- maktabgacha ta'lim muassasalarini
milliy madaniy-
tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o'qishga
qiziqish uyg'otuvchi o'quv-metodik, didaktik materiallar,
rivojlantiruvchi o'yin va o'yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan
ta'minlash;
- zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llagan holda
bolalarni tarbiyalash va har
tomonlama kamol toptirish
masalalarini yuqori professional darajada hal etishga qodir
bo'lgan maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar va pedagog
kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
- maktabgacha ta'lim muassasalari
xodimlarini moddiy
rag'batlantirish tizimini yaratish hamda ta'lim-tarbiya jarayo-
nlga tajribali, yuqori malakali va kasbiy jihatdan puxta
tayyorlangan pedagog kadrlar
hamda tarbiyachilarni jalb
qilish;
- maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari
uchun munosib shart-sharoitlar,
shu jumladan, to'laqonli
va ratsional, muvozanatli, sog'lom va to'g'ri
ovqatlanishni
ta'minlashga, asoslangan tibbiy ko'rsatmalar bilan belgilana-
digan hajmlarda va intensivlikda ko'ngilochar va bilim
beruvchi mashg'ulotlar elementlari bo'lgan serharakat o'yinlar
va mashqlar uyushtirishga yo'naltirilgan
shart-sharoitlar
yaratish;
- O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi bilan
birgalikda maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga
tibbiy xizmat ko'rsatish hamda ularning hayoti va sog'lig'ini
himoya
qilish
bo'yicha
profilaktika
chora-tadbirlarini
muvofiqlashtirish.
Dostları ilə paylaş: