N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

Mashq qildirish jadvali.
Boshlang’ich sinflarda bolalarga kundalik
hayot uchun zarur bo‘lgan bilim va malakalar berib boriladi. Shunday zarur
malakalardan biri ularni toza, chiroyli va to‘g’ri yozishga o‘rgatishdir. 
Bolalarda toza va chiroyli yozish malakasini hosil qilish uchun bir qancha
amaliy mashqlarni o‘tkazish lozim. «Yozuv qoidalariga rioya qiling» degan
rasm o‘quvchilarning amaliy mashg’ulotlarni bajarishda hamda mashq qilish 
vaqtlarida yordam beradi. 
Ma’lumot beruvchi jadval.
Bunday jadval o‘quvchilarga o‘tgan
materialni qaytarishda hamda ba’zi bir esda tez saqlanib qolmaydigan 
so‘zlarni, arifmetik raqamlarni yoki ayrim qiyin harflarning unsurlarini 
eslashlarida kata yordam beradi. Masalan: kata J harfining unsurlari yoki 
harfning o‘zi o‘quvchilarning esidan chiqib qolgan bo‘lsa, shu harfning
yozilishi tasvirlangan jadvaldan foydalanish mumkin
Bu jadvaldan foydalanilganda o‘quvchilar J harfining to‘g’ri yozish
qoidalarini eslariga tushirib oladilar va o‘z bilimlarini mustahkamlaydilar. 


114 
Ko‘rgazma qurollar maktab gigiyenasi qoidalariga to‘la javob bera
olishi lozim, shuning uchun yozilish sifatiga alohida ahamiyat berish zarur. 
Ko‘rgazma qurollarning tashqi ko‘rinishining ham katta ahamiyati bor.
Ko‘rgazma qurollar ortiqcha bezaklarsiz bo‘lishi lozim. Agar jadval yoki 
tablitsalarning chetlari har xil gullar va bezaklar bilan ishlangan bo‘lsa,
o‘quvchilar asosiy diqqatni o‘qituvchi tushuntirayotgan darsga emas, balki 
bezaklarga beradilar. Har bir ko‘rgazma qurol orqada o‘tirgan
o‘quvchilarga ham aniq ko‘rinib turishi va o‘qishga oson bo‘lishi lozim. 
Maktab o‘quvchilari uchun atalgan o‘quv ko‘rgazmalari sifatli materiallardan
ishlangan bo‘lishi kerak. Qog’oz oq rangda va toza bo‘lib yaltiramasligi, 
bo‘yoqlar ham ochiq rangda bo‘lib, bir xil fon bilan berilishi lozim. 
Ko‘rgazma qurollar o‘qitish jarayonida bir usul sifatida xizmat qilishi
zarur. Shuning uchun ko‘rgazma qurollardan faqat zarur bo‘lgan
vaqtdagina foydalanish kerak. Ko‘rgazma qurollarni tayyorlashda uning 
kompozitsion joylanishiga ham kata ahamiyat berish lozim. 
O‘qishning birinchi kunidan boshlab harflar va ularning ayrim
unsurlarini mumkin qadar tegishli ko‘rgazmalar bilan o‘rgatish lozim. 
Ko‘rgazma qurollarni mayda harflar bilan xira qilib yozish mavzuni 
tushunishga va o‘zlashtirishga salbiy ta’sir qiladi: o‘quvchilar harf va 
belgilarning yozilishini yaxshi ko‘ra olmaydilar, natijada noto‘g’ri
ifodalaydilar. 
Ko‘rgazma qurollardagi harflar aniq yozilgan bo‘lishi kerak. Ko‘rgazma 
qurollarni bemalol ko‘ra oladigan darajada yirik qilib yozish lozim. Bu
masofa taxminan 6-7 metr bo‘lib, ko‘z bilan kitob o‘rtasidagi masofadan 19-20 
marta uzundir. Shuning uchun jadvallarni tayyorlash vaqtida uning harflarini 
shuncha hissa yirik yozish kerak. 
Har bir ko‘rgazma qurolni ehtiyotkorlik bilan saqlash zarur, ehtiyot 
qilinmagan taqdirda ular tez ishdan chiqib, yozuvlari xiralashib qoladi. 
O‘quvchilarga ko‘rgazma qurollarni istalgan balandlikda ko‘rsatish uchun
qo‘llanmalar osiladigan moslamadan foydalanish mumkin (1- rasm). 


115 
1- rasm 
Tablitsa va rasmlar shunday balandlikda osilishi kerakki, oldingi
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin