161
topilmaydi. Bunday usul bilan vazifani tekshirish ularda uchraydigan xatoning
oldini olishning birdan-bir to‘g’ri yo‘lidir.
S a k k i z i n ch i g u r u h m a sh q l a r
Darsning maqsadi.
«Uzunchoq» va «kaltaroq»
tushunchasini
anglatish.
Birinchi vazifa
. Ikki xil uzunlikdagi yotiq va tik tayoqcha
elementlarini yozib ko‘rsatish.
Bu vazifa ham rangli qalam bilan bajariladi. O‘quvchilar bu
tayoqchalarning qaysi biri uzun, qaysi biri
qisqa ekanini solishtirib
ko‘radilar.
T o‘ q q i z i n ch i g u r u h m a sh q l a r
Darsning maqsadi
. Harf elementlarini bir qatorga to‘g’ri
joylashtirishga o‘rgatish.
Birinchi vazifa
. O‘quvchilarga bir qator cho‘zinchoq doira shaklini
yozib mashq qildirish.
Ikkinchi vazifa
. O‘quvchilarga zangori qalam bilan cho‘zinchoq
doira
ichiga bir xil masofada kichik tayoqcha chizib chiqish topshiriladi. Har bir
tayoqcha bargning o‘rta qismi, ya’ni uning tomirlari vazifasini bajaradi.
Bargning ham kichik tayoqcha, bu esa bargning bandi hisoblanadi
Tayyorgarlik mashqlarini bunday tashkil etish o‘quvchilarni avtoruchka
bilan yozishga tayyorlashda katta rol o‘ynaydi.
Ammo tayyorgarlik davrida
o‘quvchilar yozuvga taalluqli bo‘lgan hamma malakalarni to‘liq hosil qildilar
deb bo‘lmaydi. Shuning uchun ayrim tayyorgarlik mashqlarini harflarini
o‘rgatish
davrida ham olib borish mumkin, masalan, kichik
u
harfini
162
yozdirishga o‘rgatishda uning ikkinchi osti tugunchakli elementining
bog’lanishida qiynalishlari mumkin.
Yuqorida ko‘rsatilgan tayyorgarlik mashqlari qat’iy bo‘lmay o‘qituvchi
o‘quvchilarning kuchiga qarab
bir oz soddalashtirishi yoki, aksincha,
murakkabroq qilib olishi mumkin.
Ayrim mashqlarda harf elementlari nuqtalar bilan qo‘shib berilgan:
bunday ishlar o‘quvchilarning chamalash qobiliyatlarini o‘stirishga yordam
beradi.
Sinfda husnixat mashqlari o‘qituvchi
tomonidan doskada yozib ham
ko‘rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: