Maktabgacha ta'lim muassasasi metodistining ta'lim-
tarbiyaviy faoliyatining samaradorligi uning obro'si ko'p
jihatdan pedagoglar jamoaning jipslashganligiga, eng avvalo,
butun maktabgacha muassasa rahbar yadrosida birlik va
o'zaro tushunishning mavjudligiga bog'liq bo'ladi.
Tarbiyachilarning aniq intizomi va ishda uyushqoqligini
ta'minlash;
jamoada
jamoa
fikrini,
tarbiyachilarning
bir-birlarining
kamchiliklariga
tanqidiy
munosabatini
shakllantirish, mehnat faolligi va ijodiy ishlash ehtiyojini
rag'batlantirish; qabul qilingan qarorlar yechimini ta’minlash
kabi ijtimoiy-psixologik masalalarni hal qilish metodist uchun
birlnuncha murakkablik qiladi.
Har bir yosh mutaxassis ishini endi boshlayotgan yosh
tarbiyachi maslahatlar olib turishi uchun unga tajribaliroq
murabbiy va obro'liroq tarbiyachini biriktirish lozim.
Yosh mutaxassisning kasb mahoratini egallab olishi osonlik
bilan bo'lmaydi. Mana shuning uchun ham yosh pedagog
ishining ilg'or metodlari va usullarini egallashga, o'z bilimlarini
doimo to'ldirib borishga, erishilganlar bilan cheklanmay,
tarbiya turlarini egallash ishtiyoqini singdirishga yo'llash
metodistning vazifasi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: