N. M. Kayumova


Maktabgacha ta'lim Vazirlik markaziy apparatining



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə249/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Maktabgacha ta'lim Vazirlik markaziy apparatining
vazifalari va funksiyalari
Quyidagilar Vazirlik markaziy apparatining asosiy vazifalari 
hisoblanadi:
- hududiy bo'linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan 
birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning 
samarali bajarilishini ta'minlash;
- davlat ta’lim talablari takomillashtirilishini va rivojlangan 
xorijiy davlatlar tajribasini o'rganish asosida ta'lim sifati 
monitoringi olib borilishini tashkil etish;
- o'quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish va nashr etish 
bo'yicha faoliyatni muvofiqlashtirish;
- bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashni, ijtimoiy qo'llab- 
quwatlash va reabilitatsiya qilishni tashkil etish;
- maktabgacha ta’lim muassasalariga axborot-kommunikat- 
siya texnologiyalarini joriy etish;
602


- Vazirlik tizimida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil 
etish va amalga oshirish;
- hududiy bo'linmalarda va idoraviy mansub tashkilotlarda 
kadrlar bilan ta'minlashni muvofiqlashtirish;
~ idoraviy mansub tashkilotlarni rivojlantirishga ko'makla- 
shish, ularni rivojiantirish konsepsiyalari va istiqbollarini 
belgilash.
Vazirlikning markaziy apparati unga yuklangan asosiy 
vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
- Vazirlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va 
axborot-tahlil jihatidan ta'minlaydi;
- hududiy bo'linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar 
tomonidan O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
farmonlari, 
qarorlari 
va 
farmoyishlari, Hukumat qarorlari bajarilishi ustidan muntazam 
nazoratni ta'minlaydi;
- O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'limvazirligi vaziri 
(keyingi o'rinlarda Vazir deb ataladi) va uning o'rinbosarlarining 
buyruqlari va farmoyishlari amalga oshirilishini o'z vakolatlari 
doirasida tashkil etadi;
- Vazirlik tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasiga va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga 
kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o'z vaqtida ishlab chiqilishini 
va ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan 
o'tkazilishini tashkil etadi;
-hududiy bo'linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar 
faoliyati monitoringi olib borilishini tashkil etadi;
- maktabgacha ta'limni rivojiantirish maqsadida ilmiy- 
tadqiqot ishlari olib borilishiga ko'maklashadi;
-Vazirlikning faoliyati, shu jumladan, qonun ijodkorligi 
sohasidagi faoliyati huquqiy ta'minlanishini tashkil etadi;
- boshqaruv qarorlari qabul qilish maqsadida maktabgacha 
ta'lim tendensiyalari to'g'risida Vazirlik rahbariyati uchun 
axborotni to'playdi, umumlashtiradi va tahlil qiladi;
603


- maktabgacha _ ta'lim masalalari bo'yicha tadbirkorlik 
subyektlariga axborot, metodik, tashkiliy va maslahat yordami 
beradi;
- Vazirlik vakolatiga tegishli operativ, tashkiliy, kadrlar, 
moliya, ishlab chiqarish-xo'jalik masalalari va boshqa masalalar 
bilan shug'ullanadi;
- Vazirlikning hududiy bo'linmalari va idoraviy mansub 
tashkilotlari faoliyatini nazorat qiladi va tahlil etadi;
- Vazirlikning hududiy bo'linmalari va idoraviy mansub 
tashkilotlari bilan birgalikda o'ziga yuklangan vazifalar samarali 
bajarilishini ta'minlaydi;
- davlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini 
muvofiqlashtiradi;
- nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari bilan o'zaro 
hamkorlik qiladi;
- o'quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish bo'yicha 
faoliyatni muvofiqlashtradi va metodik ishlarni tashkil etadi;
- maktabgacha ta'lim va tarbiya sifati monitoringini olib 
boradi;
- maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni maktabga 
tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantiradi;
- maxsus maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini 
muvofiqlashtiradi;
- maktabgacha ta'lim muassasalarida sog'lom ovqatlanish 
tashkil etilishini muvofiqlashtiradi;
O'zbekiston 
Respublikasi 
respublika 
byudjetidan 
moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlarda moliya, 
buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi;
- Vazirlik tizimi davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida 
va hududiy bo'linmalarida ichki audit va moliyaviy nazoratni 
tashkil etadi va amalga oshiradi;
- maktabgacha ta’lim muassasalarini moddiy-texnik 
ta'minlashni tashkil etadi;
- maktabgacha ta'lim muassasalarining binolari va insho- 
otlaridan joriy foydalanish bo'yicha ishlar monitoringini olib 
boradi va muvofiqlashtiradi;
604


- jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan 
ishlashni tashkil etadi;
- xorijiy investitsiyalar jalb etilishini va xalqaro hamkorlikni 
tashkil etadi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin