N. M. Kayumova


VI. Pedagogika kengashi hujjatlari



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə239/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

VI. Pedagogika kengashi hujjatlari
- Pedagogika kengashi hujjatlari ta'lim muassasasining ish 
yuritish hujjatlari bilan birga saqlanadi.
Pedagogika kengashi hujjatlari quyidagilardan iborat:
bayonnoma va pedagogika kengashi kun tartibida 
muhokama qilingan masalalarga oid materiallar.
Pedagogika kengashi hujjatlari muassasada uch yil davomida 
saqlanadi.
Ilg'or pedagogik tajribani umumlashtirish
Tarbiyachilarning eng yaxshi tajribalarini o'rganish, barcha 
ilg'or tajribalarini tahlil qilish va amaliyotga joriy etish 
maktabgacha ta’lim muassasasi metodik ishining asosi bo'lishi 
kerak.
Tajribani o'rganish va umumlashtirish guruhlardagi 
tarbiyaviy ishlar holatini tizimli tarzda tahlil qilinishini 
nazarda tutadi. Tajribani o'rganishning asosiy yo'llaridan biri 
guruhlarga rejali tarzda kirish va pedagogik jarayon hamda 
kun tartibi jarayonlarining turli jihatlarini kuzatishdir. Ana 
shu kuzatishlar asosida tarbiyachining ishi, bolalarning xatti- 
harakatlari va xilma-xil faoliyatlari haqida tasavvur tarkib 
topadi.
Metodistning kuzatishlar! maxsus daftarida fotoyozuv
tanlab yozish va shu kabilar tarzida qayd etiladi.
587


Pedagogik kabinetning ishi
Maktabgacha ta'lim muassasasidagi butun metodik 
ishning markazi pedagogika kabinetdir. Pedagogik jarayonni 
uyushtirish, ota-onalar bilan ishlash, pedagogik mahoratlarini 
oshirish vamustaqilo'qishlarini tashkil qilishdatarbiyachilarga 
amaliy yordam ko'rsatishdagi yetakchi rol pedagogika kabineti 
zimmasidadir.
Pedagogika kabineti maktabgacha ta'lim muassasasi 
an'analari jamg'ariladigan joydir. Metodistning vazifasi 
jamg'arilgan tajribaga «jon ato qilib» tushunarli qilish, 
tarbiyachilarni bolalar bilan ishlashda ularni ijodiy qo'llashga 
o'rgatishdir.
Pedagogika kabinetida to'g'ri yo'lga qo'yilgan ish barcha 
xodimlarning metodik tayyorgarligini oshirishga, xususan, 
bolalarni har tomonlama rivojiantirish vazifalarini hal qilishga 
yordam beradi.
Pedagogik kabinetining asosiy vazifasi maktabgacha ta’lim 
muassasasi tarbiyalariga metodik yordam ko'rsatish, ularning 
g'oyaviy-siyosiy va ilmiy-metodik saviyalarining, pedagogik 
mahoratlariningo'sishi uchun sharoityaratishdir. Maktabgacha 
ta'lim muassasalardagi pedagogika kabineti, shuningdek, 
ilg'or pedagogik tajriba to'planadigan, umumlashtiriladigan va 
tarqatadigan boshlang'ich markaz hamdir. Kabinetning muhim 
vazifalaridan biri tarbiyachilarga o'z mehnatlarini ilmiy asosda 
tashkil qilishlarida yordam ko'rsatishdir.
Pedagogika kabineti bu vazifalarni hal etishi uchun metodist 
kabinetdagi materiallar mazmuniga oshirilgan talablar 
qo'yishi, uni tizimilashtirish va puxta o'ylab chikishi kerak.
Pedagogika kabinetida tarbiyachilarni kabinetda mavjud 
materiallar bilan tanishtirish, yaxshi tajribani tashviqot 
qilish va yoyish maqsadida «axborot xizmati» uyushtiriladi. 
Axborot xizmati xilma-xil axborot byulletenlari, bolalar 
ta'limi va tarbiyasiga doir ayrim masalalar bo'yicha «axborot 
kunlari», yangi kitoblar annotatsiyasi havolasi bilan «Metodik
588


adabiyotlar yangiliklari», «Tajriba, muammo, amaliyot», 
«Metodik burchak» stendlari va hokazolar bo'lishi mumkin.
Maktabgacha ta'lim muassasalar xodimlarining nutq 
madaniyatini doimo takomillashtirib borish maqsadida 
kabinetda hammaga zarur kitoblar o'rin oladi.
Pedagogik kabinetning butun ishi u maktabgacha ta'lim 
muassasalar metodik ishining markaziga 
aylanadigan 
qilib tuzilishi kerak. Tarbiyachilarga kabinet xizmatidan 
foydalanishni, unda saqlanayotgan materiallar bilan qiziqishi, 
o'rganish kerak. Bu sezilarli darajada maktabgacha ta'lim 
muassasasi 
metodistining 
mahoratiga, 
tashkilotchilik 
qobiliyatlariga bog'liq bo'ladi.
Metodist kabinetning ish soatini aniqlashi, tarbiyachilarga 
o'z vaqtida yordam ko'rsatish maqsadida unda navbatchilikni 
uyushtirish kerak. Bu masalani hal qilishda maktabgacha 
ta'lim muassasalarining mudiri faol ishtirok etadi.
Pedagogika kabineti ishining eng muhim tomonlaridan 
biri maktabgacha ta'lim muassasalar xodimlariga mustaqil 
o'qishlarini yaxshilashda yordam ko'rsatishdir.
Metodika kabinetni ishida katta o'rinni yosh tarbiyachilar 
bilan ishlash egallashi kerak.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin