125
chiqadi. Yozilgan infqormatsiya fayl shaklida saqlanadi hamda printerdan
chiqarilishi mumkin. Elektron doskalarning eng
yaxshi tomoni shundaki unda
animatsiyalar imkoniyati juda yuqori. Rasm chizish, qo‘shish, ma’ruza
matnlarini tayyorlash va boshqa shunga o‘xshash ishlarni rangli va animatsiyalar
yordamida tez va sifatli bajarish imkoniyati mavjud.
Rossiyaning umumta’lim maktablarida 1996 yildan beri bu doskalardan
foydalanadilar. Mazkur doskalardan boshlang’ich sinflarda keng foydalanish
yaxshi samara beradi. Elektron interfaol doskalar o‘zining
katta imkoniyatlari
bilan kishini lol qoldiradi. O‘quvchi unda oddiy bo‘r bilan emas rangli
“qalamchalar” bilan yozishi va chizishi mumkin. Bu ishda hech qanday chegara
yo‘q. O‘quvchilar katta qiziqish bilan bu doskadan foydalanadilar. O‘zlarining
layoqatlarini bu doska orqali namoyon etishlari mumkin.
Ustozlarimiz uchun ham bu doska katta
imkoniyatlar eshigini ochib beradi. Masalan
boshlang’ich sinflarda husnixat
darslarini
ushbu doska orqali qiziqarli va samarali tashkil
etish mumkin.
Birinchi sinfda yozuv mashqlarini tashkil
etish birmuncha murakkab. Bu uchun birinchi navbatda tayyorgarlik mashqlarini
yaxshi tashkil etish zarur. Oddiy doskada tayyorgarlik
mashqlarini bajarish
uchun o‘quvchilarni qora va rangli bo‘rlar bilan ta’minlash lozim. Agar elektron
interfaol doskadan foydalanilsa bo‘r va lattaga umuman
hojat qolmaydi. Elektron doskalarda xohlagan narsani
xohlagan rangda yozish mumkin. Bu ham ortiqcha
mehnat va pulni tejaydi, tozalik gigienasini ta’minlaydi
hamda o‘quvchilar qiziqishini yuqori darajada ko‘tarib,
samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
Tayyorgarlik davrida o‘tkaziladigan mashqlar ma’lum darajada
guruhlarga bo‘lib,
avval sodda, keyin murakkabroq mashqlarni bajarish lozim.
Masalan, birinchi guruh mashqlarida o‘quvchilar chiziq ustida muayyan
126
masofalarda nuqta qo‘yib chiqish mashqini bajarishlari kerak. Bu hol
o‘quvchilarga zerikarli tuyuladi. SHu bois o‘qituvchi rangli bo‘rlardan
foydalanib, ular qiziqishini oshirar edi. Elektron doskalarda esa bu ish oddiy tus
oladi. O‘quvchi nuqtalarni xohlagan rangida yozishi mumkin. Masalan, birinchi
nuqtani ko‘k rangda, ikkinchisini qizil rangda, uchinchisini yashil rangda va
hokazo. Tayyorgarlik mashqlari sirasiga turli
xildagi geometrik figuralar,
bayroqchalar, daraxtlar maketi, turli shakl va hajmdagi tayyoqchalarni chizish
ham kiradi. Bu ishlarni elektron doskalar yordamida tez va sifatli tarzda
o‘quvchilarga o‘rgatish mumkin. Masalan doskaning bir burchagida chizilgan
kichik ilmoqchani sinf oxirida o‘tirgan o‘quvchi yaxshi ko‘rolmasligi mumkin.
Elektron doska orqali har bir yozilgan va chizilgan
narsa xohlagan kattalikda
ko‘rsatilishi mumkin. Bu imkoniyat husnixat darslari samaradorligini oshirishga
katta yordam beradi. Mazkur doskalarni osonlik bilan bir necha qismga bo‘lib,
birdaniga bir necha o‘quvchiga topshiriqni bajartirish mumkin. Bajarilgan
topshiriqlar kompyuter xotirasiga kiritilib boriladi. U xohlagan vaqtda orqaga
qaytarilib qayta – qayta ko‘rilishi mumkin. Oddiy doskada esa yozilgan narsa
o‘chirilsa tamom. Uni qayta ko‘rish imkoniyati yuqoladi. Elektron doskada esa
uni xohlagan vaqtda qaytadan ko‘rish va tahrir etish imkoniyati mavjud.
Alifbe davrida bolalarni yozishga o‘rgatish juda muhimdir. Bu davrda
o‘quvchilarga harf va uning unsurlari amaldagi “Alifbe” kitobida ko‘rsatilgan
tartibda o‘rgatiladi.
Alifbe davrida bajariladigan asosiy grafik ishlar quyidagilardan iborat:
1.
Kichik va bosh harflarni alifbe tartibida yozish.
2.
Harflarni bo‘g’in va so‘zlarda qo‘shib yozish.
3.
Qo‘l harakatini uzmay yozishga o‘rgatish.
4.
Harflarning qiyaligini va enini to‘g’ri saqlashga o‘rgatish.
Mazkur ishlarni oddiy doska yordamida o‘quvchilarga o‘rgatish
o‘qituvchidan katta zahmatni talab etadi. U bu uchun katta hajmda ko‘rgazma
qurollar tayyorlashi lozim. Agar ushbu ishlar
elektron interfaol doskalar
yordamida o‘quvchilarga tushuntirilsa ham samarasi katta bo‘ladi ham
127
o‘qituvchining mehnati ancha yengil bo‘ladi. Ijodkor o‘qituvchi elektron
doskalardan juda yaxshi foydalanishi mumkin.
Mazkur doska yordamida “Alifbe” darsligining xohlagan varaqi va yo
sahifasini o‘quvchilarga kattalashtirilgan holda ko‘rsatish mumkin. Unda har bir
o‘tilishi lozim bo‘lgan harfni unsurlarga bo‘lib o‘tish imkoniyati nihoyatda
kattadir.
Ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi sinflarda ham o‘quvchilarni chiroyli
yozishga o‘rgatishga elektron interfaol doskalardan foydalanish mumkin.
Husnixat darslarini
Dostları ilə paylaş: