilarning
darsga munosabati ijobiy bo‘ladi va dars mazmuli bo‘ladi.
Shuningdek, o‘quvchilarga uyga beriladigan topshiriqlarni ham oldindan
rejalashtirib qo‘yish kerak. Beriladigan topshiriq o‘quvchilarni mustagil
ravishda mashg bajarishga va o‘tilgan dastur materialini mustahkamlab borishga
o‘rgatib borishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |