- kengashda muhokama etiladigan materiallar doimiy
hamda vaqtinchalik tashkil topgan
guruhlar yoki muassasa
ma'muriyati tayinlagan pedagoglar tomonidan tayyorlanadi.
- kengashda muassasaning ish rejasi, malaka oshirish
rejasining bajarilishi, nazorat turlari bo'yicha o'rganish
xulosalari,
xodimlarning hisobotlari, tarbiyalanuvchilarning
o'zlashtirishi, muassasaning sanitar-gigiyenik ahvoli va
tarbiyalanuvchilarning sog'lig'i va muassasa faoliyatining
boshqa masalalari ko'rib chiqiladi.
- kengash pedagoglarning ilg'or ish tajribalarini o'rganish,
umumlashtirish va ommalashtirish, yosh pedagoglarga yordam
uyushtirish ishlarini amalga oshirish yo'llarini belgilaydi.
- kengashda mashg'ulot ishlanmalari, tarbiya jarayonining
shakl va metodlarini amalga oshirish yo'llari
muhokama
qilinadi, tarbiyalashning ilg'or usullarini joriy etish bo'yicha
tajriba-sinov ishlarini olib borish, oliy ta'lim institutlari, jamoat
va nodavlat tashkilotlari, maktab, mahalla bilan hamkorlik
qilish yo'nalishlarini belgilaydi.
- kengash ta'Iim-tarbiya jarayonini tashkil etishda pedagogik
jamoaning ma'lum yo'nalishlardagi faoliyatini tahlil qiladi va
ta'lim samaradorligini oshirishda
maqbul lozim-sharoitlar
yaratishga oid yakuniy xulosa chiqaradi va tegishli qaror qabul
qiladi. Malaka oshirish kursidan qaytgan pedagoglarning
hisobotlarini tinglaydi.
- kengashda kun tartibidagi masalalarni ko'rishdan oldin
avvalgi kengashda qabul qilingan qarorlarning ijrosi haqidagi
masala eshitiladi va ijrosi ta’minlangan
har bir masala
yuzasidan qabul qilingan qarorlar nazoratdan olinadi.
~ kengash kun tartibida ko'rilayotgan har bir masala
aniq ifodalangan bo'lishi, masalalar o'quv yilining asosiy
vazifalaridan kelib chiqqan holda kiritilishi lozim. Kengashda
ko'riladigan masalalar soni uchtadan oshmasligi zarur.
- Kengash qarori ijrosini nazorat qilish muassasa rahbari
zimmasiga yuklatiladi.
Dostları ilə paylaş: