N. M. Kayumova


METODISTNING LIDERLIK VA BOSHQARUV JIHATLARI



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə234/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

METODISTNING LIDERLIK VA BOSHQARUV JIHATLARI
Metodist jamoani boshqarishda o'zi shaxsiy namuna bo'lishi 
lozim, ya'ni u barcha ishlarni oldida, boshida bo'lib yetakchilik 
qiladi. Umuman olganda ko'p adabiyotda «lider» so'zini 
«yetakchi» atamasi bilan almashtirish hollari ko'p uchraydi. 
O'ylashimizcha, «yetakchi» atamasi «lider»ga xos bo'lgan 
psixologik tavsifni to'la ifodalay olmaydi. «Yetakchi» so'zi 
guruhgamunosabatsifatida, uning a'zolarigata'siro'tkazuvchiva 
maqsadga yetaklovchi shaxsga nisbatan ishlatiladi. Yetakchilik 
guruh tarkibini, undagi munosabatlar tizimini tahlil etish orqali 
aniqlanadigan shaxs holatidir. Lekin liderga xos bo'lgan fazilatni 
ifodalovchi yana qator jihatlar borki, ularni munosabatlar 
tizimi doirasidagina tahlil etolmaymiz. Bunday talqinda 
liderga xos bo'lgan asosiy jihatlardan yana biri -shaxsning 
vaziyatga muvofiq ravishda harakat qilish qobiliyatini hisobga 
olish zarurati tug'iladi. Biron - bir muammoli vaziyatda paydo 
bo'lgan qiyinchilikni bartaraf etishdagi tashabbus, topqirlik 
va mohirlik liderga xos fazilatlardir. Muammoni yechish bilan 
bog'liq qiyin vaziyatda lider boshqalarga nisbatan o'zining 
ilg'orligi, peshqadamligi bilan ajralib turadi. Fikrimizcha, o'zbek 
tilida aynan shu ikki ibora - «peshqadam» va «yetakchi» so'zlari 
majmuasi lider mohiyatini to'la ifodalashi mumkin.
Nazarimizda, «yetakchi» so'zi shaxsningguruhniyetaklashga, 
boshchilik qilishga bo'lgan ishtiyoqimavjudligidankelibchiqadi. 
«Peshqadam» iborasi esa ma'lum fazilatlarga ega bo'lgan shaxs 
ketidan guruhning ergashishini, jamoaning o'z ixtiyoriga ko'ra 
o'zi ishongan odam borayotgan yo'lni tanlashini anglatadi. 
Aynan shu xolat «lider» iborasiga nisbatan ham ishlatilishi 
zarur. Liderning bu xususiyati uning hissiy jozibadorligida, 
o'zgalarni o'ziga jalb etish fazilatida namoyon bo'ladi.
Shunday qilib, «lider» so'zini faqat «yetakchi» atamasi bilan 
almashtirish liderlik holatining psixologik talqinini tor doiraga 
kiritib qo'yadi. Ushbu mulohazadan kelib chiqqan holda 
qo'llanmamiz matnida «lider» so'zidan foydalanishni ma'qul
574


deb hisoblaymiz. Bundan tashqari, «lider» so'zidagi izohiy 
ma'noni anglab olish o'zbek kitobxoni uchun tanish holdir.
Liderlik va rahbarlik. Mehnat jamoasidagi har bir xodim 
guruhda o'zining mavqeyiga ega. Bu mavqe rasmiy yoki 
norasmiy tarzda qo'lga kiritilgan bo'lishi mumkin. Rasmiy 
mavqe xodimning mansab pog'onasidagi o'rni va uning 
lavozimidan kelib chiquvchi vakolatlari bilan ifodalanadi. Har 
qanday xodim o'z hamkasblari bilan o'zaro munosabatda bo'lar 
ekan, turli omillar ta'sirida bu munosabatlar hissiy rang ola 
boshlaydi.
Hissiyotga asoslangan munosabatlar ikki ko'rinishda - 
yoqtirish (simpatiya) va yoqtirmaslik (antipatiya) sifatida 
shakllanadi. Shunday xodimlar ham borki, ular o'zining ma’lum 
xislatlari bilan jamoaning ko'pchilik a'zolarida simpatiya 
uyg'ota oladilar va ular guruhning norasmiy tizimida yuqori 
mavqeni egallaydilar. Psixologik talqin bo'yicha, jamoaning 
rasmiy tizimida yuqori mavqeni egallovchi xodim rahbar bo'lib 
hisoblansa, norasmiy tizimda yuqori mavqeni egallovchi shaxs 
esa - liderdir.
Liderlik holati, odatda, guruhning norasmiy munosabatlar 
tizimida amalga oshadi. Biron-bir shaxsning lider darajasida tan 
olinishi unga hissiy yaqinlikni, uning ish bilan bog'liq bo'lgan 
qator fazilatlarini yuqori baholashni va ushbu shaxsning guruh 
manfaatlariga e’tiborliligini anglatadi. Lider - guruhning hamma 
a'zolari tomonidan tan olingan shaxs. Liderning qadriyatlar 
tizimidagi asosiy jihati - guruh manfaatini har narsadan ustun 
qo'yish, doimo guruh oldiga qo'yilgan vazifani yechishga 
sidqidildan kirishish va bu jarayonda jamoani safarbar eta 
olishidir.
Mehnat jamoasidagi lider, awalambor, o'zining ishchanlik 
xususiyatlari bilan farqlanib turadi, chunki, u aynan mehnat 
faoliyati tufayli boshqalardan ajralib ko'zga tashlana boshlaydi. 
Bundan tashqari, lider, guruh manfaatini himoya etar ekan, 
kezi kelganda rasmiy munosabatlar tizimiga va rasmiy doiralar
575


manfaatiga ham zid chiqa oladi. Natijada, jamoada rasmiy 
rahbar va norasmiy lider o'rtasida ziddiyat paydo bo'lishi 
mumkin.
Zamonaviy psixologiya fani, o'z yutuqlari orqali, liderga 
xos fazilatlar tabiati va unga erishish yo'1-yo'riqlari haqida 
yetarlicha ma'lumot bera oladi. Shu munosabat bilan liderga 
xos bo'lgan jihatlarni uch toifaga kiritishimiz mumkin: 1) jamoa 
manfaatlariga yo(nalganlik; 2) kasbiy mohirlik, har qanday 
muammoli vaziyatda qiyinchilikni o'z bo'yniga olish va ishni 
oxirigacha hal etishda tashabbuskor bo'lish; 3] emotsional, 
hissiy jalb etuvchanlik xislatlari. Yuqorida sanab o'tilgan 
xislatlar majmuasining ketma-ketligi ham o'z mantig'iga ega.
Tadqiqotlar orqali aniqlanishicha, hissiy jalb etuvchanlik 
odatda lider shaxsda juda yorqin ko'zga tashlanishi lozim emas 
ekan. Shaxsda bu ko'rsatkichning o'rta me'yorda mavjudligi, uni 
liderlik darajasida tan olinishi uchun yetarlidir. Lekin insonga 
xos hissiy jozibadorlik ko'rsatkichi pastligi ish yuzasidan 
o'tadigan muloqot va muzokaralarga salbiy ta'sir etishi 
mumkin, Rahbarning muloqot sirlarini yaxshi bilishi orqali 
atrofdagilarda o'zi haqida ijobiy taassurot uyg'ota olishi ushbu 
ko'rsatkichni oshirishdagi asosiy vositadir.
Rahbarlik taylnlanuvchi lavozimdir, liderlik esa hamfikrlar 
tomonidan ko'tarilgan shaxs mavqeyidir. Agar rahbar va lider 
o'rtasidagi farqga e'tibor beradigan bo'lsak, ko'pgina jihatlarni 
sanab o'tishimiz mumkin. Masalan, rahbar xodimlarga 
ega bo'lsa, Iiderning hamfikr tarafdoshlari mavjud, rahbar 
tayinlansa, lider jamoa a'zolari orasidan ajralib chiqadi, rahbar 
o'z hokimiyatiga asoslansa, lider obro'siga tayanadi. Rahbar 
o'z majburiyati bo'yicha tashkilot manfaatini birinchi o'ringa 
qo'yadi va shu xususiyat unga rasmiy tus berib, jamoa oldida 
liderga nisbatan uni bir muncha «zaif» holatga qo'yadi.
Hayotda ko'pgina jamoalar uchraydiki, ularda rasmiy rahbar 
va lider alohida shaxslardan iboratdir. Bunday jamoa hayotidagi 
ko'p vaziyatlarda guruh a’zolari rahbardan ko'ra norasmiy lider 
tomonida bo'lishlari ehtimoli kuzatiladi. Jamoadagi rasmiy
576


rahbar va norasmiy liderning o'zaro munosabati doimo qiyin 
masalalar doirasiga kiradi. Bunday vaziyatda odatda ko'pchilik 
rahbarlar liderni siqib chiqarishga, undan qutulishga intilishlari 
kuzatilsa, boshqa bir rahbar bu liderdan foydalanishga, 
uni guruh maqsadiga tezroq erishish yo'liga safarbar etishi 
mumkin. Rahbarning lider bilan o'zaro til topishi, hamfikr bo'la 
olishi, albatta, bo'lajak muvaffaqiyatlar garovidir. Buning uchun 
rahbardan ham topqirlik, sabr-toqat va o'z shaxsiy manfaatidan 
ustun tura olish qobiliyati kutiladi.
Rasmiy rahbar va guruh lideri turli shaxslardan iborat bo'lsa, 
ular o'rtasidagi kelishmovchilik ko'pgina xodimlar tomonidan 
ijtimoiy adolatning buzilishi sifatida idrok etiladi. Lider bilan 
munosabatni rivojiantirish esa aksincha, guruhdagi kuchlarni 
tan olish, oqillik yo'lini tanlash deb baholanadi. Rahbar sezgir 
shaxs sifatida nafaqat liderga, balki bunday xislatga ega bo'lgan 
har bir guruh a'zosiga alohida diqqat ajrata olishi lozim. 
Alohida olingan lider bilan mavjud munosabatni rivojiantirish 
orqali guruhning boshqa a'zolari bilan o'zaro ijobiy hislarni 
shakllantirish imkoniyati tug'iladi. Shu ma'noda tahlil etilganda, 
guruhda norasmiy liderning mavjudligi rasmiy rahbar uchun 
guruh a'zolari bilan iliq munosabatni qurishdagi qo'shimcha 
ko'prikdir. Lekin hayotda hamma narsa ham o'ylanganday 
silliq ketavermaydi va rasmiy rahbar bilan norasmiy lider 
manfaatining zidligi, rahbarning iltifotli qadamiga qaramay 
norasmiy liderning qaysarligi to'qnash kelishi mumkin. Bu esa 
jamoadagi nizo bilan ifodalanadi va bunday hollarni hal etish 
yo'l-yo'riqlari haqida jamoadagi nizolar mavzusida batafsil 
gapirib o'tiladi.
Liderga xos bo'lgan fazilatlarni shakllantirish bo'yicha 
psixologiya fanida qator amaliy tadbirlar mavjud bo'lib, bu 
xil dasturlar interfaol ta'lim uslubiga asoslangan amaliy 
mashg'ulotlarda o'z aksini topadi. Shaxsning liderlik jihatlarini 
rivojlantiruvchi psixologik tadbirlarning metodologik asoslari 
bir muncha bahsli bo'lib, bu mavzuning puxta ishlab chiqilzshi 
ushbu mashg'ulotlardan olinajak natija samarasini belgilaydi.
577


Yaqin paytgacha psixologiya fanida shaxsning liderlik 
xislatlarini shakllantirish bo'yicha «Xislatlar nazariyasi» 
degan ta'limot yetakchi bo'lib kelgan. Bu ta'limotga binoan 
liderlikni ifodalovchi bir necha xislatlar mavjud va ushbu 
xislatlar majmuasi shaxsning o'zgalarga ta'sir etish qobiliyatini 
belgilaydi. Ammo aniqlanishicha, xislatlarning shunchaki 
majmuasi shaxsni lider darajasiga ko'tara olmaydi va bu 
xislatlar soni bir necha o'ntalikdan iborat bo'lishi mumkin. Bu 
xislatlarni shakllantirish, ularni shaxs tuzilmasidagi boshqa 
tarkibiy jihatlar bilan muvofiqlashtirish va insonning ichki 
mazmun-mohiyatiga aylantirish o'ta murakkab masaladir. 
Ko'p yillik psixologik tadbirlar bunday yo'lning kammahsul 
ekanligini ko'rsatdi.
Shaxsning liderlik imkoniyatini rivojlantirishning zamonaviy 
yondashuvlaridan bin, insonda shakllangan qobiliyatga 
suyanishni va shu qobiliyatni imkon bergan vaziyatda namoyon 
etilishini taqozo etadi. Bundayyondashuv«situativliderlik» deb 
atalib, unda lider deb, tan olingan shaxsning umumiy maqsadga 
erishish yo'lida muammoli vaziyatda o'z qobiliyatini namoyon 
eta olishi tushuniladi. Bu nazariyaga binoan guruh doimo bir 
necha liderga ega bo'lishi mumkin va kezi kelganda har bir jamoa 
a'zosi muammoli vaziyatni hal etish borasida o'z qobiliyat va 
imkoniyatini namoyish eta oladi. Fikrimizcha, samarali foliyat 
olib boruvchi rahbar o'z jamoasida aynan shunday muhitni 
yaratishi kerakki, har bir xodim zarur vaziyatda o'z imkoniyatini 
ishga solish orqali muammoli vaziyatni hal etishda qatnashishi 
va boshqaruv jarayonida ishtirok etayotganini his qila olsin. 
Buning uchun jamoa har qanday vaziyatni hal etishda chuqur 
mas’uliyathis etuvchi va o'z ishiningustalari bo'lgan professional 
xodimlarga ega bo'lishi lozim. Shu bilan birga, guruhda doimo 
shunday xodimlar topiladiki, ular paydo bo'luvchi ko'pgina 
muammoli vaziyatlarni hal eta oluvchi universal qobiliyatga 
ega. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, liderlik ko'p jihatdan 
shaxs tug'ma qobiliyatlarining yetarli darajada shakllanganligi 
bilan xarakterlanadi.
578


Yuqorida aytganimizdek, liderliknning asosiy jihatlaridan 
biri - guruh manfaati haqida g'amxo'rlikdir. Shuning uchun 
ham liderlik ta'rifidagi asosiy ma'no kasb etuvchi tomonlar bu -
shaxsning ushbu vaziyatni muvaffaqiyatli hal eta olish qobiliyati 
va guruh manfaati yo'lidagi jonbozligi deb tushunilishi mumkin.
Shaxsning liderlik imkoniyatini namoyon ettiruvchi yana bir 
asosiy tomon - jamoaning talab va istagiga mos kela olishidir. 
Turli mehnat jamoalari o'z mas'uliyat darajasidan kelib chiqqan 
holda turlicha istaklarni namoyon etadi va hatto, ba'zida jamiyat 
manfaatiga to'la mos kelmaslik hollari ham kuzatiladi. Bunday 
jamoalarda esa, tabiiyki destruktiv, ya'ni buzg'unchi xulqqa 
mos keluvchi liderlar ajralib chiqadi va ular guruhning yashirin 
motivlarini namoyon etuvchi o'ziga xos kuchga aylanadi. Misol 
tariqasida, o'smirlik davrida namoyon bo'luvchi va xulq og'ishi 
bilan xarakterlanuvchi guruhlar va ularning liderini, yoki ba'zi 
bir mehnat jamoasida tashkilotni qoloqlikka tortuvchi ijtimoiy 
xulq egalaridan iborat guruhlarni eslash mumkin.
Lider va rasmiy rahbarning turli shaxslardan iboratligi va ular 
o'rtasidagi ziddiyat haqida yuqorida to'xtalib o'tdik. Shunday 
holat ham yuz beradiki, tashkilot manfaatiga zid yo'l tutgan lider 
atrofida o'zi kabi hamtovoqlarni to'plashi va o'zining og'uvchi 
xulqi bilan nafaqat tashkilot maqsadi,balki rahbarning obro'siga 
ham putur yetkazadi. Bunday liderni darhol ishdan bo'shatish 
lozim, degan an'anaviy fikr bir qaraganda to'g'ri bo'lsa-da, 
lekin ushbu vaziyatdan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish 
rahbarning mohir tashkilotchiligidan dalolat beradi. Rahbar o'z 
tashkilotidagi mavjud imkoniyatlarni qo'llagan holda norasmiy 
liderni nafaqat guruhdan ajratishi, balki unga ma’qul keluvchi 
va uning qobiliyatlariga mos keluvchi vazifalarni ham topib 
berishi mumkin. Umuman olganda, rahbar uning manfaatlariga 
zid bo'lgan har qanday kuchni o'z tomoniga og'dira olishi uning 
obro'siga obro' qo'shuvchi va jamoa oldida uning nufuzini 
yanada oshiruvchi eng samarali imkoniyatdir.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin