Maktabgacha
ta'limga
qo'yiladigan
davlat talablari
va o'qitish dasturlarining nodavlat maktabgacha ta'lim
muassasalari
tomonidan
bajarilishini
nazorat qilishni
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi amalga
oshiradi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini attestatsiya-
dan o'tkazish, ularning faoliyatini to'xtatib turish va to'xtatish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarining huquq va
imtiyozlari qonun hujjatlarida, maktabgacha ta’lim
muassasasi
ustavida, shuningdek, mehnat lozimnomasi (lozimnomajda
belgilanadi.
Maktabgacha ta'lim muassasasining pedagog xodimlari
quyidagi huquqlarga ega:
maktabgacha ta'lim muassasasini boshqarishda muassasa
ustavida belgilanadigan tartibda qatnashish;
o'z kasbiy sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish;
pedagog xodimlar qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa
huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
Pedagog xodimlar quyidagilarga majbur:
bolalarni yuqori professional
darajada
o'qitish va
tarbiyalash;
pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimma
tini hurmat qilish, bolalarni
tazyiqdan himoya qilish, ularni
mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik
bilan munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalash;
o'z malakasini
belgilangan tartibda, har uch yilda oshirib
borish;
o'zining kasbiy ko'nikmalarini va pedagogik mahoratini
doimiy ravishda takomillashtirish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
majburiyatlar ham olishi mumkin.
Maktabgacha ta'lim muassasasi
xodimlariga ish haqi
miqdorlari (lavozim maoshlari) qonun hujjatlariga muvofq
belgilanadi. Muassasa rahbari rag'batlantirish tusidagi usta-
malar, qo'shimcha haq hamda boshqa to'lovlar turi va miqdorla-
568
rini ish haqiga yo'naltiriladigan mavjud mablag'lar doirasida
belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: