N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

Tasavvur orqali yozish usuli. 
Yuqoridagi usullar bilan bir qatorda
bolalarga tasavvur orqali havoda harflar shaklini yozdirish ham qo‘llaniladi. 
O‘qituvchi doskaga yozib ko‘rsatgan harf yoki uning bog‘lanishlarini 
o‘quvchilarga ruchkani havoda harakatlantirib ko‘rsatadi va bu orqali 
o‘quvchida harf haqida tasavvur hosil qilinadi. So‘ng o‘quvchi daftarga 
yozishga kirishadi. Bunday mashq usuli o‘quvchining qiziqishini oshiradi 
hamda jismoniy mashqlarni bajarishga ham imkon beradi. 
Bu usulning salbiy jihati ham bor. Chunki, o‘qituvchi bu usuldan 
foydalanganda, 
barcha 
o‘quvchilarning qo‘l harakatini to‘g‘ri yoki 
noto‘g‘riligini bir paytda tekshira olmaydi. Bunda bir necha o‘quvchining qo‘l 
harakatini kuzatib, tegishli ko‘rsatma berish mumkin. 
Nusxa ko‘chirish, tasavvur orqali zish husnixatga o‘rgatishda yordamchi 
usul sanaladi. 
Harf va uning elementlarini tahlil qilish usuli. 
Harf va uning 
elementlarini tahlil qilish turlicha amalga oshiriladi. Harflarni elementlarga 
ajratib tahlil qilish, har bir harfning necha elementdan tuzilganligini, qanday 
shaklga ega ekanligini, bu elementlar boshqa harflar bilan bog‘lanishida qanday 
ko‘rinishga ega bo‘lishini o‘quvchilar tasavvur etadilar. Ammo soddalashtirilgan 
harflar alfaviti ko‘p harflarni elementlarga ajratmay, bir butun yozishni talab 
qiladi. Masalan 

harfi elementlarga ajratilmay, bir butun shaklda yoziladi. 


144 
Ayrim harflar bir necha elementdan tashkil topgan bo‘lib, ular bir butun 
shaklda yoziladi, ammo o‘qituvchi uning necha elementdan iboratligini faqat 
eslatib o‘tadi. Masalan, kichik d harfining birinchi elementi to‘liq oval, ikkinchi 
elementi pasti halqali tayoqchadan iborat. 
Bu o‘rinda harfning necha elementdan iborat ekanligi esalatib o‘tiladi, 
yozishda esa bu harfni qo‘l harakatini uzmasdan yozish talab cheklanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin