maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari tomonidan
tumanlar (shaharlar) hokimliklariga kiritiladigan hujjatlarning
sifatli va o'z vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy,
moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o'tkazilishini tashkil etadi;
maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatiga rahbarlik
qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari bilan o'zaro
hamkorlik qiladi;
nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini qo'Ilab-
quwatlaydi va bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil
shakllarini rivojlantiradi;
tuman (shahar) darajasidagi byudjetdan moliyalashtiri-
ladigan maktabgacha ta'lim muassasalari xarajatlarini moliya-
lashtirishni, ularda buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini
tashkil etadi;
maktabgacha ta'lim muassasalarida sog'lom ovqatlanishni
tashkil etadi;
maktabgacha
ta'lim
muassasalarida
davlat talablari
bajarilishi monitoringini olib boradi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasalarini moddiy-texnik
ta'minlashni tashkil etadi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining binolari va
inshootlaridan foydalanish ishlari monitoringini olib boradi va
muvofiqlashtiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni
tashkil etadi;
maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari vakolatiga
tegishli bo'lgan tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-
xo'jalik masalalari va boshqa masalalar bo'yicha qaror qabul
qiladi.
Dostları ilə paylaş: