N. M. Kayumova


MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASIDA TA’LIM-



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə227/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASIDA TA’LIM-
TARBIYA ISHLARIGA RAHBARLIK QILISH
O'yin faoliyatini kuzatish va tahlil qilish juda murakkab 
ish. Bu o'yinning maktabgacha yoshdagi bola shaxsini 
rivojlantirishdagi alohida ahamiyati, maktabgacha ta'lim 
muassasasida olib boriladigan ta'lim-tarbiya jarayonida olib 
boriladigan o'rni, o'yin turlarining xilma-xilligi va ularni 
rivojlantirish xususiyatlari bilan bog'liqligi tufaylidir.
Bu xususiyatlarni yaxshi bilish o'yin faoliyatini chuqur 
tahlil qilishni va mudira tomonidan tarbiyachilarga o'z 
vaqtida yordam ko'rsatishni ta'minlaydi. Bolalarning o'yinlari 
xilma-xilligi bilan farqlanadi. U maktabgacha bo'lgan butun 
bolalik davrida mazmuni, uyushtirilishi, o'yinda bolaning 
faolligini namoyon qilish xarakteriga ko'ra, ularning bolalarga 
ko'rsatadigan ta'siri va nihoyat kelib chikishiga ko'ra katta 
o'zgarishlarni boshidan kechiradi:
Mudira 
ishni 
o'yin 
turlarini 
tanlashga 
qaratadi. 
Mashg'ulotdagi didiktik o'yinlar syujetli-rolli, qoidali, harakat-
li, musiqaviy didaktik o'yinlari, stol ustida o'ynaladigan
559


o'yinlar, tinch o'yinlar va ijodiy o'yinlar tarbiyachi tomonidan 
rejalashtirishning maqsadliligiga, ularga rahbarlik darajasini 
nazorat qilib borib, tajriba asosida tarbiyachiga metodik-amaliy 
maslahatlar beradi. Turli yosh guruhlardagi o'yin tizimini 
"Ilk qadam" dastur asosida ishlab chiqadi va o'yin jarayonini 
kuzatish jadvalini tuzadi.
O'yin faoliyatining paydo bo'lishi va rivojlanishi uchun 
sharoitlarning ta'minlanganligi (o'yin uchun berilgan vaqtning 
yetarliligi, o'yin faoliyatini kengaytirish uchun joyning, zarur 
o'yinchoq va qoTlanmalarning mavjudligi va kabinetda ularni 
to'g'ri joylashtirilishi, bolalarni taassurotlar bilan boyitish va 
yaxshi kayfiyatlari);
O'yin faoliyatiga rahbarlik metodikasi - bolalarning 
emotsional ijobiy holatlarini qo'llab-quvvatlash va yax- 
shilashga yo'llangan metod va usullar, o'ynovchilarning 
faolligini ta'minlash, faoliyatning bir turidan ikkinchisiga o'z 
vaqtida o'tish, bunga qanday metod va usullar bilan erishiladi? 
O'yin faoliyatini uzaytirish va murakkablashtirish, bolaning 
ilk yoshida o'yindan uning nutqini tushunishni rivojiantirish 
va faolligini tarkib toptirish maqsadlarida foydalanish, ijobiy 
o'zaro munosabatlar va boshqa axloqiy sifatlarni tarbiyalash.
Mudira o'z oldiga quyidagi vazifalarni qo'yadi.
O'yinni faoliyat tarzida rivojiantirish;
O'yindan bolalarga taTim-tarbiya berishda foydalanish.
560


Guruhda to'laqonli o'yinlarning rivojlanishi uchun sharoitlar 
yaratilishiga:
a) tarbiyachining o'yin qobiliyatlariga rahbarlik qilishi;
b) o'yin muhitini yaratish;
v) kundalik kun tartibida o'yin uchun vaqtning yetarliligiga 
alohida e'tibor berib bordi.
Tajriba shuni ko'rsatdiki, bolalarning o'yin jarayonidagi 
xatti-harakatlari, ularning katta yoshlilarga taqlid qilish 
istagidan dalolat beradi. Bolaning o'yini odamlarning xatti- 
harakatlari, xulq-atvori, o'zaro munosabatlarini o'yin roli 
vositasida ijodiy aks ettirishdan iborat bo'ldi.
g) ota-onalar jamoatchiligi bilan ish uslublari.
Mudiraning jamoatchilik va mahalla qo'mitasi bilan ish 
metodlari quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
1. Ota-onalar va jamoatchilik uchun anjumanlar.
2. Ota-onalar universitetlari. Bunda oila markazidan vakil, 
yetuk olimlar, maktabgacha ta'lim bo'limi xodimlari va barcha 
ota-onalar ishtirok etadilar. Ota-onalar universitetning asosiy 
maqsadi Davlat va jamiyatimiz tomonidan oila va bolalar 
tarbiyasiga masalalari va kamchiliklarini, muammolarini hal 
etishdan iborat.
Mudira hududiga tegishli maktab bilan aloqa o'rnatib bir 
yilga mo'ljallangan reja asosida ish ko'radi. Ushbu reja asosida 
muassasaning asosiy vazifalari, maktab tomonidan amalga 
oshiriladigan tadbiriy choralar, bolani maktab ta'limiga 
tayyorlash, lotin alifbosida o'qish, yozishni mukammal 
o'rganish va bunda mudira hamda maktab direktorining 
vazifalari belgilanadi.
a) 
ma'muriy xo'jalik faoliyat - bunda reja kontingenti bo'yicha 
bolalarni joylashtirish, maktabgacha ta'lim muassasasi dasturi- 
ning maktabgacha ta'lim tizimida belgilangan xarajatlarni o'z 
vaqtida joy-joyiga qo'yib ishlatishni tashkil etish, bolalarni 
ovqatlantirishni to'g'ri tashkil etish, yozgi sog'lomlashtirish 
mezonlarini tashkil etish, xizmat qiluvchi xodimlarni to'g'ri
561


joylashtirish va ishlash malakalarini oshirish, mehnatni 
ratsional ravishda tashkil etishdan iborat.
b) dastur talablarining bajarilishiga mudiraning rahbarligi 
va nazorati.
O'quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabgacha 
ta'limning innovatsiya shakllarini rivojiantirish maqsadida 
maktabgacha ta'lim muassasasida Pedagoglar kengashi 
faoliyat ko'rsatadi. Pedagoglar kengashi a'zolarini saylash 
tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar maktabgacha 
ta'lim muassasasi ustavida belgilanadi.
Maktabgacha ta'lim muassasasiga bevosita rahbarlik qilish 
mudira tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim 
muassasasi mudirini ishga qabul qilish qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha 
ta'lim vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
- Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri bilan 
mehnat lozimnomasi bir yil muddatga tuziladi.
- Maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri lavozimiga 
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi 
tomonidan belgilanadi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin