157
I k k i n ch i g u r u h m a sh q l a r
Darsning maqsadi
. Chiziqlarning qiya shaklda yozilishini ko‘rsatish
hamda chiziqlar orasidagi masofani to‘g’ri topishga o‘rgatish.
Birinchi vazifa
. Kichik harflar yoziladigan
chiziqlar orasiga qiya
tayoqchalar chizishni mashq qildirish.
O‘qituvchi bu mashqni doskada namuna tarzida ko‘rsatib, beradi.
O‘quvchilar esa qizil rangli qalam bilan qiya tayoqchalarni chizadilar.
O‘quvchilar bir qator yozib bo‘lganlaridan so‘ng ular tekshirib chiqiladi va
tahlil qilinadi. (Tayoqchalarning bo‘yi
va qiyaligi, ular orasidagi masofa bir
xilmi?) Yozilgan tayoqchalarning bir xilligini
tekshirish uchun ularning
o‘rtasiga ko‘k rangdagi qalam bilan nuqtalar qo‘ydiriladi.
Agar nuqtalar barobar masofada bo‘lsa, o‘quvchi vazifani to‘g’ri
bajargan, nuqtalar barobar masofada bo‘lmasa, o‘quvchi xatoga yo‘l qo‘ygan
bo‘ladi. Xatoga yo‘l qo‘ygan o‘quvchilarga shu mashqni qayta bajartirish
lozim.
Dostları ilə paylaş: