O'ZBEKISTONDA MAKTABGACH TA'LIMI
BO'LIMLARI TOMONIDAN MAKTABGACHA TA'LIMGA
RAHBARLIK QILISHNING NAZARIY ASOSLARI
O'zbekistonda maktabgacha ta'limi bo'limlari
asosan
1917-1918-yillarda
tashkil
etila
boshlandi.
1917-yil
20-noyabrda Maorif Xalq komissarligi "Maktabgacha ta'lim"
yuzasidan dekloratsiyani e'lon qildi. Bu dekloratsiyada
"bolalarni ijtimoiy-tekin tarbiyalash bolaning birinchi tug'ilgan
kunidan boshlanadi” deyilgan edi. Maktabgacha ta'lim
butun
Xalq Maorifi tizimining birinchi bo'g'ini va tarkibiy qismi
bo'lib qoldi. 1919-yilda qabul qilingan dasturda davlat tizimida
maktabgacha ta'limning tutgan o'rni aniq belgilab berildi.
Qabul qilingan dasturning 12-bo‘limida Xalq
Maorifi sohasida
quyidagi vazifalar qabul qilingan edi. Birinchidan,
ijtimoiy
tarbiyani yaxshilash va xotin-qizlarni ozod qilish maqsadida
maktabgacha ta'lim muassasalari tarmoqlarini:
yaslilar,
muassasalar va shunga o'xshashlarni vujudga keltirish haqida
yozilgan edi17.
Bu yillarda Xalq Maorifi Komissarligi oldida davlat
maktabgacha ta'lim muassasalari
tarmoqlarini vujudga
keltirish, metodik ko'rsatmalar ishlab chiqish,
kadrlar
tayyorlash va boshqa mas'uliyatli vazifalarni o'z oldiga maqsad
qilib qo'ydi.
1918-yil 20-oktyabrda Turkiston Maorif Xalq Komissarligi
qoshida respublikadagi maktabgacha ta'lim
sohasida barcha
tadbirlarni amalga oshirish uchun ma'muriy organ sifatida
"Maktabgacha ta'lim bo'limi" tashkil qilindi.
Shu yillarda viloyat Xalq Maorifi bo'limlarining ko'pchiligi
qoshida maktabgacha kichik bo'limlar tashkil etilgan edi.
Bu tadbir Butun Respublikada maktabgacha ta'limning
jonlanishiga yordam berdi. Maktabgacha ta'lim bo'limlarining
ishi uch asosiy yo'nalishida olib borildi:
Dostları ilə paylaş: