N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

ikki chiziqli daftar 
– kichik harflar yoziladigan gorizontal chiziqlar 
orasidagi masofa 5 mm ga, bosh harflar yoziladigan gorizontal chiziqlar 
orasidagi masofa esa 11 mm ga, qiya chiziqlar orasidagi masofa esa 3,3 mm ga 
teng bo‘lib, 1-sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan edi. 1970-yildan boshlab 
bunday daftar maktablarda qo‘llanmaydigan bo‘ldi. 
b)
ikki chiziqli daftar 
– qiya chiziqlari orasidagi masofa 25 mm ga, 
kichik harflar yoziladigan gorizontal parallel chiziqlar orasidagi masofa 5 mm 
ga, bosh harflar yoziladigan parallel chiziqlar orasidagi masofa esa 10 mm ga 
teng bo‘lib, 1970-yildan boshlab 1-sinf o‘quvchilari uchun tavsiya etila 
boshlandi. 
c)
bir chiziqli daftar 
– parallel chiziqlari orasidagi masofa 8 mm ga teng 
bo‘lib, 1970-yildan boshlab 2-sinf o‘quvchilari uchun tavsiya etildi. 
Genetik metod.
Mazkur metod harflarni o‘xshash unsurlarini hisobga 
olib guruhlarga bo‘lib o‘rgatishga tayanadi. Bu metodning asosiy xususiyati 
shundaki, bosh va kichik harflar guruhlarga bo‘lib yozdiriladi. Genetik 
metoddan asosan boshlang’ich sinflarning 2- 4- sinflarida foydalanish tavsiya 
etiladi. 
Genetik metodga asosan harflar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 
Kichik harflar guruhi: 
 
1-guruh: i, m, n, r, u. 
2-guruh: a, e, f, g, o, g’, o‘. 
3-guruh: b, d, h, j, y.
 
 
 
4-guruh: k, l, q, p, t. 
5-guruh: s, v, x, z. 
Bosh harflar guruhi: 


142 
1-guruh: I, J, L, U. 
2-guruh: A, M, N. 
3-guruh: E, O, Q, X, O‘. 
4-guruh: G, H, K, Y, G’. 
5-guruh: B, D, F, P, R, T. 
6-guruh; S, V, Z. 
Genetik usulda o‘qituvchi, kichik va bosh harflarni guruhlarga ajratish 
bilan birga, ularning qanday unsurlardan tuzilganligini va ularning nomlarini 
yaxshi bilishi hamda yoza olishi lozim. Yuqorida ko‘rsatilgan kichik va bosh 
harflar guruhlarini bir-biridan ajrata olgan va ularning shaklini to‘g’ri 
o‘zlashtirgan o‘quvchilargina harflarni chiroyli yoza olishlari mumkin.
Mazkur usulni qo‘llashda, o‘qituvchi, harf va uning elementlarini sanoq 
bilan yozdirish usulidan (bu usul haqida pastda ma’lumot beramiz) foydalangani 
ma’qul. Bu usulni ko‘proq 2-sinfda qo‘llash mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin