N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

Birinchi vazifa.
Osti ilmoqli kichik tayoqcha elementini har xil rangli
qalamda bajarish. Masalan, 3 ta tayoqcha qizil rangda, 3 ta tayoqcha ko‘k
rangda bajarilsa, o‘quvchilarning qiziqishlari ortadi. 
Ikkinchi vazifa.
O‘tkir burchak hosil qilib yozilgan element bilan 
osti ilmoqli kichik tayoqcha elementlarini qiyos qilib ko‘rsatish. (Osti
ilmoqli tayoqcha elementining to‘g’ri yozilishi ko‘rsatib o‘tiladi, chunki
bu element kichik harflarning yozilishida ko‘p uchraydi.) O‘quvchilarga
bu qoidalar tushuntirilgandan so‘ng bir qator oralatib, bitta kichik to‘g’ri
tayoqcha va bitta osti ilmoqli kichik tayoqcha elementi yozdiriladi. 
 
O l t i n ch i g u r u h m a sh q l a r. 
Darsning maqsadi.
Cho‘zinchoq doira shaklini yozishga o‘rgatish.
Birinchi vazifa.
Cho‘zinchoq doira shakli bilan tanishtirish hamda
uni aylana bilan qiyos qilib ko‘rsatish . 
O‘qituvchi doskada aylana va uning yoniga cho‘zinchoq doira
shaklini yozib, ularni solishtirib ko‘rsatadi; 
Ularning bir-biridan farqini tushuntiradi: aylana - bu koptok yoki
tarvuzga, cho‘zinchoq doira esa olxo‘ri yoki qovun shakliga o‘xshaydi. 
So‘ng o‘qituvchi cho‘zinchoq doirani tik va qiya holatda yozib
ko‘rsatadi. O‘quvchilar uni solishtirib ko‘radilar: biri tik holatda , ikkinchi
esa bir tomonga qiya qilib yozilgan. 


160 
O‘qituvchi cho‘zinchoq doira shaklidagi bu elementni bir tomonga
qiya qilib yozish shart ekanligini ta’kidlaydi. O‘quvchilar uning 
yozilishini bir necha marta havoda bajaradilar, so‘ngra yozishga ruxsat 
etiladi. O‘qituvchi cho‘zinchoq doiraning balandligini ham tayoqcha bilan
barobar yozilishini eslatadi. O‘quvchilar bir qatorga bitta kichik tayoqcha
va bitta cho‘zinchoq doira shaklini almashtirib yozadilar.
Cho‘zinchoq doira shaklining orasiga qo‘yilgan bu kichik tayoqchalar
uning qiyaligini saqlab yozishga yordam beradi. 
E t t i n ch i g u r u h m a sh q l a r 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin