umid bog'lagan. O'zini shaxs sifatida to'liq anglash, odob-
axloq me'yorlariga
rioya qilish, o'z haq-huquqlarini bilish va
xatti-harakatlarini to'g'ri baholay olish, o'zini
va kattalar,
tengdoshlarini hurmat qilish, o'z qadr-qimmatini bilish, o'z
madaniy an'analari va milliy qadriyatlariga nisbatan g'urur,
hurmat, qiziqish tuyg'ularini tarbiyalash
vazifalari aynan
maktabgacha yoshdan boshlanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berish
jarayonida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab
berilgan qonun ustuvorligini ta'minlash, shaxs, jamiyat va
davlat
manfaatlarining ustuvorligini, huquqiy demokratik
davlat barpo etishda yoshlarni qonunga bo'ysunish va hurmat
ruhida tarbiyalash,
ularning huquqiy bilimi, madaniyati va
ongi shakllantirib boriladi.
Ma'lumki, yer yuzidagi barcha rivojlangan davlatlar
yoshlarni jamiyat va mamlakat hayotida
faol ishtirok etishini
istaydi. Bolalar ulg'ayib borish jarayonida jamiyat hayotida
faol ishtirok etish uchun barcha imkoniyatlarning hammasiga
ega bo'lib borishlari, hamda
hayotning muhim yechimlari
mas'uliyatini his qilgan holda ularni o'z zimmalariga olishga
tayyor bo'lishlari lozim.
"Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya"ni o'rganish -
aynan mana shu masalani hal etishdagi eng muhim va to'g'ri
qadam hisoblanadi.
"Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya"
- bu butun
jahon bolalariga xos bo'lgan bolalar huquqi haqidagi Birlashgan
Millatlar Tashkilotining bitimidir.
Konvensiya
- bolalar rivojlanishinmg
turli davrlarida
bolalar farovonligining mavjud mezonlarini aniqlaydi.
Konvensiya quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
Dostları ilə paylaş: