elektron slayd
lardan foydalangan holda ham samarali
va qiziqarli tashkil etish hamda o‘tkazish mumkin. Elektron slaydlar kompyuter
orqali tayyorlanadi. Dars mashg’ulotini ham elektron slayd tarzida tayyorlash
mumkin. Bunda turli xildagi animatsiyalardan foydalanish mumkin. (1- ilovaga
qarang).
Har bir harfni o‘rgatish uchun maxsus elektron slaydlar tayyorlash
mumkin. Bu ham qiziqarli ham samarali bo‘ladi. O‘quvchi darsni o‘qituvchi
so‘zidan emas, balki kompyuterda chiroyli animatsiyalar bilan jihozlangan
o‘yinlar orqali o‘zlashtirib boradi. Umuman olganda husnixat darslarini
elektron slaydlar orqali o‘rgatib, yuqori samaradorlikka erishish mumkin.
Pastda elektron doskalardan namunalar berilgan:
128
Husnixat darslarida kompyuter o‘yinlaridan foydalanish.
O‘quvchi
e’tiborini faollashtirish, tasavvurni to‘g’ri tuzishda qiziqtira olish o‘qituvchiga
tasviriy san’at bo‘yicha EHMning maxsus dasturlarini qo‘llashga yordam
beradi.
Darsda ishni savodli tashkil etish o‘quvchini darsga qiziqtira bilish uchun
sharoitlar yaratish o‘qituvchiga badiiy qobiliyatlarni rivojlantirish uchun
qo‘shimcha imkoniyatlarni qo‘llashga yordam beradi. Darslarning bunday
tashkil etishi qisqa muddat ichida bolalarga maktabgacha bo‘lgan yoshlarida
ma’lum bo‘lgan tasviriy usullarni eslash va mustahkamlashga yordam beradi.
Oliy ta’lim tizimida amalga oshiriladigan eng dolzarb muammolardan biri
yetuk, komil inson yetishtirib chiqarishdir. Bu maqsadni amalga oshirishda ona
tili o‘qitish usuliyoti fanining ham o‘z o‘rni mavjud. Tilshunoslikdan olingan
nazariy bilimlarni yosh avlodga yetkazish usullarini o‘rgatuvchi fan ona tili
o‘qitish usuliyotidir. Shuning uchun ham ushbu fandan samaradorlikni oshirish
maqsadida hozirgi zamon axborot texnologiyalaridan foydalanish maqsadga
muvofiq deb o‘ylaymiz. Ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirishi, zamon
talablariga
javob
beradigan
sifatli
o‘quv-uslubiy, ilmiy adabiyotlar,
darsliklarning elektron versiyalarini ishlab chiqishdan iborat. Elektron darsliklar
kompyuter texnologiyasiga asoslangan ko‘p axborotli ko‘rinishda: matnli,
ovozli, video va multimediyali bo‘lishi talabalar uchun ona tili o‘qitish usuliyoti
darslarini yanada chuqurroq o‘zlashtirish imkoniyatini yaratadi. Tovush tizimi
129
va uning hosil bo‘lishida tovush apparatlarining ishtirok etish jarayonini
talabalar multimediyali elektron darslik va axborot texnologiyalari yordamida
hosil bo‘layotgan tovushning boshqa tovushlardan o‘xshash va farqli tomonlari
xususida chuqur ma’lumotga ega bo‘ladi. Shuningdek, tovush apparatlarining
savod o‘rgatish jarayonidagi ahamiyati rivojlanganlik darajasini ko‘rsatishda
ham qator afzalliklarga ega. Ushbu fan yuzasidan biz har bir bo‘limni o‘z ichiga
qamrab oluvchi elektron darsliklar yaratishni maqsad qilib qo‘yganmiz. Bu
borada qator ishlarni amalga oshirga harakat qilayapmiz. Grammatik
tushunchalarni o‘zlashtirishdagi samarador usullar haqida yetarli darajada to‘liq
va aniq tasavvur etishda elektron darsliklarning o‘rni ulkan ahamiyat kasb etadi.
Grammatik tushunchalarni o‘zlashtirishni qo‘yidagi tartibda amalga oshirish
mumkin:
1. Tovush, harf, so‘z. 2. So‘z turkumlari. 3.Uslubiyat va tinish belgilari.
Bu uchala tipdagi tushunchalar butun tilshunoslik bo‘limlarini o‘ziga
birlashtirib olgan. Har birining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib, uni
multimediyali tasvirlardan foydalanib muhokama etilganda talabalarda ko‘proq
tushunchalar hosil bo‘ladi.
Elektron
darsliklarning an’anaviy, bosma shaklda tayyorlangan
adabiyotlardan afzalligi shundaki, ulardan kompyuterlar orqali masofali o‘qitish
va o‘qish jarayonlarida keng foydalanish mumkin. O‘z navbatida talabalar
mustaqil ravishda ulardan foydalanib darslarga avvaldan tayyorgarlik ko‘rishlari
va hatto bir bo‘lim uchun tayyorlangan test majmualari asosida o‘z bilim
darajasini aniqlash imkoniga ega bo‘ladi.
Buning uchun, avvalo, o‘qituvchining o‘zi kompyuter, elektron darslik va
internet haqida tushunchaga ega bo‘lishi va ulardan foydalanishni bilishi lozim.
SHunda o‘qituvchi darsni zamon talablari asosida o‘qita oladi, avlodni yangicha
o‘qitish tizimi sari yetaklaydi. O‘zbekiston respublikasining 2001 yil 23
maydagi “2001–2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini
rivojlantirish “Internet”ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini
130
ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora tadbirlari to‘g’risida” gi
230- sonli qarori fikrimiz dalilidir.
Uzliksiz ta’limning ilk bosqichlaridan boshlab o‘quvchilarga kompyuter,
elektron darslik va internetdan foydalanish malakasini shakllantirish o‘quvchini
uzluksiz ta’limning keyingi bosqichlarida bulardan mukammal foydalanishni
o‘rgansa ularning bilim va malakasini oshirishiga zamin yaratadi.
Dunyoni o‘z qamroviga olgan, hayotning hamma sohasiga kirib kelayotgan
kompyuter texnologiyasi xoh u telekamunikatsiya bo‘lsin, xoh u tibbiyot sohasi
bo‘lsin, xoh u ishlab chiqarish korxonalari bo‘lsin kompyuter texnologiyasidan
foydalanib, ishning samaradorligini oshiryaptilar. Shunday ekan, boshlang’ich
sinfda o‘qiyotgan bola ertaga kim bo‘lishi, qaerda ishlashi (telekamunikatsiya,
tibbiyot, ishlab chiqarish va hokazolar)dan qat’iy nazar kompyuterlar bilan
ishlashni bilish zarurati paydo bo‘layapti. Agar u kompyuterni boshqarolmasa
qancha nazariy bilimi bo‘lishidan qat’iy nazar u bilimini amalga tadbiq etolmay
ishdan bo‘shaydi, yo kompyuter boshqarishni o‘rganib, ishini davom ettiradi.
Hadisi sharifda shunday: “Yoshlikda olingan ilm, toshga uyilgan naqshdir”
deyiladi. Darhaqiqat, shunday ekan, boshlang’ich sinflarda kompyuter
yordamida dars tashkil etilsa, o‘quvchilar yoshligidan kompyuter haqida
ma’lumotga ega bo‘lib dars samaradorligi ham oshadi. Buning uchun
o‘qituvchilardan izlanuvchanlik bilan bir qatorda kompyuter haqida ma’lumotga
ham
ega
bo‘lishi
va
undan
foydalana
olishlari
lozim.
Darslarni
kompyuterlashgan tizim asosida tashkil etish bugungi yoshlarimizning ertangi
hayotidagi ayrim kamchiliklarning oldini olib (ishga borgach kompyuter bilan
ishlashi), ularning o‘zlari tanlagan sohaning ravnaqiga hissalarini qo‘shishga
zamin yaratadi. Bu ishni, avvalo, maktabgacha bo‘lgan ta’lim muassasalarida
ham joriy etish lozim.
Bola orziqib kutilgan kun kelib u maktabga qatnay boshlaydi. Unga
maktabda va sinfda bo‘layotgan har bir harakat qiziqarli tuyuladi. Shuning
uchun u bu harakatlardan o‘yin elementlarini axtaradi. Bu besabab emas,
131
albatta. U hali o‘yinqaroq bola, o‘quvchi bo‘lib to‘liq shakllanishiga ancha vakt
bor.
Boshlang’ich sinflarda o‘quvchilarning o‘yin faoliyatini o‘qish faoliyatiga
o‘tkazish birdan bo‘ladigan didaktik jarayon emas. Bu ikki faoliyatni alohida-
alohida olib borib ham bo‘lmaydi, chunki bolaning o‘yin faoliyatida o‘quv
elementlari, o‘quv faoliyatida esa o‘yin elementlari mavjud. SHuning uchun
bolani zeriktirmasdan darsni zamonaviy pedagogik texnologiya, kompyuter
texnologiyalaridan samarali foydalanish uchun amaliyot davridan boshlab
talaba-bo‘lg’usi o‘qituvchi unimli foydalanishni o‘rganishi lozim. SHu
maqsadga bizlar boshlangich sinfning savod o‘rgatish davridan boshlab
kopmyuter texnologiyalari asosida elektron darslik, prizentatsiya, animatsiya va
didaktik o‘uyinlar asosida darslarni o‘tishni taklif etmoqchimiz.
Boshlang’ich sinf savod o‘rgatish davridan boshlab o‘quvchilarni yangicha
ruhda, zamon bilan hamnafaslikda, sodda, qiziqarli darslarni joriy etish lozim.
Buning uchun kompyuterlar yordamida darslarni juda katta natijalar bilan
tugatish mumkin. Savod o‘rgatish davriga nazar tashlasak bolalar asosan o‘yin
faoliyati bilan tanish, o‘rtoq baladilar. Ularni zeriktirish katta xato bo‘lib, bu
hatto bolaning ruhiy faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatishi ehtimoldan xoli emas.
Kompyuter texnologiyasining o‘zi bola uchun qiziqarli narsa. Unda
bajaradigan amallar, o‘yinlar undan ham qiziqarli bo‘ladi. Demak bola zerikmay
kompyuterlashgan ta’limga qiziqishi tabiiy. Kompyuterdan dars jarayonida
qanday foydalanish mumkin?, u orqali qanday elektron darslik, animatsiya,
prizentatsiya va didaktik o‘yinlarni tashkil etish mumkin? yoki lozimligi
borasida fikr yuritmoqchimiz.
Bizlarga ma’lumki, savod o‘rgatishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bu
bolalarning beg’ubor, toza xotirasiga (biz uni ko‘pincha oq qog’ozga
o‘xshatamiz) ilmlar kaliti bo‘lgan harflarni muhrlashdir. Endi shu jarayonda
batafsilroq to‘xtasak. O‘qituvchi dars jarayonida har bir harfni o‘qitish uchun
sinf taxtasiga usha harfni yozadi va talaffuz qiladi. Bu bilan o‘sha harfni bola
xotirasida poydevor etib joylashtiradi. Endi bir tasavvur qiling: O‘zbekistonning
132
minglab sinflarida minglab o‘qituvchi bolalarga savod o‘rgatish bilan band.
Xo‘sh ularning husnixati (chiroyli yozuvi kolligrafiyasi) va talaffuzi
(ovozlarning talaffuz qilishi qobiliyati) bir xil yoki davlat standarti talablariga
to‘la javob beradi, deb kim ayta oladi. Yoki o‘qituvchi biron bir sabab bois
harfni to‘g’ri yozib yoki talaffuz qila olmaydi. Bu nazarga ilmaydigan, oddiydan
tuyulgan kamchiliklar tilning ravnaqi, ravonligiga, albatta, salbiy ta’sir qiladi.
Kompyuter esa bu kamchiliklardan xolidir.
Agar shu jarayonda elektron darslik yaratilsa, har bir harfning boshlang’ich
yozish elementlaridan boshlab yozishni qayerdan boshlab qayerga tugatishni,
ovozlar talaffuzini bola katta ekranda standart holda ko‘rsa va eshitsa bu til va
millat uchun katta muvaffaqiyat bo‘ladi. Chunki endi butun respublikamiz
maktablarida savod o‘rgatish davrida bolalar bir xil standart harflarni yozish va
talaffuz qilishni o‘rganadilar. O‘qituvchi esa ortiqcha harakat va vaqt
sarflashdan ozod bo‘lib bolalarni faol nazorat qilib har bir o‘quvchi bilan
yakkama-yakka ishlay oladi.
Hozirgi kunda respublikamizda ta’limni kompyuterlashtirishga qancha
e’tibor berilsa, ta’limning samarasi muvaffaqiyatli bo‘ladi. Boshlang’ich
sinflarda kompyuter texnologiyasi asosida tashkil etish mumkin bo‘lgan dars
namunalari pastda keltirilgan.
Kompyuter yordamida “Yashiringan harfni top” o‘yini
O‘yinning borishi: ma’lum bir so‘z berilgan bo‘lib ulardan ayrim harflari
yashirib qo‘yilgan. masalan, “kitob” so‘zi olsak “k tob” yozilib “i” harfi
yashirib qo‘yilgan bo‘lib, o‘quvchilardan yashiringan harfni topib so‘zni o‘qish
talab qilinadi. Bu o‘yinni kompyuter yordamida tashkil etish ko‘pgina afzallik
va qulayliklar yaratadi. O‘quvchilarning o‘z ustiga mustaqil ishlashni o‘rganishi,
mustaqil fikrlashlari va ishining natijasi ya’ni xotosini tahlil etib kompyuter
baholashi yangi avlodning zamonaviy tafakkurini boyitishga katta zamin bo‘lib
xizmat qiladi.
“O‘z-o‘rningni top” o‘yini
133
O‘yinning borishi: O‘qituvchi bolalarga xohlagan bir so‘zni yo gapni
aytadi, masalan, “Vatan” so‘zi aytilib kompyuterlarga kiritiladi. O‘quvchilar har
bir harfni ekranga chiqarish uchun bir amalni bajarishlari lozim bo‘ladi.
Masalan, “V” harfini chiqarish uchun qanday amal bajarishdan qatiy nazar
natijasi 21 chiqishi lozim. Chunki “V” harfi alfavitda 21- o‘rinda joylashgan.
Shunday qilib, o‘quvchi “Vatan” so‘zini ekranga chiqarish uchun beshta amal
bajaradilar. Qaysi o‘quvchi tez va to‘g’ri bajarsa, kompyuterda ma’lum bir kuy
bilan o‘quvchi taqdirlanadi va o‘qituvchi qaysi o‘quvchi topshiriqni birinchi
bo‘lib bajarganini aniqlaydi. O‘yin davomida yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni
kompyuter tahlil etadi.
Bu o‘yin husnixat va matematika darslarining o‘zaro uyg’unligi,
bog’liqligini ham yaqqol namoyon etadi. Bola bu o‘yinni aynan kompyuterda
bajarsa, yaxshi natija beradi. O‘yin jarayonida nafaqat matematik ifodalarni
tuzib yechish, balki lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosiga
joylashgan harflarning nomi va o‘rni xotirasiga muhrlanadi. Ular alfavitda
qaysi harf qaerda, nechanchi o‘rinda joylashganini ham xotiralarida saqlab
qoladilar. Bu bilan birga ko‘paytirish, bo‘lish, sonlarning yig’indi va ayirmasini
topish jadvalini o‘zlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: |