XXII BOB. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTAB
GACHA TA'LIM VAZIRLIGI VA MAKTABGACHA TA'LIM
BO'LIMLARI TOMONIDAN MAKTABGACHA TA'LIMGA
RAHBARLIK
MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI TOMONIDAN
MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIGA RAHBARLIK
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston
Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi
faoliyatini tashkil
etish to'g'risida»gi 2017-yil 30-sentyabrdagi PQ-3305-son
qaroriga muvofiq Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi16.
Vazirlik maktabgacha ta'lim sohasida davlat siyosatini ishlab
chiqish va amalga oshirish uchun javob beradigan vakolatli
davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Vazirlik O'zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasiga
bo'ysunadi.
Vazirlik o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
ning “Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g'risida”gi 2017-yil 30-sentyabrdagi PF-
5198-son Farmoniga va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
ning «O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi
faoliyatini tashkil etish to'g'risida»gi 2017-yil 30-sentyabragi
PQ-3305-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi.
Vazirlik o'z faoliyatida O'zbekiston
Respublikasi Konstitut-
siyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
ning
farmonlari,
qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar
Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek,
ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Vazirlikning o'z vakolatlari doirasida qabul qilingan
qarorlari davlat va xo'jalik
boshqaruvi organlari, mahalliy
16 O'zbekiston Respublikasi "Maktabgacha ta'lim vazirligi to'g‘risida"gi Nizom. - Т.,
2017 21-noyabr.
592
davlat hokimiyati organlari, boshqa
tashkilotlar va ularning
mansabdor shaxslari, shuningdek,
fuqarolar tomonidan
bajarilishi majburiydir.
Qoraqalpog'iston
Respublikasi
Maktabgacha
ta'lim
vazirligi, viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmalari, Toshkent
shahar maktabgacha ta'lim
bosh boshqarmasi, maktabgacha
ta'lim tuman (shahar) bo'limlari (keyingi o'rinlarda hududiy
bo'linmalar deb ataladi), Vazirlik tarkibiga kiradigan tashkilotlar
yuridik shaxslar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: