Zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta'lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini o'quv-tarbiya jarayoniga joriy etish sohasida: - maktabgacha
ta'lim
muassasalarida
innovatsion
jarayonlarni rivojlantirish va joriy etishni rag'batlantiradi va
muvofiqlashtiradi;
- maktabgacha ta'lim sifatini baholash natijalarini tahlil
qiladi;
- milliy mustaqillik g'oyasiga, boy milliy madaniy-tarixiy
merosga, milliy urf-odatlarga va umuminsoniy qadriyatlarga
asoslangan ma'naviy barkamol yosh avlod tarbiyasining
samarali tashkiliy va pedagogik shakllari hamda usullarini
ishlab chiqadi;
- o'qitishning zamonaviy ilg'or shakllarini, yangi pedagogik
va axborot texnologiyalarini o'quv-tarbiya jarayoniga joriy
etish orqali tarbiyalanuvchilarning har tomonlama kamol
topishini ta'minlaydi;
- zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan,
samarali shakllar hamda usullardan foydalanib, shu jumladan,
tarbiyalanuvchilarning bo'sh vaqtini tashkil etishda ular bilan
yakka tartibdagi ishlarni ta'minlashga ko'maklashadi;
598
- ilg'or pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan, maktab
gacha ta’lim yoshidagi bolalarni kamol toptirish borasidagi
zamonaviy xalqaro tajribani o'rganadi, umumlashtiradi va
maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim-tarbiya jarayo-
niga joriy etadi;
- maktabgacha ta'lim sohasida mutaxassislarning xalqaro
tajribasini o'rganish maqsadida o'quv safarlarini tashkil etadi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarini milliy madaniy- tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o'qishga qiziqish uyg'otuvchi o'quv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o'yin va o'yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan ta'minlash sohasida: - o'quv dasturlari, o'quv-metodik adabiyotlarni pedagogika
amaliyotiga joriy etish ustidan nazorat qiladi;
-ilg 'o r pedagogika texnologiyalarini, zamonaviy o'quv-
metodik komplekslarni yaratish va o'quv-tarbiya jarayonini
didaktik ta’minlash bo'yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;
- maktabgacha ta'lim muassasalarini rivojlantiruvchi
o'yinlar va o'yinchoqlar bilan ta’minlaydi;
- maktabgacha ta'lim muassasalarini milliy madaniy-tarixiy
qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o'qishga
qiziqish uyg'otuvchi badiiy adabiyotlar bilan ta'minlashni
tashkil etadi;
- bolalarni yot g'oyalardan himoya qilish, ularning
ma'naviy dunyosini oshirish, milliy va jahon adabiyotini
targ'ib qilish maqsadida bolalarning kitobxonlik madaniyatini
shakllantirishga ko'maklashadi, sog'lom turmush tarzini
targ'ib qilishga yo'naltirilgan faoliyatni tashkil etadi;
- maktabgacha ta'lim tizimining jurnallarida Vazirlikning
metodik tavsiyalari va buyruqlarini nashr etish orqali ilmiy-
metodik axborotni yoyishga ko'maklashadi;
- qat’iy hisobot beriladigan hujjatlar namunalarini ishlab
chiqadi va ularning ko'paytirilishini tashkil etadi;
599
- bolalar badiiy adabiyotlarini, o'quv-metodik qo'llanma-
larni, didaktik o'yinlar va o'yinchoqlarni yaratish bo'yicha
nashriyotlar, tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlik qiladi.