N. M. Kayumova


j) mudira ishini rejalashtirish



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə229/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

j) mudira ishini rejalashtirish.
Mudira ishida 
qiyosiy tekshiruv 
ham muhim o'rin egallaydi. 
Uning farqlovchi xususiyati tarbiyachining pedagogik jarayo­
nini boshqa pedagogning ish tajribasi bilan solishtirish, tahlil 
qilish va baholashdir. Parellel guruhlar tarbiyachilar ishlarini 
solishtirish mumkin.
Qiyosiy 
tekshiruvni 
dasturning 
ayrim 
bo'limlarini 
bajarilishini tekshirishda turli tarbiyachilar bolalardagi bilim, 
ko'nikma va malakalar sifatini tahlil qilishda qo'llash maqsadga 
muvofiqdir. Solishtirma natijalari pedagoglar kengashida 
muhokoma materiali bo'lishi mumkin.
Qiyosiy tekshiruv - guruhlarga kirish va tarbiyachilar 
ishlarini kuzatish, rejalarni, bolalar ishlarini va boshqa 
hujjatlarni, tahlil qilish shaklida o'tkazilish mumkin.
Mudira - kundalik pedagogik jarayonlarni, ish, o'qishlarni 
va boshqalarni, bilimlar sifatini, bolalarning faoliyatlarini 
tarbiyachilar bilan birga tahlil qiladi, birgalikda ishning 
samaraliroq shakllarini izlaydi.
Qiyosiy 
tekshirish 
-
eng yaxshi 
ish 
tajribaning 
tarqalishiga, ta'lim-tarbiyaviy jarayonining va barcha guruh 
tarbiyachilarining umumpedagogik darajasini oshirishga 
yordam beradi.
Nazoratning istalgan turi-agarda unga mudira jiddiy, puxta 
tayyorgarlik ko'rgan holdagina samarali bo'lishi mumkin.


Eng avvalo, tekshirish maqsadini aniq belgilash lozim. 
Masalan: kichik guruhda bolalarning kun davomidagi xilma- 
xil faoliyatlari uchun sharoitlarni yaratilishini kuzatish; 
katta guruhda bolalarning o'yin va mehnatdagi o'zaro 
munosabatlarini kuzatish (ular inoq o'ynay oladilarmi va 
hamjihatlik bilan mehnat qila oladilarmi).
O'rta guruhda nutq o'stirishga doir dasturning o'zlashtiri- 
lishi bolalarning nutq faolligi, nutqiy ko'nikmalar darajasini 
tekshiradi.
Maqsadni belgilab, mudira tarbiyachining ta’lim-tarbiyaviy 
ish rejasi bilan "Ilk qadam” dasturi talablarini solishtirib 
topishadi, oldingi tekshiruv natijalari tahlilining yozuvlari 
bilan tanishadi, bolalarning ishlarini o'rganadi, oldindan 
tarbiyachi va kichkintoylar bilan suhbatlashadi. Shuningdek, 
metodik adabiyotlar yangiliklari, ilg'or pedagogik tajribani 
umumlashtirish materiallari va ilmiy tadqiqotlar materiallari 
bilan va nihoyat tekshirish jarayonida javob olmoqchi bo'lgan 
savollarni mo'ljallab tekshirishning qisqa hamda aniq rejasini 
ishlab chiqadi.
Guruhlarga 
kirish 
mo'ljallanganligi 
haqida 
mudira 
pedagogni, agarda bu kirish ishida ilgari kamchiliklarni 
bartaraf qilish maqsadida amalga oshirilayotgan bo'lsa, 
oldindan ogohlantiriladi. Guruhga ko'proq ogohlantirishsiz 
kirish yoki kirish haqida ertalab ogohlantirish lozim. Bu 
esa tarbiyachilarda asta-sekin ishda ma'lum mas'uliyatni 
shakllantiradi. Biror bir bo'lim bo'yicha dastur talablarining 
bajarilishini tekshirish haqida tarbiyachi oldindan ogohlan­
tiriladi. Bunday ogohlantirish pedagoglarni o'z ishlaridagi 
kamchiliklarni mustaqil aniqlashga, har bir bolaning 
rivojlanishi va dasturni o'zlashtirishini xolisona baholashga 
safarbar etadi. Shuni unutmaslik kerakki, guruhga bir marta, 
bir lahzaga kirish tarbiyachining ishi haqida xulosa chiqarish 

huquqini bermaydi.
Agar mudira bir faoliyat turishi yoki kun tartibi jarayonini 
tahlil qilishni maqsad qilib qo'ygan bo'lsa, u holda faoliyatning
566
i


bu turini boshdan oxirigacha to'liq kuzatib chiqish kerak 
bo'ladi.
Har qanday tekshiruv agarda mudira qabul qilgan ko'rsatma, 
tavsiya qarorlarning ijrosini tekshirib bormasa, ijobiy samara 
bermaydi. Ijroni muntazam nazorat qilib borish kishilarni 
intizomga odatlantiradi.
Muntazam nazorat - bu faqat ilgari ay tilgan ko'rsatma va tak- 
liflarning ijrosini tekshirishgina emas, balki guruhda ma’lum 
vaqt bo'lagida qilingan ishlarni solishtirib ko'rish hamdir, 
Masalan: o'quv yilining boshida bolalarning mashg'ulotlardagi 
tafakkur faoliyatlarining faolligini tekshirish tarbiyachilar 
muammoli xarakterdagi savol va vaziyatlardan kam 
foydalanishlarini bolalarda mustaqillik hamda fikrlarning 
tanqidiyligini yetarlicha rivojlantirmasliklari va shu kabilarni 
ko'rsatadi. Bu kamchiliklar sabablarini pedagoglar jamoasida 
birgalikda muhokama qilib va ularni bartaraf qilish yo'llarini 
belgilab, mudira yarim yildan so'ng boshlang'ich ma'lumotlarni 
yangi mashg'ulotlar bilan solishtirib yana tekshiradi.
Nazoratning yuqorida ko'rsatib o'tilgan tur va shakllarning 
amalga oshirilishi mudiraga guruhlarda ta’lim-tarbiyaviy 
pedagogik jarayonlarni yo'lga qo'yilganligini o'rganish, o'z 
intilishini tarbiyachilarga murakkab ishlarida yordam berishga 
aniqroq yo'llash imkonini beradi. Mudira yuqoridagi tekshirish 
usullaridan foydalanib, maktabgacha ta'lim muassasasi ishiga 
to'liq rahbarlik qiladi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin